Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Qo’shish amalining hadlari
37 Mavzu : Qo’shish amalining hadlari
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish. Qo’shishning hadlari haqida bilim berish.
FK1 10 ichida qo‘sh ish, ayirish amallarini og‘zaki hamda yozma bajara oladi; qo‘sh ish va ayirish amallarining tarkibiy qismlarini aniqlay oladi va nomlay oladi.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
TK4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish;
TK5 hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish. TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
III Yangi mavzu bayoni 1- misol. Qo’shishning hadlari haqida misollar bilan o’rgatish
3 - qo’shiluvchi, 2 – qo’shiluvchi, 5 – yig’indi. Hadlarning o’qilishini o’rgatish. O’quvchilarga individual o’qitish yoki o’rgatish.
2 – misol. Misollarni yozuv taxtasida bajarish.
3 – misol. Rasm asosida masala tuzing.
Bor edi – 6 ta
Berdi – 2 ta ? ta
Yechish: 6 + 2 = 8 Javob: 8 ta xurmo.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
Sonlarni kataklarda yozishni o’rgatish. Katta kichik belgilarni belgilashni misollar orqali mustahkamlash.Geometrik shakllar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlsh.
4 – masala. Masala tuzing:
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan sonlarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022