Kategoriya: Hikoyalar
Avto to'qnashuv
Kuni kecha bir avtoavariyani guvohi bo‘ldim. Neksiya bilan Spark to‘qnashib ketdi, deyarli ikkala mashinaga xam ziyon yetmagan. Chorraxada qatnov to‘xtadi. Ikki xaydovchi bir-biri bilan yoqalashib ketdi. Biri sendan o‘tdi , desa ikkinchisi ayb senda deyabdi. Ularning og‘zidan chiqqan so‘zlarni bu yerga yozishni iloji yo‘q. DAN xodimlari vaqtida kelishmaganda, mashina qolib xaydovchilar xam bir-birlariga tan jaroxati yetkazishlari mumkin edi. Bu xolatni ko‘rib bir voqea esimga tushdi.
Bundan ikki yilcha oldin shaxardagi Chorsu chorraxasida mashinamda tez kelib, Spark mashinasiga urildim. Ayb 100% menda, xam tez keldim xam oraliq masofani saqlamadim. Sparkni orqa bamferi sindi.Mashinamdan tushib sparkni xaydovchisiga, ayb mendaligi , odam to‘planmasdan chekkaroqqa olishni iltimos qildim. Mashinamni chetga olyabman-u soniyalar ichida xayolimga nimalar kelyabdi.... Sparkni yangi buferi nechchi pul ekan? yo o‘zini to‘g‘irlasa bo‘larmikin? unga ko‘nmasa kerak....va xakazo.
Salom berib uzr so‘radim va telefon nomerizi bering mendan o‘tdi , to‘g‘irlab beraman dedim. Xaydovchi salomimga chiroylik alik olib " uka siz ataylab qilmadingiz. Xudoni aytgani bo‘ladi, o‘zimizga xech nima bo‘lmadi shunisiga xam shukr". O‘ylanib qolganimni ko‘rib " uka ketavering o‘zim to‘g‘irlab olaman " dediyu mashinasiga yana bir ko‘z yugurtirdida , voqea joyidan ketdi
Men xam mashinamga o‘tirar ekanman ichimda takrorlar edim , Yaxshilar borlaringa shukr.
Latif Xamedov
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022