Kategoriya: Tadbirlar
Alisher Navoiy tavalludiga tadbirlar ssenariysi
Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafaakir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag'ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o'tkazib kelinadi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunnu yodidan chiqarmaydi. Ushbu maqolada siz yurtimizdagi malakali o'qituvchilar, o'z ishining ustalari tomonidan tuzilgan tadbir ssenariylari bilan tanishishishingiz mumkin. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi va shu kabi ssenariylar bilan tanishing.
1. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi,
2. ALISHER NAVOIY- SO`Z MULKINING SULTONI - TADBIRI
3. “Alisher Navoiy –g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi
4. “NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM!” TADBIR SSENARIYSI
5. “AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT” TADBIR SSENARIYSI
6. NAVOIY ZIYOSI
G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi
Kecha o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan bo’lib, sahna to’rida A.Navoiy portreti qo’yilgan, uning bir yonida siyohdon, qalam va ikkinchi tomonida sham qo’yilgan . Sahnada A.Navoiyning “Xazoyinul – maoniy ” asaridagi 4 ta devani, “ Xamsa ”, “Lison ut – tayr ” va bir qancha asarlari, har xil ko’rgazmalar,bukletlar va shiorlar qo’yilgan .
1 – BOSH: Asrlar yangragan,eng jo’shqin ovoz,
Mustaqil bot berdi,sizga sharaf – shon.
Siz bitib tikladingiz she’r,
Xalqingizni doston ayladingiz.
Ham yana forsiy aro,
O’zingizga gulzor tanladingiz.
Xalq uchun tortib stam,
Dillarni dilga bog’ladingiz.
Xushstam ,shirin kalam,
Foniy , Navoiy , Assalom.
2 – BOSH: Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot , yig’ladi o’lim.
Sen deb qurbon bo’ldi boblar,
Ular ketdi,sen qolding tilim !
Belanchaging uzra Qoshqariy,
Kuylab o’tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringa,
Dil qonuni berdi Navoiy.
1 – BOSH: Assalomu alaykum davramiz mehmonlari – u bilimga chanqoq o’quvchilar. Mana bugun biz buyuk o’zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 574 yilligi munosabati bilan “G’azalxonlik ” kechasi o’tkazmoqdamiz.
2 – BOSH: Alisher Navoiy bobomiz 1441 – yil 9 – fevralda ya’ni hijroy 844 yil ramazon oyining 17 –chisida Xurosonning markazi bo’lgan Hirotda dunyoga kelgan.
Hofizlar xonishida,
G’azal – u rubiyingiz.
Ashoringiz satriga,
Sirdosh bo’lib keldim.
1 – BOSH: Endi o’quvchilar tomonidan g’azallar tinglang.
1 – o’quvchi : Suvdurur bag’rimki,paykoni ko’nguldan chekti tosh,
Nam havoda sabza chiqqondek uchidin donaning.
Yiqmadi ko’k gunbazin yog’ib havodis yomg’uri,
Kim suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning ?
O’qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko’gnlini,
Yo’llar etgandek yog’in devorini vayronaning.
2 – o’quvchi : Ko’rgali husningni zor – u mumtalo bo’ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo’ldum sanga.
Har necha dedimki, kun – kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki , kun – kundin batarrak mumtalo bo’ldim sanga.
3 – o’quvchi : Men qachon dedim ,vafo qilg’il manga – zulum aylading,
Sen qachon deding , fido bo’lg’il manga – bo’ldim sanga.
Qay pari paykarg’a dersan , telba bo’lding bu sifat ,
Ey pari paykar , ne qilsang , qil manga,bo’ldum sanga.
4 – o’quvchi : Ey ko’ngil , tarki nasihat ayladim,ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski , men ham bir balo bo’ldum sanga.
Jomi jam birla Xizr so’yi nasibimdur mudom,
Soqiyo , tarki joh aylab gado bo’ldim sanga.
G’ussa chang’iddin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydik asir – u benavo bo’ldim sanga.
1 – BOSH: Shukurki Navoiy asarlarini sevib o’rganilayorgan dorilomon zamonda yashayapmiz.Istiqlolimiz tufayli ulug’ bobokalonimiz yaratgan necha minglab shoh g’azallarning,dostonlarning asl ma’no va mohiyati jonkuyar olimlarimiz tomonidan qaytadan sharh etilmoqda.
Bilmak Navoiyni – bu zo’r ma’rifat nishoni,
Bilmak Navoiyni – bu yuksak eltar oni.
Bilmak Navoiyni – bu o’z nafi yo’q ziyoni,
Bilmak Navoiyni – bu oynai jahoni.
1 – BOSH:Endi navbat Sahna ko’rinishiga : Marhamt tamosho
qiling.
1 – BOSH:Shuni takitlab o’tish joizki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs,milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi,sha’nu sharafini dunyoga tarranum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir.
2– BOSH:Darhaqiqat,rost ! Inson qalbining quvonchu qayg’usini,ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan –kam topiladi.Ona tiliga muhabbat,uningbeqiyos boyligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurumiz,yuragimizga avvalo,Navoiy asarlari bilan kirib keladi.
1 – BOSH: “Sabbayi Sayyor” dan ko’p hikmat topdim,
“Hayrat ul – abror ” dan hayratda qoldim.
“Lison ut – tayr ” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o’qidim o’zimni tanidim.
2 – BOSH: “Munojot ” aytilsa doim ko’zda yosh,
“Qora ko’zim” kuylansa,misli bir quyosh.
Dillarni yoritar bir azmu dilkash,
Navoiyni o’qidim,xalqni tanidim.
RAQS :
1 – BOSH:Endigi navbatni yana o’quvchilarga beramiz va ular tomonidan g’azallar tinglaymiz.Marhamat.
1 – o’quvchi : O’n sakkiz mimg olam oshibi agar boshindadur,
Ne ajab , chun sarvinozim o’n sakkiz yoshindadur.
Desa bo’lg’ay kim , yana o’n sakkiz yil husni bor,
O’n sakkiz yoshinda muncha fitnakim,boshindadur.
2 – o’quvchi : O’n sakkiz yil ,dema ,yuz sakson yil o’lsa uldirur,
Husn shohi ,ul balolarkim ko’zi qoshindadur.
Hayrat etmon husn – u naqshidaki , har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun’ naqqoshindadur.
3 – o’quvchi: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza – lahza chiqdim – u,chektim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’a - vu,ul sho’xi badxo’ kelmadi.
4 – o’quvchi: Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro’zgorimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim,yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim,anga ko’rganda kulgu kelmadi.
1 – BOSH:Navoiy ijodi sira tuganmas xazina.uni o’rganganimiz sari u haqidagi bilimlarimiz jkuda ozligiga ishonch hosil qilamiz.Bugungi tadbirimiz ham Navoiyni o’rganish yo’lidagi bir urinish,bir saboq o’rnida qabul qiling.Chunki, Navoiyni o’rganish to insoniyat yashar ekan also tugamaydi.
1 – BOSH:Shuning bilan A.Navoiy tavalludining 574 – yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “G’azalxonlik” kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.
2 – BOSH:Xayr sog’ – salomat bo’linglar.
***************************************************************
ALISHER NAVOIY- SO`Z MULKINING SULTONI - TADBIRI
Boshlovchi: Turk dunyosi adabiyotining ravnaqiga ulkan
Hissa qo’shgan so’z mulkining mutlaq sultoni
Nizomiddin Mir alisher navoiy tavalludining
571 yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha bu
Yil o’zgacha ruhda o’tkaziladi.chunki
Hurmatli yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida
Shoir haqida ajoyib fikrlar talqini bo’yicha kecha tashkil etilgan.
Boshlovcni:
Kimni tilasang bilay, maqolin angla,
Aslin desang anglayin, fiolin angla,
Kirdorig`a boqib, asl holin angla,
Aslig`a dalil aning xisolin angla.
Deya misralar bitgan millatimiz quyoshi
Alisher Navoiy har qancha e’tirofga,tahsinga sazovor.
Boshlovchi: Ha, hurmatli prezidentimiz o’zining “yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida:” O’zbek Xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan. Ulug’ zotlardan Alisher Navoiyni avliyo desak ,u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,shoirlarning sultonidir”,-deb e’tirof etganlar. Haq gap.
Boshlovchi:
Hozir e’tibo0ringizga taqdim etiladigan
Badiiy kechamizda o’zingiz guvoh bo’lasizlar.
So’z zohir etar ishi ko’pragidin
Til muxbir erur ko’hgil nihon emgagidin.
Fahm ayla kishi holini so’z demagidin,
Kim, berdi xabar hadisi ko’nglidagidin.
Marhamat, biz ertaklar olamida emasmiz, lekin ertaknni-i-i…
Malika budur: (yugurib chiqadi va qo’girchog’ini irg’itib) Men yutdim, men yut-
dim. Endi shartlarimni bajarasan, bajarasan.
Oloviddin: Qanaqa shart?
Malika Budur: Jinga buyur, bizni shunday joyga olib borsin. Ham buyuk insonlar
bo’lsin, ham bir-biridan ajoyibu g’aroyib voqealarni kor’moq istarman.
Oloviddin: Malika, bu ishlar meni qo’limda emas. Jin chiroqqa qaytib kelgan
bo’lsa bajonidil( chiroqni olib ichiga nimalarnidir shivirladi va ishqalab yerga otdi. Shovqin bilan jin paydo bo’ladi)
Jin: Amringizga muntazirman, xojam.
Oloviddin: Ulamolar , aql, qalb ko’zlarini ravhanlashtirayotgan odamlarni ko’rmoq istayman.
Jin: (soqolidan uzib afsun o’qiydi) Hakkalla-dukkalla-cho’kkalla…
Malika Budur: Vuy,chiroyliligini…
Oloviddin: Jim, mana bu joyga o’tir.
Sahna 15-asrdagi ko’rinishda bezatilgan. Xontaxta atrofida to’rt-besh shoirlar ashor o’qishardi.
Alisher Navoiy: Lalingni qilib nuqtasaro, ey qora ko’z,
Ishq ahli hayotiga yaro, ey qora ko’z
Chekma yana surma ko’z aro, ey qorako’z
El qonig’a ko’z qaro, ey qorako’z.
Shoirlar: Ofarin, tasanno, bali-bali deb baho berarlar. Misralarg’a jo bo’l-
g’an ma’nisi meni ko’p hayron qoldiradur.
1-shoir: Avvalgi mushoirada bu ruboiy ustida bahs-munozara bo’lg’onini
eshitib erdik.Mir Alisher ne boisdin sizning bul shoh misralaringiz
bahsga sabab bo’lg’on erdi?
Alisher Navoiy: Menim xos hattotim bir oz betoblanib erdi. Havasmand hattotdan
biri chiroyli kochirishga olib ko’chiribdur. Biroq qora ko’z so’zida bir nuqtani tushirib qoldirg’onlig’in bilmagan.Uni o’qig’on shoiri buyuklar “Alisher “ko’z” emas “ko’r” yozibdi xato yozibdi, o’zlari nuqson-qusurga yo’l qo’yibdilarmi, boshqalardan nimani
kutish mumkin” degan gap qulog’imga chalindi. Aslini ularg’a uzotib “meni ko’r qilg’onlar, ko’r bo’lsin” deb anga javob berib yubordim.
Shoirlar: -Xato yozadirg’on hattotdan hattot chiqmas, ko’ngli egridan tog’-
ri gap chiqmas deb bekorga aytmaslar, - debdilar.
Malika Budur: Oloviddin, ul Mir Alisher haqida ko’p bilmoqchiman.Menga hiko-
ya qilib bersinlar. Tezroq.
Oloviddin: (Chiroqni ishqalaydi,jin hozir bo’ladi va xojasining amrini kutadi)
Jin, malika Budurga hikoyalar biladiganlarni ko’rsat. Kim haqida bilmoqchiligini anglagandirsan.
Jin: Amringiz bajariladi, xojam.
Boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Turk dunyosi adabiyotining eng mashhur va buyuk shoiri Alisher
Navoiy 1441-yil 9 fevralda Amir Temurning o’g’li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda tug’ildi.Uning otasi G’iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan,ismi ma’lum emas.Alsherning Bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan ko’kaldosh bo’lgan.
2-boshlovchi: Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazo-
ratda o’sdi.Kichiklik chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushgan. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning she’rini yoddan aytib mehmonlarni hayrtga soldi. Besh yoshida maktabga berdilar.U bo’lajak sulton
Husayin Boyqaro bilan birga o’qidi.7-8 yoshidan she’r yozgani ma’lum. 12 yoshida zamonasining mashhur tarixchisi Mirshohiy bilan xat yozishgan.15 yoshida keksa shoir Lutfiyning lutfiga sazovor bo’lgan.Shoirlar sultoni 1469-yilgacha Hirot,Mashhad va Samarqandda tahsil oldi.
3-boshlovchi: 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo’lib ishladi,
1487-1488 yillarda Astobodda hokimlik qildi.Tabiatdan ijod kishisi bo’lgan Alisher Navoiy turk tili va adabiyotining ravnaqi uchun Bobur tabiri aytganda unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xob” yozmagan edi.1465-1466 yillarda muxlislari 25 yoshgacha yozgan she’rlarini to’plab “Ilk devon” nomi bilan mashhur bo’lgan “Devon” ni tuzadilar. 1472-1476 yillarda “Badoe ul-bidoya”,1476-1483 yillarda “Navodir un-nihoya”, 1481-1482 yillarda “Vaqfiya”,1483-1485 yillarda “Xamsa”,1488 yilda “Tarixi mulki ajam”,1490 yilda “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul-mutahayirin”, “Holoti
Pahlavon Muhammad” asarlarini yozgan. 1490-yilda “Hazoyin ul-maoniy” 4 devondan iborat asarni yozadi, 1491-yilda “Risolayi muammo”, “Arbain”, “Nazm ul-javohir” asarlarini 1495-1496 yillarda “Nasoim ul-muhabbat” asarini,1498-yilda “Majolis un-nafois” asarini 1499-yilda “Lison ut-tayr”,1500-yilda “Mahbub ul-qulub” asarini
va yana ko’plab asarlar yaratgan.
1-boshlovchi: Muso Toshmuhammad Oybek tabiri bilan aytganda “Alisher Navoiy
asarlarini o’rganishga inson umri yetmaydi”.
Olimu odam fidong o’lsunki, borsen sen habib,
Sen g’araz insondin, ar olamdin insondin g’araz.
Azizlar,“Qizlar gulshani” guruhi ishtirokida Alisher Navoiy ruboiy va
gazallaridan tinglang.
Ko’nglungni arit barcha yomon xislatdin
Kim,yaxshi qilig’ dadil erur raxmatdin,
Badxo’ylik ul vahshat erur shiddatdin
Kim, elga xalosliq yo’q ul vaqshatdin.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadha ano boshig’a…
Tun –kunung’a aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
***
Har kimki, haloyi hra dono ko’rinur,
Oyini xirad aro tavono ko’rinur,
Faxr asl bila ajab tammano ko’rinur,
Faxr aylasa fazl birla avlo ko’rinur
Ista ato yo’lida jon fido qilmoq. Har kimki, falak zulmu inodig’a yetar,
Qulluq onoga ham ulcha imkon qilmoq, Sabr aylagan oxir e’tiqodig’a yetar,
Zuxri abad istasang farovon qilmoq, Chun bo’ldi sabir, Tengri dodig’a yetar,
Bil oni ato-onog’a ehson qilmoq. Sobir kishi oqibat murodig’a yetar.
Chun sinsa ko’ngul zaxmi zabon og’rig’idin Uch qism ila imong’a bino fahm ayla,
Kim, ermas anning og’rig’i jon og’rig’idin, Avvalg’isini anning hayo fahm ayla,
Har neki sanga yetar lison og’rig’idin, Ikkinchisini dag’I vafo fahm ayla,
Bilgilki, qatiqdurur sinon og’rigidin. Uchunchini bilmasang, saxo fahm
ayla.
Ruboiylar aytilgach, buyuk shoirning qiyida nomlari keltirilgan g’azallari aytiladi.
“Kelmadi” radifli g’azali
“O’n sakkiz ming…” g’azali
“Sanga” radifli g’azali
“Yo’q” radifli g’azali
“Kimga qildim bir vafokim…”g’azali
Malika Budur: Oloviddin, men bu g’azallarni eshitib mashhur shoirning asarlarida-
biror qahramonga o’xshagim kelib qoldi.
Oloviddin: Kimga?
Malika Budur: Bilmayman. Lekin o’xshagim kelur.
Oloviddin: (chiroqni olib ishqalaydi, jin xizmatga hozirligini bildiradi) Budur
ikkimizni tillarda doston bo’lgan Farhod va Shiringa aylantir.
Jin: Amringiz bosh ustiga, xojam.
“Farhod va Shirin” dostonidan kichik lavha ko’rsatiladi.
Shirin: Ki:”Ey na’layning o’rni qiblagohim!
Harami nazhating g’amdin panohim!
Farhod: Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Shirin: Boshimg’a tig’I g’am sursang ne bo’lg’ay,
Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay,
Farhod: Meni hindidek otashgahga boshla,
Uzorim xolidek o’t ichra tashla.
Shirin: Ki,jismim bo’lsa ui o’t ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin cnirmanib dud.
Farhod: Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Shirin: Qulog’I mustami bo’lmay so’zimga,
Ko’zi oylar o’tub tushmay yuzumga.
Farhod: Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Shirin: Xayolim birla ko’nglim kone aylab,
Firoqim ichra umrin zoye aylab.
Jin: Hakkalla, dukkalla,cho’kkalla. Aslingga qayt.
Malika Budur: Voy, menga Shiringa o’xshash yoqib qolgandi.
Oloviddin: Malika Budur, bu tomonga qaragin, podishoh nimadandir
siqilganga oxshaydi.
“Dunyodagi ehg yoqimli hid” nomli sahna ko’rinishi.
Husayin Boyqaro: Menga hoziroq dunyodagi eng yoqimli hid nimaning hidi
ekanligini bilib kelinglar!
Mulozimlar: Xo’p bo’ladi, Shaxanshoh.(chiqib ketadilar va Alisher Navoiy-
ga bu xabarni aytadilar)
Alisher Navoiy: (Ko’p o’ylanadi va o’zi bilmagan holda yo’lga tushadi. Bir deh-
qonga duch keladi) Assallomu alaykum, bobo.
Bobo: Voallaykum assalom, o’g’lim.
Alesher Navoiy: Bobo, sizning suyagingiz mehnatda qotganligi ko’rinib turib-
- Siz ko’p narsani bilasiz, albatta. Dunyoda eng shirin hid nimaning hidi bo’lishi mumkin
Bobo: Ha, menga otam dunyoda kishi ko’ngliga tegmaydigan hid nonning
hidi degandi.
Alisher Navoiy: Rahmat bobo,umringiz uzun bo’lsin,-deb shoh oldiga keladi.
Sultonim, mulozimlar har tomonda dunyodagi eng shirin hid nimanikiligini bilishni istab yuribdilar.Agar meni bir qoshiq qonimdan kechsangiz,men aytsam.
Husayin Boyqaro: Vaziri a’zam, siz tog’ri javob aytishingiga hech shubha yo’q.
Marhamat, ayting.
Alisher Navoiy: Bu yangi yopilgan nonning hididur.
Husayin Boyqaro: Barakalla, xudaychi,vazirga boshdan oyoq sarpo keltiring.
Alisher Navoiy: Sultonim, bunday mukofotga men emas, menga bu javobni aytgan dehqohbobo haqlidur.
Husayin Boyqaro: Yana bir sarponi dehqonga beringlar.
Malika Budur: Oloviddin, qarang-a, biz bilgan shoir nafaqat ijod kishisi,balki
To’g’riso’z kamtarin ham bo’lgan ekan.
Oloviddin: Har qancha ehtiromga, ardoqqa, ibratga loyiq shoir ekan.
Malika, bugungi sayohat sizga yoqdimi? Endi qasrga qaytsak ham bo’ladi.Otangiz sizni qidirtirayotgan bolsalar kerak.
Malika Budur: Sayohat tugadimi,afsus, mayli qaytsak qaytamiz-da.Boshlovchilar: Azizlar,buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan
Badiiy kecha o’z nihoyasiga yetdi. Yakuniy so’z…..
****************************************************************************
“Alisher Navoiy –g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi
Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hamdamova Shohida
Yuksak tog‘lar oralab o`kirgan sherning,
Na`rasiga tengdir aksi sadosi.
Ko`krak suti bilan boqqan o`g‘lini,
Ona yurt xalqlari qilmoqda qadr.
O`zbek deb atalgan ozod ulusning,
Otaxon shoiri qadrli ustod.
Oshiqlar g‘azalin kuyga solganda,
Ma`shuqlar dilining xonasi obod.
Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Ro`zieva Yulduz.
Besh yuz yil hurmating saqlagan o`zbek,
Kecha tug‘ilding deb qiladi faraz.
Etuk kishilarni yana ming yillar,
Xalq farzand ataydi jondan beg‘araz.
Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O`zbek osmonidan balqigan chog‘i
Yana bir muhtaram o`g‘il ko`rganday
Kattaroq ochildi olam qo`chog‘i.
Boshlovchi:
Assalom, yurtimning shod nasllari,
Navoiy avlodi gulgun chehralar.
Baxtiyor avlodning sho`x o`g‘lonlari,
Barchinoy qizlari mohichehralari.
1-Boshlovchi:
9-fevral. Bu kun dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o`zgacha shukuh, o`zgacha fayz, o`zgacha quvonch Bilan o`tadigan kun. Ha, bundan 570 yil muqaddam 9-fevral tongida Hazrat Mir Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan besh asrdan ko`proq vaqt o`tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira.
Alisher Navoiy poeziya sir-sinoatini o`rganib, etuk ustozlari ijod dengizidan injular terib, “Hamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Majolis un- nafois” kabi asarlarini yaratdi.
To`qqiz yoshidanoq ijod olamiga sho`ng‘ib ketib, 10-12-yoshlarida ustozlari olqishiga sazovor bo`ldi.
Umrni zoya ketgazma mehnat qil.
Mehnatni soadating kaliti bil.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza
Mana bugun biz buyuk shoirimiz, she`riyat mulkining sultoni, nazm osmonining quyoshi bo`lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan “G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy” nomli badiiy kechamizni sizning e`tiboringizga havola etamiz. Kechamizga xush kelibsiz, aziz ustozlar!
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra
Azizlar, sizlarni parvardigor haq yo`lidan adashtirmasin, saodatli hayot garovi bo`lmish, iymon yo`lida sobitqadam bo`lishingizni nasibu ro`z aylasin.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak
O`zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biri Alisher Navoiy sevishga qodir insondir.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida insonning baxtu-saodati uchun kurashgan xalq osoyishtaligiga intilgan, ilmi fan, san`at va o`zbek adabiy tili, mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga chiqishiga katta hissa qo`shdi.
To`garak kursi tinglovchisi raqs ijro etadi.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista
Bu gulshan soz ekan soz
Ustiga soz etgali keldik.
Bu galshan soz, davramiz soz.
Sarafroz etgali keldik.
Kelinglar, do`st-u yoronlar
Ahli mehmon ahli donishlar
Xush kelibsiz Navoiyga
Sizni xushhol kutgali keldik.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola
Navoiy nazmiga tushdi-yu ko`zim
Hayrat gulshanida unutdim o`zim
Sehrli ko`rindi bu charhli ko`lan
Ko`k bilan er uzra tuzib anjuman
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura
Falaxbaxsh zamonning fazosi ichra
Jannatga topilmas havosi ichra
Sarbaland tog‘lardek yuksalib turar
Dunyoga ko`rk bo`lib buyuk siymolar
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Tursunova Feruza
Buyuk tog‘lar ichra bo`lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo`lib suyukroq.
Navoiy ko`rinar ko`zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Qosimova Xursand
Islom olamning buyuk zotlari bizga shul muqaddas hikmatni bashorat qilmishlar.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura
Qay bir inson o`z qavmidan biror zotning xotirin yod aylasa, ul zotning pok ruhlari shul xonadonga tashrif buyurar ekan.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Temirova Oynisa
Shohona libosda bobom Alisher
O`ychan ko`zlarida ming yillik alam
Butun olam uni ahli donish der
ey, g‘azal mulkining sultoni salom.
Boshlovchi:
Buyuk yurtdoshlarimiz Zahriddin Muhammad Bobur Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nomlarini tilga olib shunday degan ekanlar: “Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim ancha ko`p va xo`p aytgan ermas.
Boshlovchi:
Assalom dono Alisher
Buyuk daho Alisher
Bugun to`ying dillar shod
Barhayotsan umrbod
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi)
Ko`nglimga ne ma`ni o`lsa erdi paydo,
Til aylar erdi nazm libosiga ado.
Ul nazmga jonin qilibon fido,
Solurlar edi gumbazi gardunga sado.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi qo`shiq ijro etadi.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Rahmonova Gulnora
So`zdirki nishon berur o`likka jondin,
So`zdirki xabar berur jong‘a jonondin.
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo`q ondin.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Ne vajdin fuqaro ajib majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira
Sizdek dono ruhini shod etmak maqsad,
Bizning yurtda har bir o`zbek navoiyxon
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza
Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandin,
Bobosidan faxr etmas topilmas bir qiz-o`g‘lon
Navoiy (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
A`shorlarimni hozir ham yod eturlarmi?
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra
Qur`ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz
«Chor devon» kirmagan topilmas bir xonadon
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yangiboeva Qandolat.
Dunyo va ko`ngil. . .
Har ikkisin sarhadlar behad.
Dunyo kezib orom topmagan ko`ngil.
Dunyo kezib ko`ngil topmagan ko`ngildagi unlar betakror she`rlarga, g‘azallarga aylanib, oppoq qog‘ozlarning bag‘rini qora qiladur.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak.
Shu taxlit inson ko`nglining hadsiz sog‘inchlari, iztiroblari nozik, bebaho san`at asarlari millat boyligiga aylanaveradi
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo
“Xamsa” ona tilim buyukligin yana bir durdonasi.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista “Xamsa» – Navoiy buyukligining buyuk sayqali.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola
Haqiqat xalq bilan, xalq qo`lida u,
Mangulik mash`aldir, haq yo`lida u.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Shukurki insonning o`lib yovarim
Topdi hikoyat daftarim varag‘in
Hayrati abror ko`rib zotini
“Hayrat ul-abror” dedim otini.
(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo`yiladi).
Boshlovchi: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Salimova Zilola) Kunlarning birida Shoh G‘oziy sayrga chiqadilar. Yo`lda ketayotganida yonidan bir telbanoma kampir uning yo`lini to`sdi.
Kampir: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Xoliqova Marxabo) Sen mening yakka-yu yagona jigarbandimni, merosxo`rimni o`ldirding, sen qotilsan. Yur, sen men bilan shariat mahkamasiga boramiz.
Boshlovchi: Shoh shariat qonuniga bo`ysunib mahkamaga borishga rozi bo`ldi.
Shoh: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi eshonqulov Shaxobiddin)
Agar mening aybim bo`lsa mayli boraman.
Boshlovchi: Shariat qozisi oldida ikkisi: da`vogar kampir shoh o`tirdilar.
Kampir: Taxt uchun kurash bo`lganda yakka-yu yagona o`g‘limni halok qilgan. endi u qotilligi uchun javob berishi kerak.
Qozi: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Juraev Bahodir)
Shariat qonuni bo`yicha har qanday qilinayotgan da`voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?
Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.
Boshlovchi: Adolatli va insofli shoh, tabiiyki, aybiga iqror bo`ldi. Shunda shariat qozisi hukm chiqardi:
Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to`lashi kerak.
Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o`z ixtiyorida bo`lgan shohning bu hukmga munosabatiga e`tibor bering.
Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo`liga qilichni bir qo`liga bir patnisga oltin berdi va dedi:
Shoh: Agar qasos tilasang, mana qilich bilan qonimni to`k, agar boylik kerak bo`lsa, mana senga oltin to`la hamyonimni ol.
Kampir: Yo`q menga joning ham, oltining ham kerakmas. Men bir o`g‘limni yo`qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o`z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo`lgin.
Boshlovchi: Shunday so`ng bu kampirni tilla kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o`z yurtining boshlig‘i bo`la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so`zi “G‘olib” degan ma`noni anglatadi.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
ey, sen, Farhod bo`lib o`g‘urlagan ishq.
ey, sen, Shirin bo`lib qayg‘ulardan ishq.
(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).
Shirin: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira)
Nedur ahvoling ey zoru g‘aribim
Visolim davlatidin benasibim
Bu yukdin jismu chun nola nechundir?
Qattiq g‘urbat aro holing ne erkin?
Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?
Farhod: (Geografiya kursi tinglovchisi Zozirov O`ktam)
Nigoro, ahvolo iffatpanoho
Jahon mahbashlarig‘a podshoho
G‘amingdur manga tobu tavon ham
erur darding chekardim quti jon ham.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
O`z zaylisin topmay Navoiy hatto
Dasht aro kersinmu tirik ekan to?
ey, sen jallod qilib yaratgan ishq
ey sen qattol qilib yaratgan ishq.
(Sahnaga Layli va Majnun chiqadi) .
Majnun: Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Boboyorov Shodali
Yo`q seni malak desam g‘aribi
Kim yo`q senga ishqdin nasibi
Mendekni erur malak demak rev
Kim ko`rsa meni quroq mutar dev
Ishq o`rtadi ul sifat vujudim.
Kim o`ldi nobud barcha budum.
Layli: (To`garak kursi tinglovchisi Sultonova Lobar)
Ishqingda menga bu erdi maqsud
Kim ko`rsam o`zimni anda novud
Davron bu murodima eturdi
Ne istagim, olima keturdi
Ishqingda ne orzuki ettim.
Ul nav`ki komil erdi ettim.
Tushti mening olima ajab yo`l
Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo`l.
Boshlovchi:
emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga urmoq.
Kerak she`r oldida ham she`riy jangi,
Agar sher enga olmasa bori palande.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Ashraf “Haft paykar”ni tutib egildi.
Etti go`zal unga ta`zimga keldi
Qoshida tikkayib turdi shoh Bahrom.
Saodat dutorin chaldi Dilorom
Boshlovchi: To`garak kursi tinglovchilari Etti go`zal
Alisher Navoiy 1484 yil “Xamsa”sining 4 dostoni “Sabbai sayyor”ni yaratadi. Asar Shox Bahromga bag‘ishlanadi. O`z sevgilisi Diloromdan ayrilgan shox g‘am g‘ussaga botadi. Uni bunday kayfiyatdan chiqarish uchun vazirlar kengashi unga atab etti qasr bino qiladilar. Bu etti qasrga shox uchun ziyofat uyushtiradilar. Etti mamlakatdan kelgan go`zallar shohning kunglini olishga harakat qiladilar. Ettinchi go`zal o`z sevgilisi Dilorom edi. (Olti go`zal raqsga tushadi, Dilorom dutorda musiqa chalib beradi).
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Ketur soqiy to`ldurub jomi adl
Ki ko`rguzdi Iskandar ayyomi adl
Shohikim, adolatdir oning ishi.
Teng ermas anga shohlardin kishi.
Saddi Iskandariy. Ona rolida ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Holiqova Marxabo.
(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o`qiladi).
Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo`lida pajmurda holiga kelgan
Iskandardur buzilgan tanamning joni. Vujudim bebaho la`lisining koni
Bo`lmish onamga so`zim shuki, men sizni ko`pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoningizga buysunmagan bo`lsam ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey ona ... Mening tanimni tobut ichiga solib, kecha-kunduz demay, jangu-jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga olib boring va lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ipni chiqazib qo`yilgani kabi, albatta, bir qo`limni tobutdan chiqazib qo`ying. Toki xaloyiq bu qo`lga hayrat ko`zi bilan emas, ibrat ko`zi bilan boqsin”.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Jame asarlarimni bitgali ketgan umrimga achinmagaymen.
Yaratganga ming qatla shukr.
elim, yurtim, tilim omonmi?
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura
Boshimizga nur sochar shamsul millat Navoiy
Tabarruk siymongizdan ro`shnodur O`zbekiston.
Navoiy. (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Ulus qaratgan musiqalar jaranggi qani?
G‘azallarimchi?
Boshlovchi:
Kuyib-kuyib kuy bo`lganimda
Tanglayapsan beparvo loqayd
Alamlardan bu nimta-nimta
Yuragimni tirnaydi bir bayt
Nima qilay shu ekan qismat
Besh asrga qaytib ketaman
Har manzilga to`xtab bir fursat
“Kelmadi”ni aytib o`taman.
(Navoiy g‘azallari aytiladi)
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Men yaratgan asarlarning umr boqiyligiga sabab, xalq og‘zaki ijodidan foydalanganimdadur.
(Navoiyning hikmatli so`zlari aytiladi)
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)
Deganimni ulusg‘a marg‘ub et
Yozganimni ko`ngilda mahbub et
Boshlovchi:
Navoiy ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo`raev “el desa Navoiy”ni rivoyatlar to`plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).
Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.
Navoiy (o`qiydi).
e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!
Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin...
Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)
La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.
Navoiy: Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!
Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!
Guli: Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz
So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,
Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.
Navoiy: Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.
Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?
Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?
Guli: Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin
eshitmak odatim bo`lgan azaldin.
Navoiy: Quloq soldingmi?
Guli: Yolg‘iz men emas, gul,
Samo, er, koinot, aftoda bulbul —
Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.
G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?
G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.
G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,
G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?
Navoiy: Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.
Bularning barchasi senga atalg‘on.
Guli: Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.
Navoiy: Nechuk? Xo`sh!
Guli: So`nggi chog‘da kamnamosiz.
G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.
Navoiy: Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,
Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.
Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,
Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.
Yumush der, erdagi har zarra tuproq,
Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.
Guli: Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam
Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.
Navoiy: Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,
Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.
Guli: Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!
Ulur ishlarni qilmoq istagan er
Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,
Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,
Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.
Navoiy: Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.
Guli: Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,
Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.
Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush
U tushni eslasam boshdin uchar hush…
Navoiy: Nechuk tush?
Guli: So`ramangiz
Navoiy: So`zla, azizim!
Guli: Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..
Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.
Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.
Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,
Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim
Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh
Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh
ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,
Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…
Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.
Navoiy: Gulim, behudaga bezovta bo`lma,
O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.
Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,
Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.
Meni shersiz deding, yovlar quyondir,
Quyonlarning ishi senga ayondur.
Guli: Durust, shersiz... faqat… zanjiri band sher....
Navoiy: ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).
Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.
Guli: esiz, men sizni ranjitdim…
Navoiy: (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,
Guli: (devonni olib.)
Jonim bilan.
Navoiy: Yangi bitilgan
Sening ishqing bilan
O`sgan, etilgan.
Umuman ifodali o`qish talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositalaridan biri bo`lib, aql-idrokni charxlaydi, zavq va nazokat uyg‘otadi hamda to`g‘ri fikrlash va radov gapirish mahoratini o`stiradi.
Boshlovchi:
Magar o`zbek tirik bo`lsa
Ash`oring dillarga to`lsin
O`zga yurtda bo`lsa hamki
Mozoring gullarga to`lsin
Ruhing shod, qadring obod
Boshing uzra chechaklar unsin
O`g‘lonlari ng Farhod sifat
Shirindek qizlaring bo`lsin.
******************************************************
“NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM!” TADBIR SSENARIYSI
Davrlar o’tadi, masofa ortar,
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar,
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.
Sahna. XV asr oid milliy jixozlar bilan bezatilgan.Shamdonda shamlar yoqilgan.
Lavhda kitob. (Nog’ora ovozi)
Jarchi: ”Tinglang,Hirot ahli,bu kecha ahlu fuzalo, dono-yu ulamo,izzat va ma’murlik
Bo’stonida yig’ilib,ilm nurlaridan ko’ngillarini yoritgay, qalblariga adolat va ezgulik urug’larini sochgay, dillarini nuri ziyo
“Tinglang,Hirot ahli,bu kecha ahl-u fuzalo, dono-yu ulamo,izzat va ma’murlik bo’stonida yig’ilib,ilm nurlaridan ko’ngillarini yoritgay, qalblariga adolat va ezgulik urug’larini sochgay, dillarini nuri ziyo suvlari bilan munavvar qilgay,alar xizmatiga bel bog’lang va suhbatidan bebahra qolmang”.
Sahnada PIR-U KOMIL USTOZ paydo bo’ladi (o’ychan qiyofada, xayol surganday) birin-ketin mashvarat ahli kirib keladilar.
1-Shogird: Ustoz, nechun bu mashvaratni tunda uyushtirdinggiz.
Ustoz: Beishq ulusqa kom uyqu,
Ishq ahlig’a harom uyqu ,- deydilar.
Shu payt qo’llariga ramzlar ko’targan yosh mullabachchalar kirib kelishadi va odob bilan salom berishadi:
- Assalom-u alaykum, ustoz!
- Vaalaykum assalom, Vo ajab, nesababdan bu yosh mullabachchalar bizning mashvaratimizni ixtiyor qilubdur.
- Ustoz, biz tavoze’ ahlimiz.
- Tavoze’, qanday go’zal lutf,bu so’zning ma’nisini chuqur anglaysizmi?
Mullabachchalar birin-ketin:
- Xokisorlik
- Kamtarlik
- Hurmat
- Izzat
- Ehtirom
- Itoatgo’ylik
- Bo’ysunish, insonga xos mana shu yeti fazilatni o’zida mujassamlashtirgan bu birgina sifat tavoze’dir.
Barcha mullabachchalar birgalikda:
“Ham tavoze’li bo’lib, ham boadab,
Yaxshilarning suhbatin qildik talab”.
Ustoz:Barakallo, bugungi suhbatimiz esa rostgo’ylik va tog’rilik haqidadir.
Dunyo shu tog’rilik tufayli barqaror, uning qorong’u go’shalari, yig’inlari shu sham nuri bilan beangandir va egrilik inkoridankim,agar egri kishi kumushbadan go’zallar yuzidan zulfdek joy olsa ham boshi kesilgulik. Kishining o’zi to’g’ri bo’lsa, dunyoning teskari aylanishidan uning ne ishi bor.
1-shogird: To’g’ri aytasiz ustoz, mana qarang, nay to’g’ri bo’lgani uchun so’fiylar uni yaxshi ko’radi, egri bo’lganida tanbeh olar, qulog’I buralar edi.
2-shogird: Nayza to’g’riligi tufayli doim balandda turadi, arqon egriligi uchun doim bog’langan.
3-shogird: Sozlangan torning qili to’g’ri bo’ladi, egri bo’ldimi sozlanmagani (qo’lidagi tordan kuy chaladi.)
Ustoz: Kimki to’g’rilik nima ekanligini anglamoqchi bo’lsa, shuni bilsinki, kishining so’zi birla o’zi ham to’g’ri bo’lishi kerak.
Mullabachchalardan biri: Sizlar to’grilik haqida ko’p va xo’p so’z aytdingiz, dalillar keltirdingiz, ammo biz shunday zamon odamlariga mubtalomizki, ularning oldida rostgo’ylikdan yomon narsa yo’q,
2-mullabachcha: Kimki bu davrda rostgo’ylikni odat qilsa, kambag’allik, yetishmovchilikdan boshi chiqmaydir.
3-mullabachcha: Ha, ha! Davr ham egrilini talab qilganida sen to’g’rilikni o’zingga shior qilib olsang zamon senga dushmanlik qiladi.
Ustoz: (chuqur o’yga cho’mgan holda) fikringgizni dalillay olasizmi?!
- mullabachcha:Mana, qarang, qalam to’g’rilikka yo’l ko’rsatgani uchun boshi kesilib pastda turadi.
- mullabachcha: Alif to’g’rilikdan bong urgani uchun “balo” ( ﻻ ﺑﺎ ) ostida qoladur.
- mullabachcha: Ilon tanasi egri bo’lsa ham doim xazina ustida yotadur.
- mullabachcha: Salla qanchalik egri bo’lib chirmashmasin, bosh ustiga chiqishga loyiq topildi.
Ustoz: Hayotda shunday nohaqliklar ham bo’ladi. Ammo egrilikning ham, to’g’rilikning ham o’z haqiqiy ta’rifi bor. Egri nohaq, to’g’ri haqdir.
Mashvarat shu asnoda bahs-munozaraga aylanadi.O’quvchilar o’z fikrini asoslash uchun “Hayrat ul-abror”dan ayrim parchalarni yod olishadi va tahlil qilishadi.
Sham bo’yi tuz kelib ayvon aro,
1-o’quvchi:
Shahidi bazm o’ldi shabston aro.
Egri uchish birla chu ko’p aylanib,Qaydaki, parvona borib o’rtanib.
Ya’ni, ziyo nur timsoli bo’lgan Sham kuyib kul bo’lsada,ezgu amalidan mamnun,parvona esa egriligi, bemaqsad,besamar harakati ila o’zini halokatga olib keladi.Bunday insonlar to’g’rini egri,rostni yolg’on deyishlari tabiiydir.2-o’quvchi:Sarv to’g’ri o’sganligi uchun u haqiqatgo’ylik,adolatparvarlik timsolidir.Alqissa,bunday xususiyat egalari xazon ofati bo’lmish har qanday balo-qazolardan omon qoladi.Sumbula esa har kimning ketidan ergashib, mustaqil fikrga ega bo’lmagani uchun yuzi qaro.
2-o’quvchi:
Rost ulkim nazari to’g’ridir,
Kim iligi egridir,ul o’g’ridir.,
Bo’lsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakla tuz etgay magar..
3-o’quvchi:
El orasida”nazari to’q” degan fikr bor.Bunday odamlar barcha hoyu havaslardan o’zlarini tiya biladilar,ammo”qo’li egri” deb ta’riflanuvchi kimsalar borki,ular oily jazoga mahkumdir.
1-o’quvchi:
Ko’zki erur egri aning xilqa’ti .
Birni ikki ko’rmak aning san’ati
Ko’z insonning tashqi olamdan,uning go’zalligidan bahramand etadi,ammo u birni ikki qilib ko’rish bilan hodisalarni noto’g’ri baholaydi.
Piri komil: Kimsaga yolg’onchi debon qilsa ot,
Bu ot ila chorlasalar o’zu yot.
Azizlar,hammamiz bu dunyoda o’tguvchimiz zero:
Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot..
Shu asnoda fikrlar dalillanib, yosh mullabachchalar ko’targan muammo o’z yechimini topadi. Asar badiiyligini ta’minlovchi tanosib – baytda ma’no jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi : sham – sabiston, parvona-aylanmoq, o’rtanmoq, sarv – xazon, sunbula, bog’ kabi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinganligi izohlanadi.
Tashbeh-o’xshatish,qiyoslash ma’nolarini anglatib, nayza va nay – to’g’rilikka, arqon, chaqmoq, ilon, salla – egrilikka tashbehlanganligi o’ziga xos badiiylikni ta’minlagani haqida nazariy ma’lumotlar beriladi.
Tadbir so’nggida boshlovchi:
Darhaqiqat, Alisher Navoiy ijodi bir xazinadirki, har kim qo’l solib siqqanicha olar, bir ko’zgudirki, har kim ko’z tashlab ko’rganicha olar, u zamon tanlamaydi, makon tanlamaydi, doimo dunyo bo’ylab kezib yuraveradi.
Navoiy so’z mulkida yagona sulton,
Turkiygo’y shoirlar bazmini qurdi.
O’z ona tilida terib injular,
Qalblarga umrbod muhrlab qo’ydi.
Odamlar keladi va ketar yana,
Ammo yashajakdir qalbda zo’r mehr.
Do’stlar besh asrkim guvohsiz mana,
Avlodlar dilida yashar Alisher !
Mashvarat yakunida Navoiyning quyidagi so’zlari o’qib eshittiriladi:
“Umidim shulki, bu asrga o’quvchilar diqqat e’tibori bilan nazar solib, har qaysilari o’z idrokiga yarasha o’qib dillarini obod va yozuvchi ruhini shod etgay… ”
Tamom
*********************************************************
“AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT” TADBIR SSENARIYSI
Sahna bayramona bezatilgan.
Sahnaga Alisher Navoiy chiqadi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Men ikki daryo bo`yidagi xalqimni yak qalam qildim. Tilimizni tahqir va haqorat botqog`idan she`riyat osmoniga ko`tardim. Yo`q-yo`q, men yanglishibmen pista po`chog`idan kema yasamoqchi bo`libmen.
Men yetolmagan orzularga kelajak nasllarim yetmog`I darkor. Shunda men o`z she`rlarim bilan labbay deb javob berurmen.
Hind, o`zbek qizlari sahnadan o`tib ketadi. Ortidan Bobur chiqadi:
Ko`ngil asli g`amxona ko`rinur kibi g`uncha
Yozdim ko`p Andijon yurtim haqida g`zal
Bu miskin zor Bobur sindiyda shoh bo`lguncha,
O`z yurtimda gado bo`lmoq erdi afzal
Avlodlarga qilgum eng pokiza tilak
Mehr - muhabbatli, sobit bo`ling har dam
Bo`ling she`r mardoni sizga bo`lsin katta yurak
Katta buyuklik sari olg`a tashlang qadam.
Sahnadan Bobur Mirzo chiqib ketadi.
Sahnaga hind, chin, misr, farang elchilari kiradi.
Sahna ortidan: “ Hirot taxtining hukmdori, Temuriyzoda, Ollohning yerdagi elchisi Husayn Boyqaro tashrif buyuradilar!”
Husayn Boyqaro:
Xush kebdurlar, elchibeklar dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Chin elchisi:
Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,
Hamma yoqda mehmondo`stlik e`htirom ko`rdik.
Hind elchisi:
Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsak,
Undan keyin ko`ra olsam janoblarini.
Zero hindning barcha orif va olimlari
Siz hazratning nomlarini ko`p ulug`laydi.
Misr elchisi:
Hatto bizning tilimizni tariximizni
Bizga ta`lim kilib turdi bu donishmandlar.
Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy
Bu kitoblar nushasidan olib ketgaymiz.
Farang elchisi:
Ko`p bilimlar o`rgangusi faranglar sizdan,
Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz
Yo`l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga,
Mag`ribdagi insonlarga rostin aytamiz!
Hazrat Navoiy “Hamsa”sini olib ketmoq istarmiz.
Husayn Boyqaro:
Bajonidil bu buyuk asarning olam uzra tarqalmog`in biz ham istarmiz!
Qani buyuk Navoiy “Hayrat ul-abror”din bayt o`qing!
Alisher Navoiy:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
Kerak sher oldoda sher jangi,
Agar sher o`lmasa bori palangi.
Husayn Boyqaro:
Shabistonda tug`di yangi biro y,
Yangi oy yo`qki, mehri oamoroy.
Sahnaga Farhod va Xusrav chiqib keladi.
Xusrav:
Qaydinsen ey mMajnuni gumrah?
Farhod:
Majnunu vatanidin qayda ogah?
Xusrav:
Nedur sanga olamda pasha
Farhod:
Ishq ichra majnunliq hamisha
Xusrav:
Ishq o`tiding de fasona
Farhod:
Qo`ymas kishi topmas nishona.
Sahnani Farhod va Xusrav tark etadi.
Husayn Boyqaro:
Ishq ichra becha etib maloli
Mahvash qilur erdi zabt holi.
Majnun bilan Layli chiqadi.
Majnun:
Layli ishqidin kuydi yuragim yomon
Modibadar hijronida dil o`rtar hamon.
Majnun ishqi erur vafodor
Vaslini ko`rmoq Qays Majnunga armon.
Layli:
Majnun so`zidin ayladim hitob
Layli qalbida erur hijlat behisob.
Layli va Majnun sahnani terk etib, Bahrom bilam Dilorom chiqadi.
Bahrom:
Dilorom raftoridin mast bo`ldim,
Ul jonon ruhsorida orzuga to`ldim.
Dilorom:
Bahrom oshiq kechsa ham jondin,
Oshiq sevgisi ketmas yurak qondin.
Iskandar:
Eshitdimki Iskandar nomdor
Chu bo`ldi jahon ahlig`a komgor
Ne kishuvar bo`ldi musaxxar anga
Mute bo`ldi Doroyu kishvar anga.
Alisher Navoiy:
Bu asarni sizga taqdim etgum!
“Xamsa”ni elchilarga taqdim etadi.
Husayn Boyqaro:
Uni avaylab asrang. Bir necha avlodlarga yetkazing. Endi xonanda va sozandalarimizning mahoratlaridan ham bahramand bo`ling!
Barchalari chiqib ketadilar.
****************************************************
NAVOIY ZIYOSI
Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag`ishlangan tadbir ssenariysi
Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi.
1-boshlovchi: Buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni - Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar, assalomu alaykum!
2-boshlovchi: "Davron elining jismida jon bo`lg`on" mo`'tabar ustozlar, assalomu alaykum!
1-boshlovchi:
Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo`lmas,
Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.
2-boshlovchi:
Kamol et kasbkim olam uyidin,
Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o`tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Boshlovchilar chiqib ketadilar.Sahnaga 3 o`quvchi va Navoiy chiqadi.
1-o`quvchi:
Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo`g`rilgan.
Asarlaringizni o`qir ekanmiz, har bir satringizdan o`z xalqingizga, insoniyatga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon, bir tan ekaningizni anglash qiyin emas.
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g`urbat havas aylama.
2-o`quvchi:
Aziz bobojon! Siz jozibador baytlaringiz bilan insoniyatga so`zning sehrini, hayotning ma'nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandeksiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingin,
Bu gulshan ichra yo`qtir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.
3-o`quvchi:
Ulug` ustoz! Siz g`azal mulkining sultonisiz. Siz bir umr:
Odamiy ersang demagil odami,
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami,-
degan shioringizga sodiq qoldingiz.
O`quvchilar chiqib ketadilar.
Ovoz:
Jahonki muqaddas neni ko`ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Asrlar qa'ridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan,
Xalqim, ta'zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o`zbek degan nom!
Mumtoz kuy chalinadi.
Navoiy o`z ijodxonasida
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi,
Ko`zlarimg`a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu chektim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimg`ayu ul sho`xi badxo` kelmadi.
Asta-sekin Navoiy siymosi sahnadan chekinib, kuy qo`shiq va raqsga ulanadi.
Munojot.
1-boshlovchi:
Navoiy 60 yillik umri davomida o`z davrining ijtimoiy-siyosiy voqeliklarini, inson tuyg`ularini, uning kamolini, o`z orzu-tilaklarini boy adabiy ilmiy merosida aks ettirdi.
2-boshlovchi:
Navoiyning mana shu boy badiiy, ijodiy dahosi o`z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo`lib keldi.
1-boshlovchi:
Navoiyga bag`ishlangan bugungi tadbirni ramziy ma'noda to`rt faslga bo`lamiz. Zero, Navoiy "Xazoyin ul-maoniy"da aytganidek, "Umr fusulining navbahori"ga sayr etsak.
Yosh Alisher bolaligidanoq o`zining o`tkir zehni, ziyrakligi va xushxulqi bilan barchani hayratga solgan. U uch-to`rt yoshidayoq she'riyatga mehr qo`yadi, to`rt-besh yoshida Qosim Anvor g`azallarini yod biladi, maktab yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini to`liq yodlaydi.
SAHNA KO`RINISHI
Yosh Alisherning Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashuvi sahnalashtiriladi (5-sinf. “Zulmat ichra nur” qissasi asosida):
Sho'x Alisher ertalab turib, o'z o'rtoqlarini boshlab ko'chaga chiqdi. Karvonsaroyning yonida katta bir xonaqoh bor edi. Bolalar ikki tavaqasi lang ochiq darvozadan kirishdi. Xonaqoh hovlisining bir chekkasida keksa odam ko'zini yumib, pichirlab o'tirardi.
— Yuringlar, o'shul quduqning charxini aylantirurmiz, — dedi Alisher ko'zlarini chaqnatib.
— Yo'q, anovi kishi koyib beradur.
— Urishmaydur ul kishi, o'zi yuvosh odamga o'xshaydur.
Bolalar qo'raning o'rtasiga kelib, quduqning yonida to'xtashdi. Burchakda o'tirgan kishi ko'zlarini ochib, ularga maroq bilan qaradi va:
— Hoy bolalar, bu yoqqa kelinglar, — dedi kulib. Bolalar bir narsadan hurkigan jayronlardek duv etib o'zlarini darvoza tomon urdilar. Faqat Alisher qo'rqmay, cholning oldiga borib salom berdi.
— Vaalaykum assalom, katta bo'ling! Sizlar bizning qishloq bolalariga o'xshamaysizlar. Qoydin keldinglar?
— Hirotdin, Iroqqa ko'chib ketayotirmiz, — dedi Alisher cholning ko'kragigacha tushgan oppoq soqoliga qarab.
— Nega ko'chib ketayotirsiz?
— Iye, gapdan xabaringiz yo'qmi? Xurosonda urush boshlanib ketdi-ku. Podshohzodalar bir-birlarining kallasini kesmoqda, yurtni talamoqda, mundoq zamonda...
Chol og'zini ochib, o'ng qo'lini qulog'iga qo'yib, Alisherning gapiga quloq soldi.
— Mabodo telba Mironshohning merosxo'rlaridin biri taxtga o'tirsa bormi, naq kallamiz ketadur-a...
Chol qiqirlab kulib yubordi.
— Ne sababdin?
— Bizlar Boyqarolarg'a xizmat qilib kelganmiz. Boyqarolar Mironshoh avlodi bilan it-mushuk.
— Rost aytding, bolam. Farosatli ekansan. Bobongning ismi nedur?
— G'iyosiddin, laqabi Kichkina Bahodir.
— Ofarin, ul kishini taniydurmen. Shohrux vafotidin besh-olti yil avval Sabzavorda hokim erdi. Ul kishini bilurmen. Xo'sh, o'zing maktabga borurmisen?
— Ha, taqsir, men to'rt yosh-u to'rt oylik bo'lg'onimda ota-onam maktabga eltib berganlar. Hozir «TaBorak» surasiga tushdim.
— Borakallo. Bul jamoat bolalaridin biz choqirg'onda sen kelib, men bila oshno bo'lding. Kel, sening uchun fotiha o'qoli...
Shu payt Alisherning otasi G'iyosiddin va bir necha kishi kirib, cholga salom berishdi va uning qo'lidan o'pib, yuzlariga surtishdi. Alisher hozirgina o'zi bilan gaplashib turgan chol ulug' bir odam ekanini payqab, xonaqohdan chiqib qochdi.
Kechqurun karvonsaroy hujrasida ovqat yeb o'tirganlarida Alisherning otasi xonaqohda o'tirgan cholning Sharafiddin Ali Yazdiy degan ulug' tarixchi ekanini so'zlab berdi.
— Ul kishi Shohruxning yonida yurib, ko'rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan, — dedi G'iyosiddin hurmat bilan. — Shundog' olim bir kishi umrining oxirida qashshoqliqqa tushib, do'stlarga zor, dushmanga xor bo'libdur, hay darig'!
2-boshlovchi:
Navoiy o`z umrining ikkinchi davrini "Yigitlik nodirliklari" deb atadi. U yetti-sakkiz yoshlarida g`azallar bitgan bo`lsa, o`n ikki-o`n uch yoshlarida mamlakat bo`ylab shuhrat taratadi, el e'tiborini qozonadi. Navoiy yigitlik yillarida o`zi sevgan shoirlarning "shirin ash'ori va rangin ab'yotidin" ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan. Aziz qat- nashchilar, Sizni Navoiy umrining shu fasliga chorlaymiz.
Navoiy (Navoiy qiyofasidagi o`quvchi) o`z g`azallaridan birini o`qiydi.
Ikki o`quvchi Navoiyning "Qaro ko`zim" hamda "Topmadim" radifli g`azallarini yod aytadilar. Kuy chalinib turadi.
1-boshlovchi:
"Fusulning xazoni, tiriklik bog`ining barg- rezining nishoni" bo`g`on fasl. Alisher Navoiy umrining bu davrida mamlakatda "Amiri kabir" - (Ulug` vazir) sifatida o`zining olijanob va eng yuksak orzulari - xalqqa xizmat qilish, mamlakat osoyishtaligini saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, ilm-fan va adabiyot, obodonchilik va madaniyatni rivojlantirishdek ulkan ishlar qanchalik og`ir va ma'suliyatli bo`lmasin, ularni katta mehr-muhabbat va ulug`vorlik bilan amalga oshirdi. Shu bilan birga, bir lahza ham ijoddan to`xtamadi.
2-boshlovchi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
1-boshlovchi:
Kerak sher oldida sher jangi,
Gar sher o`lmasa bori palangi.
Shu o`rinda o`quvchilar ijrosida "Xamsa"dan parchalar va Navoiy g`azali bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etiladi.
2-boshlovchi:
Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.
1-boshlovchi:
Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.
2-boshlovchi:
To`rtinchi fasl - "Umr fusulining qishi". Navoiy ishq dardi va ranjining umr oxirida ko`rsatgan natijalariyu jonni o`rtovchi kechinmalarini "Favoyid-ul kibar"da jamlagan.
Tadbirda Navoiy g`azal va ruboiylari bo`yicha mushoira o`tkazishni ham tavsiya qilamiz. Mumtoz musiqa chalinib turadi.
1-boshlovchi:
Alisher Navoiy haqida shoirning do`sti, maslakdoshi Husayn Boyqaro o`z "Risola"sida deydi…
Sahnaga Husayn Boyqaro kirib keladi.
Husayn Boyqaro:
"Mir Alisher turk tilining o`lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh-jon kirgizdi… U har bir she'r turi maydoniga topqir otini surar ekan, o`sha mamlakatni til qilichi bilan o`ziga tobe' etdi. Uning nazmini maqtashga til nuqsonli va qalam ojizdir va bu kun nazm dunyosining ruboi maskunida qahramon udur va uni bu mamlakatni qo`lga kiritgan sohibqiron desa bo`ladi".
Adabiyotshunos:
Olis yulduzlarning nuri ular so`nganidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida ona-Erimizga yog`ilib turar ekan.
Mir Alisher o`z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o`rin olib, o`zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o`z iste'dodiga yarasha bahramand bo`ladi. Zero, Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
Biz shunday ulug` mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi tadbirimiz Navoiyga, she'riyat dahosiga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.
Barchamizga, adabiyot ahllariga she'riyat bayrami muborak bo`lsin.
Birin-ketin o`tib borar asrlarning karvonlari,
Oh, nechog`lik xatarlidir uning oshar dovonlari,
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi.
Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari,
Fursat keldi do`stu g`anim kimligini bilay bu kun.
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko`kka boqib sahar chog`i iltijolar qilay bu kun,
Nurga to`lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.
Barcha kechada qatnashganlar boshlovchilar tomonidan rollari bilan tanishtirilib, sahnaga taklif etiladilar.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
11-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022