Kategoriya: Hikoyalar
Ayol latofati
Assalomu alaykum! Bu maqolani yozishimga facebookdagi guruhlarning birida ko'gan #anonim post sabab bo'ldi. Post muallifining aytishicha turmush qurganiga 8 oy bo'lgan kelinchak turmush o'rtog'i bilan munosabatlari yaxshi emasligi haqida yozibdi. Turmush o'rtog'i bir qizni yoqtirgan, u qiz boshqasiga turmushga chiqib ketgan, turmush o'rtog'i u qizdan nafratlansa-da, u qizni unutolmayotganligi va ushbu kelinni u qizga o'xshatolmayotganligidan turmushlari iliq emasligini sabab deb bilib, u qizga tashqi tomondan o'xshashga juda ko'p uringanligini aytibdi.
Aslida insonni faqat tashqi ko'rinishi uchungina sevishmaydi, uning ichki dunyosi, qanday inson ekanligi va birga o'tgan damlari uchun ham sevish mumkin. Qachon va qanday, aynan nima uchun yoqtirib qolganligini o'zi ham bilmasligi mumkin. Chunki biror bir mimika(tuyg'uni yuzidagi ifodasi), bir og'iz so'z yoki nimagadir munosabati qarab ham insonni boshqa bir insonga nisbatan fikri o'zgaradi, ana shu mayda elementlar mujassamlashib umumiy tasavvurni hosil qiladi.
Yana bir misolni esladim. Bazida telegramdagi kanallarda ilm ahlidan savol javoblarni repost(ulashish) qilib turishadi, shunda ko'rganim bor edi. Bir ayol savol bilan murojaat qilibdi. Eri yaqinda mendan "sevasanmi" - deb so'rasa "yo'q" deb javob berdim, chunki "qasam ichirib so'ragani uchun yolg'on gapira olmadim" debdi. Unga javoban, "Ko'pchilik oilalar sevgi bilan qurilmaydi, islom ahlida yaxshilik va xayr uchun turmush quriladi" deb yozilgan ekan.
- Har qanday yomon insonni ham ichida bir yaxshiligi bo'ladi. Insonni yaxshilikni iliq qabul qiladi va unga yaxshilik qilishligini hohlaydi. Yaxshiliq ilish orqali inson qalbiga yo'l topish mumkin.
- Yana bir yo'li uning yoqtirgan narsalari yoki orzu qilib yetisha olmagan mayda narsalar. Bu narsa mazali taomlar, ertalabki syurpriz, pokizalik va saranjomlikdagi holatlar, onasining qilig'i, yoshligini eslatuvchi xolatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
- Turmushda umumiylik bo'lishi kerak. Kimdir futbolni yoqtiradi, kimgadur ilm fan bo'yicha suhbatdosh kerak, yana kimdir birovlarni hatti harakatini muhokama qilishni yoqtiradi.
- Biz degan teoriyani shakllantirish. Birgalikda muammoni hal etishlik, birgalikda boshqalarga nisbatan qat'iy tura olishlik, birgalikda boshqalardan boshqacharoq ekanlikni his etishlik va birgalikda har qanday qiyinchilikni yenga olish tushunchalarini tushunib yetish va bu haqda tez tez gaplashib, shakllantirishlik.
- Biror inson psixologiyasini asosan kuzatish va tahlil qilish bilan o'rganish mumkin. Har bir odam bir olam hislatlar majmuasi. Har bir odamning xarakteridan kelib chiqib, kayfiyatiga qarab suhbat mavzusini tanlay olish kerak.
Hikoya
Bir zamonda o'ta rashkchi ayol bo'lgan ekan, u turmush o'rtog'ini begona ayollardan rashk qilib uni yo'qotishdan juda qo'rqar ekan. Shunchalik qizg'onganidan tunlari ko'zlariga uyqu kelmabdi, ohiri donishmandni yoniga borib maslaxat so'rashga qaror qilibdi va donishmand huzuriga boribdi. Va unga qalbidagi barcha kechinmalarni aytibdi. Donishmand uni tinglab tabassum bilan debdi : men sega turmush o'rtog'ingni seni qadrashga, seni tashlab ketmasdan umri so'ngigacha sen bilan yashashiga, uning hayotini bir bo'lagiga aylanishingga yordam beradigan bir sirni aytaman faqat bir shart bilan, debdi.
Ayol : - qanday shart ekan?
Donishmand : - menga tirik sherning peshonasidagi sochidan bir tutam qirqib olib kelasan lekin unga shikast yetkazmasdan olib kelasan.
Ayol : - ...... uzoq o'ylabdi va yoriga bo'lgan sevgisi, muhabbati, sadoqati kuchlilik qilib u uchun o'limga ham roziligi uchun bu shartga rozi bo'libdi. Va ovchining yoniga borib undan sherni tiriklay ushlash yo'lini so'ramoqqa qaror qilibdi.
Ayol ovchining yoniga borib donishmandni so'zlarini aytibdi.
Shunda ovchi : - bu juda havfli lekin yo'li bor bunga vaqt ketadi siz sher tilini o'rganishingiz kerak, sherni qachon jahli chiqadi, qachon quvonadi, qachon qorni ochadi, unga nima yoqadi barchasini o'rganing debdi.
Oradan ancha vaqt o'tib ayol sher haqida ancha tushunchalarga ega bo'lib, bir sherni har kuni ovqatlantiribdi, ko'p vaqtini u bilan o'tkazib uni o'ziga o'rgatibdi va bir kuni uning boshidan silab o'tirib sherni peshonasidagi bir tutam sochini qirqib olibdi. Ayol xursandligidan donishmand huzuriga shoshilibdi va donishmandga sherni sochini berib : - iltimos hazrat endi menga o'sha sirni ayting men turmush o'rtog'imni juda sevaman uni yo'qotishni hohlamayman debdi.
Donishmand yuzida tabassum bilan : - ey ojiza sen ering uchun hayotingni xavf ostiga qo'yib sherni o'zingga o'rgatding va inshoolloh niyyatingga yetding, bu sir shuki : bu sensan, sening muhabbating, sening sadoqating, sening mehring, sening hizmatlaring.. erkakning feli ham huddi sher singari vaqtida jaxldor vaqtida mag'rur.. sen sherni mexrini qozonding demak eringni ham mehrini qozona olasan.. inshoolloh u sendek sadoqatli ayoldan hechqachon sovimaydi debdi..
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022