Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. Nuqta, to'g'ri chiziq kesmasi, siniq chiziq va egri chiziq


34   Mavzu :  Nuqta, to'g'ri chiziq kesmasi, siniq chiziq va egri chiziq

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy: O’quvchilarga kesma haqida uning uzunligi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;

FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                  a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.   O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

III  Yangi mavzu  bayoni       Kesma.

6. Bu chiziqlarning qaysi birlarini siniq chiziq deb aytish mumkin?

             

Siniq chiziqning to`g`ri chiziqdan farqini o`rgatish.

7 – misol. Quvnoq paravoz misollarini o’quvchilar mustaqil bajaradilar.Ular ishlarini kuzatish. Natijalar orqali qanday xulosaga keldiz. Quvnoq paravozda yashiringan sirni kim ayta oladi?

8. Berilgan kesmalarni daftaringizga chizing. Uzunligi teng bo‘lgan kesmalarni toping:

                     

9– misol. Misollarni tushuntirish asosida og’zaki va yozma shaklda yechish.

   4  +  2  =  6           6  +  2  =  8         9  -  5  =  4         2  +  3  =  5

   8  +  2  =  10          4  -  3  =  1         2  +  1  = 3         5  -  4  =  1

     (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash  Matematika daftari bilan ishlash. 

10. Masala tuzing va uni yeching:

             

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.

VI. Uyga vazifa:   O’rganilgan sonlarni takrorlash.

Reklama
Reklama