Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarning o’lchamlari bo`yicha taqqoslash


3   Mavzu :  Narsalarning  o’lchamlari bo`yicha taqqoslash. 

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish.Uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o’rgatish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda  birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

III  Yangi mavzu  bayoni      

Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning

5– sahifasidagi rasmga qaratib “Unda nimalarni ko’riyapsiz?”

– degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi.Jovonlarni,

 jovondagi kitoblarning rangidagi  farqini shaklidagi farqini

aniqlash.O’quvchilarni qo’llaridagi kitoblarini solishtirish orqali farqini aniqlaydilar, ular ishlarini kuzatish.

O’quvchilarga ikki xil o’lchamdagi tasmalar beriladi. Ularning rangini aniqlaydilar qaysi rangdagi tasma uzun yoki qisqaligini, qaysi biri keng yoki torligini aniqlaydilar.

Sochiqlar nechta?   Ularning ranmglari qanaqa?  Qalin yupqaligi

                                      haqida nima deysiz?  

                                      Sochiqlar yashil, sariq rangda, yashil rangdagi sochiq sariq rangdagi

                                     sochiqqa qaraganda uzunroq, yoki sariq sochiq, yashil sochiqqa qaraganda qisqaroq tasvirlangan. Yupqa yoki qalin tasavurlarni hosil qilish maqsadida ikki xil sochiq o’quvchilar qo’liga tutqaziladi. Ular ushlab ko’rib to’liq tasavvurga ega bo’ladilar.

        Daraxt haqidagi uning tabiatdagi o’rni haqidagi dastlabki

tushunchalar berish. Ekologiya va ekologik tarbiya haqida tushun-

cha berish.

     Daraxtlar nechta? Ularning rangini ayting? Qaysi daraxt baland

yoki qaysi daraxt pastroq tasvirlangan?  Sizning uyingizda qanday

daraxtlar bor?   Daraxtlar necha turda bo’ladi? Daraxtlarning hayotimizdagi foydasi haqida nimalarni bilasiz?   

Geometrik shakllar bilan tanishtirish. 

Dam olish daqiqasi:  G’ozlar

           Kulrang g’ozlar uchdilar,                    U yon, bu yon qarashib, 

           Ko’lmakchaga qo’ndilar.                     Yana uchib ketdilar. 1. 2. 3. . .

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash  Matematika daftari bilan ishlash.

  Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang.Tanlashlari mumkin.

Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Dastlabki shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.

             

O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.

 

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

 

O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.

 

VI. Uyga vazifa:   O’rganilgan shakllarni takrorlash.


Reklama
Reklama