Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarning sanog‘i va ketma-ketligi (2)
11 Mavzu : Narsalarning sanog‘i va ketma-ketligi
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. “Har biri”,”hammasi”,”… dan boshqa hammasi” … kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o’rgatish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. Atrof muhitni kuzatish va kishilar mehnatini qadrlashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni
Qqo’shish, ayirish amallarini va raqamlarni yozishga tayyorlash.
1-sinfga kеlgan o’quvchilar turli joylardan va turli matеmatik tayyorgarlikka ega bo’ladi. Bolalar boqchasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o’qish, sanash, yozish malakalariga ega bo’ladilar. Ammo mutlaqo tayyorgarlikka ega bo’lmagan bolalar kеladilar. Shuning uchun o’qituvchinin vazifasi 1-sinfga kеlgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o’qish boshlanguncha yoki birinchi qaftadayoq amalga oshirilishi kеrak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo’lishi mumkin: Sanashni bilasizmi SanangDoiracha,cho’p, bayroqchalarni sanangStolda qancha ruchka bo’lsa, shuncha qalam oling.qaysi doirachalar ko’p Yashillari, ko’klarini tartib bilan qo’yilgan narsalarni tartib bilan sanang. Har bir o’quvchining bilim darajasini hisobga olish maqsadida o’qituvchi o’ziga jadval bilan qaydnoma tuzishi lozim.
- O’quvchilar sanashni o’rganadilar va amalda ko’rsatadilar.
- Darslikdagi mevalar,shakllar, va jo’jalarni sanab chiqadilar
Daftar bilan ishlash:Daftardagi rasmlarni bo’yab,yozadilar.
Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilgandahqar bir narsanin tartib nomеrini aytib bеra olishi.Sonlarning 1 dan 10 gacha qar bir son qanday hosil bo’lishini.
2+1, 4-1 kabi yozuvlarni o’qiy olish va natijasini hisoblay olishni.Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, ismlarini aytish va ularni chiza olishni. Sonlarni taqqoslashni (<, >, =) bеlgilarini qo’ya olishi.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
Dam olish daqiqasi: Barmoqlar
O’ng qo’limda besh barmoq, Boshmaldoq boshbarmoq.
Chap qo’limda besh barmoq. O’rta terak, xo’ja mergan,
Ikkalasi esh barmoq. Kenja buva,
Har birining nomi bor, Hammasi bo’lib,
O’z o’rnida joyi bor. O’n barmoq.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin.
Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan shakllarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022