Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarni xossalari bo‘yicha to‘plamlarga ajratish
7 Mavzu : Narsalarni xossalari bo‘yicha to‘plamlarga ajratish
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish. Narsalar (bir xil, har xil) kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o’rgatish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalab borish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi;
FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni
Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning 9 – sahifasidagi rasmga qaratib “Unda nimalarni ko’riyapsiz?” – degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi.
Uy hayvonlari haiqdagi o`quvchilar bilimlarini eshtish. Uy hayvonlari va ularning kishilar hayotidagi o’rni haqida suhbat o’tkazish.Sigir insonlarga qanday foyda keltiradi. Qo’y insonlarga qanday foyda keltiradi?Ularning soni nechta? Ularning tashqi ko’rinishini tasvirlab bering? (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
Meva va sabzavotlar bilan ham shunday suhbatlar
o’tkaziladi. Meva sabzavotlarning har biriga o’quvchilar
ta’rif berishlarini tinglash ular javoblarini tinglash.
Rasmga qarab savollarga javob berishni o’rganadilar. Mavzuga oid tushunchalarni qo’llashni o’rganadilar. Rasmlardagi o`yinchoqlar, konfetlar, mshinalar ularning rangi, shaklini, sonini, harakatini taqqoslash haqida tushuncha berish. Geometrik shakllar haqidagi bilimlarini boyitish
Dam olish daqiqasi: G’ozlar
Kulrang g’ozlar uchdilar, U yon, bu yon qarashib,
Ko’lmakchaga qo’ndilar. Yana uchib ketdilar. 1. 2. 3. . .
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin.
Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022