Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetentlilik –(lotinchacompetens – layoqatli, qobiliyati borKompetentliliktarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.