Kategoriya: Hikoyalar
4 ta non 11000 so'm
Shunday holatlarga guvoh bo‘lib qolamanda negadur.
Eng so‘ngi rusumdagi avtoulovda o‘rta yoshlardagi kishi non sotayotgan bolani yoniga to‘xtab, oynakni yarimigacha tushurib so‘rayabdi:
- Noning bormi, issiqmi?
- Nonim bor amaki, issiq. dedida, sovib qolmasligi uchun o‘rab qo‘yilgan selofan va adeyalni ochib nonni amakiga ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
- Nechchi pul noning?
- Uch ming so‘m amaki.
- Ikki yarim mingdan bersang to‘rtta olaman.
- Amaki to‘rttasiga o‘n bir ming bering
-......
Oynak ko‘tarilib amaki survordilar. Bola qo‘lidagi ikkita nonni qayta joyiga o‘rar ekan sovuqdan ko‘kargan lablari bir nimalar deb pichirlab qo‘ydi. Balki ichida so‘kingandur, balki ikki yarim mingdan bervorsam bo‘larkan degandir... Amakiga ham bolaga ham rahmim keldi.
A Xamedov.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022