Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarning o`zaro joylashuvi
5 Mavzu : Narsalarning o`zaro joylashuvi
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ustida – ostida, chapda – o’ngda, oldin – keyin, orasida, yonida kabi tushunchalarni o’quvchilarga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish. O’quvchilarda birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalab boorish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
III Yangi mavzu bayoni
17-rasm
Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning 6 – sahifasidagi rasmga qaratib “Unda nimalarni ko’riyapsiz?” – degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Rasmda nimalarni ko`riyapsiz. Mevalar nomini ayting. Ular nomini aayting joylashuvini eslab qoling. Mevalarni rasmda ko`rganizdek joylang.
Dam olish daqiqasi: “Besh barmoq”
Bosh barmoq maktabga boraman deydi, O’rta barmoq qo’shiq aytaman deydi,
O’rta barmoq qolmayman deydi. Yordamchi barmoq rasm solaman deydi.
Kichkina barmoq dono bo’laman deydi.
18-rasm
Darslikda tasvirlangan o`yinchoqlar nomini topish. Ularni tartib bilan aytish;
Oldinda o`yinchoq, keyin quyon tasvirlangan. Quyonning chap tomonida ayiqchadan so`ng qo`g`irchoq tasvirlangan, oxirda esa mushukcha turibdi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
O’quvchilar darslikning 6 – sahifasidagi shakl bilan tanishtiriladi. Bu shaklni doskaga chizib ko’rsatiladi, tushuntiriladi. Daftarga yozib ko’rsatish.
Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
Shakllarni turli shakllarda bo’yash. O’quvchilar rangni mustaqil tanlaydilar.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan shakllarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022