Kategoriya: Hikoyalar

Baxtga navbat bormi?


Baxtga navbat bormi?
Kim oxirgi...?


Sizdan keyin men....


O‘zimgamas....


Ota mehrini ko‘rmay o‘sayotgan tirik yetim go‘daklarga bir chimdim...


Kelinlik martabasiga yetolmay, oq kuylak armon bo‘lgan aybsiz aybdor singillarga bir chimdim...


Ne - ne orzu umidlar bilan farzandlarini dunyoga keltirib, keyin yana qancha qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazib, endi bolalarini rohatini ko‘raman deganda ko‘chadan tayyoriga kelgan bir oyimchani oldida qadrini yo‘qotgan onalarga bir chimdim.....


Ota - onasini uyida malikalardek yashab, turmushga chiqib xizmatkordan - da xorroq bo‘lib
yashayotgan ojiza kelinlarga bir chimdim.....

Bir - birini jonidan ortiq sevganu, ammo taqdirni beshavqat o‘yinlarini qurboni bulib, sevmagan yor bilan yashab kelayotgan armonli oshiqlarga bir chimdim......


Umrini oxirgi kunlarini yashayotganini bilib, farzandlarini tashlab ketishga ko‘zi qiymay, Yaratgandan har kuni yana bir kun umr so‘rab yashayotgan bemorlarga bir chimdim.....


Farzand tirnog‘iga zor bo‘lib, “dada” degan so‘zni eshitishni juda hoxlagani uchun, jiyaniga mani bir marta “dadajon” degin deb yalinayotgan aka - ukalarimga bir chimdim......


Onasini qabriga borib, “nega bizni tashlab ketdingiz” deb yig‘layotgan ona mehriga zor bolalarga bir chimdim....


FAQAT BIR ChIMDIM......
O‘zimgamas....

 

Internetdan olindi

Reklama
Reklama