Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi munosabat


44   Mavzu :  Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi munosabat

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish.  

Ta’limiy: O’quvchilarga noma’lum qo’shiluvchini topishni o’rgatish. Sonlarni  o’qish va yozish, sonni xona qo’shiluvchilari, ayirmasi ko’rinishida ifodalashni o’rgatish.

FK1 10 ichida qo‘sh ish, ayirish amallarini og‘zaki hamda yozma bajara oladi;    qo‘sh ish va ayirish amallarining tarkibiy qismlarini aniqlay oladi va nomlay oladi. TK3 o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;  masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish;

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash. TK4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish; TK5 hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish;

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish. TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.   O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

III  Yangi mavzu  bayoni      1-misol O`quvchilar bilan birgalikda misollar yechish.


 O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.

2 – misol.     Misollarni o`quvchilaar mustaqil bajaradilar.


3 – misol.  O`ylab top!


     (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash  Matematika daftari bilan ishlash.

4- masala.  Karimda 7 ta, Sobirda undan 3 ta ortiq qalam bor. Sobirda nechta qalam bor?

   7  +  3 = 10                    Jvob: 10 ta qalam.

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.

VI. Uyga vazifa:   O’rganilgan  sonlarni takrorlash

Reklama
Reklama