Kategoriya: Hikoyalar

Bankdagi o'g'rilik


Oʻgʻri bankdagi barchaga baqirdi: “Qimirlamang. Pul davlatniki. Jon esa sizniki”. Bankdagi barcha odam jimgina yerga yotib oldi. Bunga “Fikrni chalgʻituvchi usul” deyiladi. Odatiy fikrlardan chalgʻitish.


Bir ayol borib stolning ustiga yotib oldi, shunda oʻgʻri unga baqirdi: “Uyat-ye! Bu yerga oʻgʻrilik uchun keldik. Ishrat uchun emas!” Bunga “Mohirlik” deyiladi. Faqat qoyillatib qiladigan ishingiznigina bajarishga qasd qiling!


Bank oʻgʻrilari uyga qaytishganda, kichik oʻgʻri katta oʻgʻridan soʻradi: “Aka, qancha oʻgʻrilaganimizni bir sanamaymizmi?” Katta oʻgʻri yoqtirmay javob berdi: “Ahmoq. Shuncha pulni qachon sanab boʻlamiz? Kechroq televizorda qancha oʻgʻrilaganimizni oʻzlari aytishadi”. Bunga “Tajriba” deyiladi. Bugungi kunda hayotiy tajriba qogʻozda bitilgan malakadan koʻra ancha muhim.


Oʻgʻrilar bankdan chiqib ketishganida bank rahbari ishchisiga tezroq militsiya chaqirishni tayinlaydi. Ammo ishchi rahbariga: “Toʻxtang! Keling bankdan oʻzimiz uchun yana 10 million olib, avval bankdan oʻmargan 70 millionga qoʻshib qoʻyamiz”. Bunga “Oqimga qarab suzish” deyiladi. Har qanday qiyinchilikni oʻz foydasiga burib olish!


Ishchi yana: “Qani edi har oy shunaqa oʻgʻrilik boʻlib tursa” dedi. Bunga “Koʻngilxushlik” deyiladi. Ichki quvonch ishdan muhim.


Keyingi kun, Televizorda bankdan 100 million oʻgʻirlangani aytildi. Oʻgʻrilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi, ammo ulardagi pul 20 million edi. Oʻgʻrilarning jahli chiqib shunday dedi: “Biz hayotimizni xavfga qoʻyib atigi 20 million oldik. Bank rahbari koʻz ochib yumguncha 80 million oʻmardi-ya! Bunaqa oʻgʻri boʻlgandan koʻra, oʻqimishli oʻgʻri boʻlganim yaxshi edi!” Bunga “Bilim oltindir!” deyiladi.


Bank rahbari mamnun. Uning qilmishlarini mazkur oʻgʻrilik qoplagan edi. Bunga “Vaziyatdan unumli foydalanish” deyiladi.


Haqiqiy oʻgʻri kim?


Said Komil tarjimasi

Reklama
Reklama