Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. O‘xshashlik va farqlanish
2 Mavzu : O‘xshashlik va farqlanish
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchiga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchida narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish.
Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchini og’zaki va yozma hisoblash malakasini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
III Yangi mavzu bayoni
Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning 4 – sahifasidagi rasmga qaratib.
“Unda nimalarni ko’riyapsiz?” – degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Ushbu buyumlar nomini bilasizmi?
Koptoklar va kubiklar tasvirlangan.
Koptoklarning rangi bir xilmi?
Nechta koptokning rangi o’xshash.
Koptoklarning shaklini chamalab ko’ringchi nechtasi katta? O’quvchilar sanab koptoklarni kattasini sanog’ini aytadilar.Kubiklar bilan ham shunday savol – javob o’tkazadi. Katta kubiklar ko’pmi, kichik kubiklar ko’pmi sanab aytib bering. Koptok va kubiklarning shaklini taqqoslang? Koptoklar doira shaklida, kubiklar esa kvadrat shaklida berilgan. Bu musiqa asboblarini qayerlarda ko’rgansiz?
Qanday musiqa asboblarini ko’riyapsiz? Ularning
nomlarini bilasizmi? Musiqa haqidagi o’quvchilar
tasavvurlarini tinglash va ular javoblarini boyitish.
musiqa va qushlarning bir-biriga bog’liqligi haqida
bilim berish.
Koptok, kubiklar orqali o’quvchilarga dastlabki geometric shakllar haqida bilim berish. Doira shaklidagi uyingizdagi buyumlar nomini ayting? To’rtburchak shaklidagi uyingizdagi buyumlar nomini ayting? O’quvchilar javoblarini tinglash va mustahkamlash.
Dam olish daqiqasi: “Besh barmoq”
Bosh barmoq maktabga boraman deydi, O’rta barmoq qo’shiq aytaman deydi,
O’rta barmoq qolmayman deydi. Yordamchi barmoq rasm solaman deydi.
Kichkina barmoq dono bo’laman deydi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash
Tasvirlarga rang tanlash O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin.
Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Dastlabki shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan shakllarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022