Kategoriya: Insholar
Bayon nima?
Bayon - bu matnni oʼqib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqiladigan yozma ish turlaridan biri boʼlib, u oʼquvchilarning fikrlashlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mazkur soʼz ham arabcha boʼlib, “ifodalash”, “yoritish” va “bildirish” maьnolarini anglatadi hamda 2-sinfdan boshlab oʼquvchilar bayon yozishga oʼrgatiladi. Pedagog olimlarning fikricha, bayon yozishdan maqsad oʼqilgan matnni butun detallari va bogʼlanishlari bilan oʼquvchilar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini oʼzlashtirish koʼnikmasini shakllantirishdan iborat. Shu ma’noda bayon yozma ishi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- oʼquvchining muayyan matnni tushuntirish koʼnikmasini shakllantirish
- oʼquvchini tahlilga oʼrgatish;
- oʼquvchining xotirasini mustahkamlash;
- oʼquvchining yozma nutqini tarkib toptirish.
Zero, bayon yozish mazmunini boshlangʼich sinf oʼquvchilarning muayyan matnni tushuntirish, xotirasini mustahkamlash, Tahlil qilish va yozma nutqini tarkib toptirish bilan belgilanadi. Bayon yozish ham ijodiy ish turlaridan biridir.
Bu yondashuv quyidagicha idrok etiladi:
1. His-tuygʼuni oʼstirish. “Hissiyot”-bu shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʼz-oʼziga munosabatlaridan kelib chiqadigan kechinmalaridir.Shu jihatdan Hissiyot (emotsiya) 7-11 yoshli oʼquvchilar uchun muhim element boʼlib, uni toʼgʼri oʼstirish bilan ularga voqelik, odamlar, va oʼz- oʼziga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirishga erishish mumkin. Insho va bayon oʼquvchi shaxsidagi matn shu elementni oʼstirishga koʼmaklashuvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi.
2. Аqliy rivojlantirish(intellekt). “Аql”-inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka boʼlgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. Shu sababli 7-11 yoshli oʼquvchilarning aqliy rivojlantirish va ularda aqliy qobiliyatni oʼstirishda insho va bayon yozma shu turining ahamiyati kattadir. Bu ishni bajarish jarayoni oʼquvchilar voqelikni tasavvur qiladi va unga boʼlgan munosabatini boshqarishni oʼrganadi.
3. Mustaqil fikrlashga oʼrgatish . “Fikrlash”- bu muayyan voqea-hodisa haqida maьlum bir xulosaga kelish uchun mulohaza yuritish va oʼylashdir. Shu maьnoda insho va bayon oʼqitish vositalari 7-11 yoshli oʼquvchilarga mustaqil fikrlash koʼnikmasini talab darajasida shakllantirish imkonini beradi. Bunda “ Mustaqil”sifati oʼquvchilarning chuqur mulohaza yuritish va oʼylash vositasida voqelik ( hodisa ) toʼgʼrisida toʼgʼri xulosaga kelish koʼnikmasini anglatadi.
4. Matnni tushunishga oʼrgatish. “Matn”- yozilgan asar, insho, nutq va darslikdagi oʼquv materiallaridir. Shu jihatdan 7-11 yoshli oʼquvchilarni aytib bergan biror matn yoki biror mavzuda insho va bayon yozish bilan ularning mazmun- mohiyatini qanday tushunganliklarini namoyon qiladi. “Oʼqish” va “Ona tili” fanlarining darslari vositasida matnni yoki mavzuni tushunish koʼnikmasini egallaydi.
5. Xotirani mustahkamlash. “ Xotira”-oʼquvchining avval esda qoldiradigan voqea va hodisalarni takror idrok qilish orqali esga tushirish qobilyati. Shu maьnoda Insho va Bayon yozma ishlarni voqea-hodisalarni idroklash va ularni eslash vositalaridan biridir. Bu bilan oʼquvchilarda idrok va eslash orqali xotira mustahkamlanadi. Xotiraning shakllanishi bolada bilim, koʼnikma va malakaning tarkib topganligidan dalolat beradi.
6. Tahlilga oʼrgatish. “Tahlil”- muaayyan obьekt yoki voqea- hodisani har tomonlama oʼrganish va chuqur tekshirishdir. Umumta’lim oʼrta maktablarning 7-11 yoshli oʼquvchilari biror matn yoki mavzuni oʼrganish va tekshirish vositasi bilan Insho va Bayon yoziladi. Bu bilan ularda tahlil koʼnikmasi shakllanadi.
7. Yozma nutqni tarkib topdirish. “ Yozma nutq”- bu fikrni yozma, matn vositasida bayon qilishdir. Shu jihatdan 7-11 yoshli oʼquvchilar insho va Bayon yozish vositasida fikrni yozish orqali ifodalashni oʼrganadi. Bu koʼnikma gʼoyatda muhim boʼlib, yozma nutq shaxsning butun xayoti davomida muhim oʼrin tutadi.
8. Baholashga oʼrgatish. “ Baholash”- oʼquvchining obьekt, voqelik va hodisani bilim, koʼnikma hamda malaka asosida aniqlashdir. Insho va Bayon 7-11 yoshli oʼquvchilarning baholash koʼnikmasini shakllantirishdagi muhim vositalardan biridir. Bunda sifat oʼzgarish asosiy malaka hisoblanadi.
@Nodira Nazarqulovna Eshmanova
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022