Kategoriya: Tadbirlar

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabriknoma


TABRIKNOMA

ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI ___________!
Sizni Vatan Himiyoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz. Sizga ishlaringizda zafarlar, shaxsiy hayotingizda baxt va sog'lik, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolamiz. Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa Vatan ishqida yonib yuraversin, ko‘zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfasidan porlayversin. Hurmat va ehtirom ila

___________

Shu aziz yurtimizning mard va jasur yigitlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Doimo shunday ONA VATANIMIZ uchun fidoiy farzand bo`lib yurish baxti nasib etsin. Sog`lik- salomatlik xech qachon tark etmasin.

___________




Saflarda qad kerib turgan ey askar,

Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.

Yurakni, bilakni etgil safarbar,

Gulday diyoringni asra hamisha!

 

Duosi, so‘zlari yodingda tursin,

Nur ingan yuzlari yodingda tursin,

Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,

Onaizoringni asra hamisha!

 

Singling bor – tegrangda parvona, halak,

Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.

Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –

Qatorda noringni asra hamisha.

 

Bir kuni omading, baxting kuladi,

Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.

Bolangga munosib ona bo‘ladi –

Intizor yoringni asra hamisha!

 

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,

Nomus bilan aziz sanalgay inson.

Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,

Oringni – boringni asra hamisha!


Ajoyib bayram Vatan Himoyachilari  kuni munosabati bilan barchangizni muborakbod etaman. Albatta har bitta erkak oz kasbi va xarakteriga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir. Insoniyatning barcha eng yuksak  va kuchli tomonlarini jamlagan holda, sizning yakdilligingizni , bir sozligingizni idrok va kuchingizni va ichonchli tirgak va suyanch ekanlingizni qadrlaymiz. Axir Siz Vatan Himoyasida Posbondirsizlar! Bayramingiz bilan!

Reklama
Reklama