Kategoriya: Adabiyot

Abjirlik va chaqqonlik haqida o'zbek xalq maqollari


Xalqimiz azal azaldan epchillik va chaqqonlikni farzandlariga tarbiya berib kelgan. Bu xislatlar nafaqat biror ishni tez bajarish balki muammoni oson hal qilish yo'lini farosat va fasohat bilan o'ylab topish tez va oson bajarish, bajarganda ham yaxshi sifat bilan uddalshni nazarda tutilgan. Dono o'zbek xalqimiz farzandlariga tarbiya berishda, ularni eslab qolishi va teranroq tushunishida kundalik hayotida tez-tez takrorlanib turadigan maqollardan foydalanishgan, Maqollarning ham ta'lim va tarbiyada o'ziga xos o'rni bo'lgan.


Abjir bo'lsa farzanding,
Cho'ldan non terar.
Yalqov bo'lsa farzanding,
Yerdan don termas.


Savdolashuv — savdoning yarmi.


Sandig'i to'la sepi bo'lguncha,
Yuragi to'la epi bo'lsin.


So'ray-so'ray, bilib olibdi,
Uyala-uyala, quruq qolibdi.


Qalovini topsang

Qor yog'adi


O'ychi o'yini o'ylaguncha,

Tavakkalchi ishini bitkazipti

Baytal chopib, poyga olmas.

Bilgan odam qo'li bilan quyon ovlar.

Bilmaganga bit o'ldirish qiyin.

Bir shaltoqning ishini
Yigirma epchil eplay olmas.

Bozor bilgan och qolmas,
Yo'l tanigan kech qolmas.

Bo'lmaganga — bo'lishma.

Daryo chopar,
Chaqqon topar.


Yer yuzini baxmal olsa ham,
Anqovga taqiyalik tegmas.

Yomon kosib bigiz tanlar.

Yotgan yotar, qidirgan topar.

Yog'och qozon tagi kuyar.


Ish bilmasang, gap bil.

Ish bilgan — tuzar,
Bilmagan — buzar.

Yiqilsang, olib tur,
Cho'ntagingga solib tur.

Kuchangan bilan qo'l qavarmas,
Baqirgan bilan bir ish bitmas.

Oz bo'lsa — eplab.

Mergan ovda bilinar,
So'zchi — dovda.


Molni boqsang, to'q bo'lar,
Boqolmasang, yo'q bo'lar.

Molni topganga boqtir,
O'tinni chopganga yoqtir.

No'noq mergan oqsoq quyon izlar.

Ov olgan tozi burnidan ma'lum.

Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo'yib ot.

Ovchi ovchilikni qancha bilsa,
Ayiq ham qochishni shuncha bilar.

Oldingi bersin sazasin,
Keyingi bersin jazosin.

Ortiq qilaman deb, tirtiq qilma.

Pazandaning go'jasidan osh chiqar,
Noshudning palovidan tosh chiqar.

Podachi ko'p bo'lsa, mol harom o'lar.

Bilaman — dedim, tutildim,
Bilmayman — dedim, qutuldim.

Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.

Puxta bo'ynidan ilinar,
Go'l — oyog'idan.

Satang bir ish qilolmaydi,
Qilsa ham ko'p bilolmaydi.

Sepli bo'lguncha, epli bo'l.

Seplini olma, eplini ol.

Sigir o'g'irlagan qutuldi,
Arqon o'g'irlagan tutildi.

Six ham kuymasin, kabob ham.

So'z bilmagan kishidan
Hura bilgan it yaxshi.


Tavakkal tog'ni yiqar.

Tavakkal — erning yo'ldoshi.

Tariqni yegan — chumchuq,
Baloga qolgan — bedana.

Tarig'i pishganning tovug'i bo'l.

Taqlid bilan tong otmas.

Tentak o'ylanguncha,
Tavakkalchi suvdan o'tar.

Tirik bo'lib bozorda yo'q,
O'lik bo'lib — mozorda.

Toz taranguncha, to'y tarqar.

Tosh kelsa, kemir,
Suv kelsa, simir.

Turib o'lguncha, urib o'l.

To'n — kiyganniki,
Ot — minganniki.


Uddasidan chiqmasang, urinma.

Uzoqdan aravalaguncha,
Yaqindan to'rvala.


Uyalgan buyurgandan quruq qolar.


Uquvi bor ulg'ayar,
Uquvi yo'q sarg'ayar.

Chaqqon chora topar,
Beparvo — bahona.

Chivin ham anqovning og'zini poylar.

Cho'loq bo'lsang ham, no'noq bo'lma.

Elak so'rashga ham og'iz kerak.

Elanmasang, el qayda,
Yalinmasang, pul qayda.

Emini qilguncha, epini qil.

Eplagan ikki oshar.

Eplaganni er bil,
Yana qaytib sher bil.

Eplashga ep kerak,
Bog'lashga— ip.

Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to'ri latta-putta.

Epli qizdan qolma,
Sepli qizni olma.

Epsiz sozanda sozin cho'zar.

Epchil xotin qor qalab,
qozon qaynatar.

Erinchoqning ishi bitmas,
Epsizning — hojati.


Yutganning tomog'iga qarama,
Yurganning — oyog'iga.

O'ziga yol bo'lmagan,
O'zgaga dum ham bo'lolmas.

O'zing uchun o'l yetim.

O'zlari oyday,
Qilgan ishlari loyday.

O'ychi o'yiga yetguncha,
Tavakkalchi borib kelar.

O'ychining o'yi bitguncha,
Tavakkalchining to'yi bitar.

O'rni kelsa, o'roq o'r.

O'ti chiqqanning oti yurmas.

O'choqdagi o'tim o'chmasin desang,
Qo'ri borida harakat qil.

O'g'il bo'lsin, qiz bo'lsin,
Qo'l-oyog'i tez bo'lsin.

Qaragan topmas, so'ragan topar.

Qari qiz ovga chiqar,
Ketidan g'avg'o chiqar.

Qari qiz yasanguncha, to'y tarqar.

Qatiq ichgan qutular,
Xurmacha yalagan tutilar.

Qirq, yuzning bolasi
O'n to'rtida bosh bo'lar.

Chiyirlining bolasi
O'n sakkizda yosh bo'lar.

Qozon o'g'irlagan qutular,
Cho'mich ushlagan tutilar.

Qochgan quyon yotgan quyonni ola qochar.

Qochgan qutular,
Turgan tutilar.

Qosh qo'yaman deb, ko'z chiqarma.

Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.

Qo'ydek yuvvosh bo'l,
Otdek — yuguruk.

Qo'li kaltaning tili qisqa.

Qo'li sust kosibdan oyog'i ildam gadoy yaxshi.

G'at-g'at qilgan karnaychi,
Baloga qolgan surnaychi.

Reklama
Reklama