Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarning o’lchamlari bo`yicha taqqoslash (2)


4   Mavzu :  Narsalarning  o’lchamlari bo`yicha taqqoslash. 

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish.Uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o’rgatish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda  birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

III  Yangi mavzu  bayoni      

Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning

6– sahifasidagi rasmga qaratib “Unda nimalarni ko’riyapsiz?”

– degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Akvarumdagi baliqlarning rangidagi  farqini shaklidagi farqini aniqlash.

“Unda nimalarni ko’riyapsiz?” – degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi.   Ushbu buyumlar nomini bilasizmi?

                                                                                           Koptoklar va kubiklar tasvirlangan.

                                                                                            Koptoklarning rangi bir xilmi?  

                                                                                            Nechta koptokning rangi o’xshash.



Koptoklarning shaklini chamalab ko’ringchi nechtasi katta?  O’quvchilar sanab koptoklarni kattasini sanog’ini aytadilar.Kubiklar bilan ham shunday savol – javob o’tkazadi. Katta kubiklar ko’pmi, kichik kubiklar ko’pmi sanab aytib bering. Koptok va kubiklarning shaklini taqqoslang?  Koptoklar doira shaklida, kubiklar esa kvadrat shaklida berilgan. Bu musiqa asboblarini qayerlarda ko’rgansiz?

bilan tanishtirish.                                                                        .

Dam olish daqiqasi:  G’ozlar

           Kulrang g’ozlar uchdilar,                    U yon, bu yon qarashib, 

           Ko’lmakchaga qo’ndilar.                     Yana uchib ketdilar. 1. 2. 3. . .

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash  Matematika daftari bilan ishlash.


Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang.Tanlashlari mumkin.

Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Dastlabki shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.

             

O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.

 

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

 

O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.

 

VI. Uyga vazifa:   O’rganilgan shakllarni takrorlash.

 




Reklama
Reklama