Kategoriya: Hikoyalar
Bekzod Tashkentbayevning blogi
Yahshilik...
Jasur ishdan uyiga keldi-yu onasini tobi qochib yotganini ko'rib kayfiyati tushib ketdi...
U yolg'iz o'gil otasi vafot etganda yosh bola edi vidolashish oldidan
- Og'lim Seni Mard inson bo'lgin doim odamlarga yahshilik qilgin onangni asragin degan o'gitlari hamon kechagidek hotirasiga muhrlangan...
- Onajon nima bo'ldi yana mazzangiz qochdimi...?
- Bolam yahshiman ovqatingni eb ol yaqinda uni qozondan suzdim deya onani ba'zur gapira oldi holos..
Hozir kelaman dedida kuchaga otilib chiqib ketdi...
Maosh hali olmagan chuntagiga qo'lini tiqib bor pulini sanadi atiga 30000 ming so'm puli qolgan nima qilarini bilmay yaqin og'aynisi Azizga telefon qilib qarz olmoqchi bo'ldi lekin uni hasis qitmirligi esiga tushib bu shashtida qaytdi...
Nogahon dorihona taraf ketarkan Qassobhonadagi ovoz fikrlarini buzib tashladi...
- Hola tug'ri tushuning bizda qarizga go'sht sotilmaydi 100gr ham bera olmayman...
- Jon bolam sillam qurib qoldi mazzam yuq doktorlar kuchli go'shtli ovqat eng har hil ko'katlardan salat eb yursangiz quvvatga kirasiz deyishdi boquvchim ham yuq yolg'iz yashayman albbatta nafaqam chiqsa qarzimi berib ketaman deyayotgan yoshi bir joyga borgan nuroniy onahonga ko'zi tushdi...
Qassobhona taraf qadam tashlarkan asta onahonga yaqinlashib
- Holajon yahshimisiz deb salom berdi.
- Akahon go'shtni 1kg necha pul deya qassobga yuzlandi...
- 27000 ming so'm deb zarda bilan javob qaytardi savlatli qassob.
- Mana 30000 ming hamasiga lahm joyidan kesib bering deya bor pulini qassobga uzatdi...
1 lahzada go'sht tayor.
Jasur g'oshtni onahonga uzatarkan
- Onahon meni ham siz kabi Onam borlar duo qiling. Bu esa sizga Go'shti uzatib yana hizmat bo'lsa ayting deya raqamini qoldirib ketdi.
Bu voqeadan Onahon ham qassob bola ham hayron edilar...
Endi pulsiz nima qilishini bipmay dorihonaga yaqinlasharkan dori darmoni telefonini qoldirib olib ketishga qaror qildi. Shunda telefon jiringlada
Og'aynisi Aziz telefon...
- Salom Jasur yahshimisan do'stim ahvollaring yahshimi ishlaring joyidami...?
- Rahmat do'stim Ollohga shukur yahshiman...
- Holam yahshimilar.?
- Yahshilar...
- Yolg'on gapirma..! ishim kupayib charchab tushlikdan so'ng ko'zim ilinib uhlab qolibman qancha uhladim esimda yuq tushumda onahonini ko'ribman mazzalari yuq sen esa dori darmonga pul topa olmay yurgan emishsan shunga tinchlikmi deya seni yuqladim...
Jasurni ko'ziga yosh keldi...
Aziz tug'risi hozir markaziy dorihonadaman deya yig'lab yubordi...
- Jasur 5 daqiada yoningdaman men ham seni shu erdan topsam kerak deb yo'lga chiqqandim. Havotirlanman Onahoningni yahshi klinikaga bugunoq joylashtiramiz boryabman Do'stim deya go'shakni qo'ydi.....
Gohida e'tiborsizligimiz tufayli qiynalgan insonlarni unutib quyamiz... agar osh'a qiynalgan insonni o'rniga o'zimizni qo'yib ko'rsak u azob chekayotgan 1 daqiqasiga chiday olmaymiz...
Doim hayotimizda qiynalgan insonlarga Mehr qo'llarini uzataylik bu eng oliyjanoblik haqiqiy insonparvarlikdir....
Qilgan yahshiliklarimiz ikki dunyo Bahtu-Saodati uchun
Eng kerakli ammalardandir...
Qiynalgan insonlardan yuz og'irmaylik bular ham biz ham hayotga 1 marta kelamiz...
Muallif: Bekzod Tashkentbayev
Mualliflik huquqi himoyalangan.
Matn ko'chirilganda muallifi ko'rsatilsin.
ADASHMANG! HAQIQATDAN YOLG‘IZMISIZ..?
"Kun bo‘yi telefoningiz o‘zini eslatmasa - bu yolg‘izlik emas!
Bu yaxshi do‘stlarning yo‘qligidir"
Soatning chiq-chiq ovozi qulog‘ingizga o‘rnashib qoldimi? Bu yolg‘izlik emas!
Bu bo‘sh vaqtingizning ko‘pligidir!
Kutadigan hech kimingiz yo‘qmi? Bu yolg‘izlik emas! Bu - pessimizm!
Boshqa birovning hayoti bilan yashash baxt beryaptimi? Bu yolg‘izlik emas, bu o‘zingizga ishonchsizlikdir!
Bir xonaga kirib olib kun bo‘yi yig‘layapsizmi? Bu yolg‘izlik emas, bu depressiyadir.
Sizni hech kim tushunmaganligidan o‘zingizni yolg‘iz sezyapsizmi? Bu yolg‘izlik emas! Bu - egoizmdir!
Ichingiz to‘lib ketganidan to‘yib baqirgingiz kelyaptimi? Bu yolg‘izlik emas! Bu og‘riq!
"MЕN SЕNI YAXSHI KO'RAMAN..." Deb o'zingizga qachon aytdingiz!!!
Psihologiya kanaldan olindi :
Sahifa tayyorlovchi :
Bekzod Tashkentbaev
Omadsizlik – bu ishni qaytadan boshlash degani, lekin bu safar siz yanada aqilliroqsiz.
Genri Ford ✍️
Agar muammoning yechimi bo’lsa, bu haqida qayg’urishni hojati yo’q. Agar muammoni yechimi bo’lmasa, bu haqida qayg’urishdan ne hojat.
Dalay Lama ✍️
Agar siz buyuk iqtidor egasi bo’lsangiz ham, natijani olishingiz uchun vaqt kerak bo’ladi: axir siz bolani bir oyda qo’lingizga ola olmaysizku, hatto ayol kishini homiladorligiga amin bo’lsangiz ham.
Uorren Baffet ✍️
Omad kaliti qo’lingizga tushish arafasida tursada siz piva xonada o’tirganingizda buni qayerdan ham bilardingiz. Mark Tven ✍️
Bizning katta kamchiligimiz tezda ishdan noumid bo’lib, qo’llarimizni siltashimizdadir. Omadga erishishning yo’li esa har doim harakatda bo’lishdir. Tomas Edison ✍️
Ertalab uyg’onganingizda o’zingizdan so’rang: “Men nima qilishim kerak?” Tunda uxlashdan oldin: “ Men nima ish qildim?”.
Pifagor ✍️
Bechora, omadsiz, baxtsiz va kasal – bu “ertaga” so’zini ko’p ishlatadigan insondir. Robert Kiyosaki ✍️
Keksalar yoshlarga pulni tejash haqida uqtiradilar. Bu yomon maslahat. Pul yig’mang. O’zingizga ishlating. Men qirq yoshga kirmagunimga qadar bir dollar ham tejamaganman. Genri Ford ✍️
Men buni xohlayman va bu bo’ladi.
Genri Ford ✍️
Men yutqazmaganman. Men faqatgina 10000 ta ishlamaydigan usullarni topganman.
Tomas Edison ✍️
Og’ir mehnat – bu siz bajarishingiz kerak bo’lgan, lekin bajarmagan, yig’ilib qolgan yengil ishlardir.
Jon Maksvell ✍️
Men oldin shunday gapirar edim: “Men hamma narsa o’zgaradi deb umid qilaman”. Keyin bilsam , hamma narsa o’zgarishi uchun – men o’zim o’zgarishim kerak ekan. Jim Ron ✍️
Men butun hayotim davomida iqroq bo’lgan va rioya qiladigan saboq, bu hech qachon taslim bo’lmasdan – harakat, harakat va yana harakat qilish lozim!
Richard Brenson ✍️
Siz bugun boshqalar qila olmaydigan ishlarni qiling va shunda ertaga siz boshqalar yashay olmaydigan tarzda hayot kechirasiz.
Sahifa tayyorlovchi :
Bekzod Tashkentbaev
Ichkilik nafaqat yaqinlaringizdan, boringizdan ham ayiradi!
(Hajviy va Jiddiy yondashuv)
Aroq haqida...
Dinimizda taqiqlangan xarom narsalarni yesangiz, ichsangiz qalbingizni xirlashtirib, iymonni susaytiradi. Eng tez taʼsir qiluvchi omillardan biri bu aroqdir. Xatto aroq qoʻyilgan toʻylarga, kechalarga borgan namozxon odamning 40 kun oʻqigan namozi oʻtmasligini bilasizmi? Xaromdan saqlaning toki u sizni ado qilmasidan, siz uni daf qiling....
- Do'xtir, bu aroq ichki a'zolarimni kuydirib tashlamadimikan-a?
- Ichki a'zolaringizni kuydirganini bilmayman, ammo jahannamda yondirishi mumkin.
???????????????
Bir alkash
og'aynisiga:
Nega menga jin deb laqab
qo'yishgan, qo'limdan ko'p ish
keladimi?
Yog'ee, kim butilka ochsa sen
paydo bo'lasanda...
???????????
Yoʻl patrul xizmati hodimi shubhali mashinani toʻxtatsa, ruldagi haydovchi gʻirt mast emish.
— Ichib turasizmi haydovchi? - deb soʻrabdi xodim.
Haydovchi aroq toʻla piyolani unga uzatib:
— Siz bilan birinchi martta, - dermish.
??????????????
100 gramm aroq 8000 ta miya hujayrasini oʻldiradi
???????????????
Kimdir bunga salbiy yoki ijobiy fikr bildirar maqsadim insonlarga eslatib qo'yish...!!!
Ko'cha-ko'yda ichgan holi harob o'zligi va yaqinlarini shu BUTILKAGA almashgan insonlarni ko'rsam ularga insof tilashdan boshqasiga o'ta olmayman...
Bu balo dastidan necha-necha oilalar parokanda bo'lgan, begunoh bolalar etim qolgan. Aka-ukalar yuz ko'rmas do'stlar esa yuz burgan... Jinoyatchilik avj olgan... Ishlari kasod qalb esa o'lib bo'lgan....
Ichkilik narkotik umr zavoli... Hayot go'zal va U bizga Yaratganning eng oliy tuhfasi INSON bo'lib tug'ilganimizga faqat yahshi amallar bilan shukronalar aytaylik...!!!
Bekzod Tashkentbaev???
...Болалари оч қолган ота ва тиланчи..!
Камбағал ишчи бир куни ишдан ҳайдалди Бoшқа дарoмади бўлмагани учун бoлалари уч кун oвқатсиз, нoнсиз қoлди. У oдам иш қидириб қаёққа бoрса, “иш йўқ” деб эшикни юзига ёпишди. Устма-уст уч кун қорни оч қолган болаларнинг хархашаси oнанинг юрагини эзиб юбoрди. Чорасизлик билан турмуш ўртoғига: “Кўряпсизми болаларни? Очликдан юзлари сарғайиб кетди. Биз-ку майли чидаймиз, лекин улар бунга чидолмайдилар. Бу ишнинг охири нима бўлади? Ўйлаб кўрдингизми?” деди.
Эр эгилган бошини аёли томон қаратиб: “Неча кундан бери бормаган жойим қолмади. Энг кам ойликка бўлса ҳам иш қидирдим, бир кун бўлса ҳам қорнингиз тўйсин, деб. Лекин ҳеч ким менга иш бермаяпти. Болаларимнинг бу ҳоли менинг ҳам юрагимни эзиб юборди. Лекин кўриб турибсанки, қўлимдан бирор нарса келмаяпти” деди. Шунда аёли: “Ундай бўлса менинг келинлик кунларимдаги рўмолимни олиб бориб сотинг, неча пул бўлса ҳам бирор нарса олиб келинг, болаларимизнинг қорнини тўйдирайлик. Қолганига Аллоҳ Каримдир. Ризқ бергувчи Удир. Бизга албатта бирор хайрли эшик очилади” деди.
Эр уятдан қизариб, тушиб қолган қийин вазиятни ўйлаб, аёли сандиқдан олиб берган ҳали яп-янги турган рўмолни олиб, бозорга борди. Рўмолни ўша пайтда икки дирҳамдан ортиғига олмасдилар. Олган пулига бирор егулик олиш учун кетаётганда йўлда тиланчига дуч келди. Тиланчи ўтган-кетганга шундай дер эди: “Аллоҳ ризоси ва Пайғамбарининг ишқи учун бўш ўтманг. Аллоҳни хурсанд қилиш учун менга ёрдам беришни хоҳловчи йўқми? Дунёда ҳеч нарсаси йўқ, ҳақиқий муҳтожман.
Рўмол сотган одам тиланчининг олдига келди. Аёлининг рўмоли пулини — неча кундир ҳеч нарса емаган болалари учун бирор нарса олмоқчи бўлган пулини тиланчига берди. Энди бўш қўл билан уйга бориш ҳам ноқулай эди. Рўмолнинг пулини сўраган аёлига нима деб жавоб беради? “Рўмолингга икки дирҳам беришди, уни тиланчига бериб юбордим, унинг ялиниб-ёлворишига чидолмадим” деб қандай айтади? Шу ўйлар билан масжидга кириб шом намозини ўқиб, бўш қўл билан уйига қайтди. Аёли ва болалари уни бирор егулик опкелади деб кутиб ўтиришган эди.
Кеч қолганига яхшироқ бирор нарса олиб келса керак, деб ўйладилар. Ота умидсизлик билан эшикдан қаради, аёли бу ҳолатга ҳайрон эди. Болалари эса бу кеча ҳам оч қолишларини ўйлаб мажолсиз овозда йиғлай бошлашди. Аёл ҳам ҳайрон, ҳам жаҳл оҳангида рўмолни нима қилганлигини сўради.
Эр аёлига ҳаммасини бирма-бир айтиб берди. Аёл ишнинг аслини билгач, сабрли оҳангда: “Рўмолнинг пулини Аллоҳ йўлида берган экансиз, У улуғ ва бойдир. Сахийлигингиз эвазига бизга хоҳлаган вақти унинг эвазини беришга Қодирдир. Сиз тўғри иш қилдингиз, қани кўрамиз, қайси эшикни очар экан?” деди.
Эрталаб аёл турмуш ўртоғига отасининг уйидан олиб келган девор соатини берди ва: “Буни сотинг ва эвазига қанча егулик келса олиб келинг” деди. У бозорга бориб, соатни сотишга ҳаракат қилади. Лекин ҳеч олувчи тополмайди. Чарчаб, ҳорғин келаётганда бир балиқ сотувчисига йўлиқди. Балиқчи баланд овозда: “Балиқ бор, балиқ” деб бақирарди. Қўлида икки донагина балиқ қолган эди.
Фақир киши балиқчининг ёнига бориб: “Бу соат менга, бу балиқлар сенга наф келтирмайди, шунинг учун шу икки балиғингни менга бер, мен сенга шу соатни берай” деди. Мижоз йиғиш учун эрталабдан бери бақираётган балиқчи бу одамнинг таклифини қабул қилди. Балиқларни бериб, соатни олиб кетди.
Неча кундан бери уйига биринчи марта егулик олиб кетаётганндан жуда хурсанд бўлаётган ота балиқларни қўлига олиши билан уйига югурди. Оталарининг егулик олиб келганини кўрган болалар жуда хурсанд бўлиб кетишди. Аёл балиқни тозалаш учун ошхонага кирди. Бироз ўтиб хайратланиб хожасини чақирди. Балиқлардан бирининг қорнидан каттакон инжу чиқди.
Фақир одам инжуни олиб заргарнинг олдига борди. Заргар инжунинг бебаҳо эканлигини, агар ўзига сотишса 14000 дирҳам беришини айтди. Фақир одам қийинчиликлар ортда қолганини сезди. Аллоҳ унга неъмат эшикларини очганини тушунди. Заргарга уни 14000 дирҳамга сотиб, пулини олиб уйга қайтди. Бўлиб ўтган воқеани уйига келиб, аёлига ҳам айтиб берди. Ҳаммалари ғамларни аритган Аллоҳга шукроналар айтишди.
Шу пайт эшикда тиланчининг овози эшитилди: “Эй уй эгалари, Аллоҳ сизга бергандан менга ҳам беринг!” Фақир киши эшикни очиб: “Шу пайтда Аллоҳ бизга ҳеч кутмаган жойимиздан 14000 дирҳам ҳадя қилди. Модомики, сен Аллоҳ ризоси учун Аллоҳ берганидан сўраяпсан, мен ҳам шу пулнинг ярмини сенга берай, қолган ярми бизники бўлсин”.
Биргина сўзи учун 7000 дирҳамга эга бўлганидан хурсанд тиланчига пулнинг ярмини олиб чиқиш учун уйига кириб кетди, чиқиб қараса тиланчи йўқ. У ер-бу ерни қараса ҳеч қаерда кўринмади.
Уй эгаси ўша куни ғам-ташвишлардан холи уйқуга кетди ва тушида бояги тиланчини кўрди. Ундан нега кетиб қолганлигини сўраганда, тиланчи: “Мен тиланчи эмас эдим, Аллоҳнинг фаришталаридан бири эдим. Хайрли ишларни қай даражада яхши кўришинг ва Аллоҳга боғлиқлик даражангни билиш учун инсон шаклида сенинг уйингга келдим. Мени Аллоҳ сени охирги марта синаб, даражангни юксалтириш учун хонадонингга юборди. Олдинги куни аёлингнинг рўмолини сотиб, икки дирҳам олганингда ўша икки дирҳамни олган ҳам мен эдим. Ўша икки дирҳамни хотиржамлик билан Аллоҳ ризоси учун менга берганинг учун Аллоҳ сенга инжуни берди. Бугунги сахийлигинг учун эса нариги дунёда тенгсиз неъматлар билан тўла Жаннатга эришасан”.
Сенингдек энг қийин вазиятларда ҳам Аллоҳ ризосини барча нарсадан устун қўювчиларга хушхабар бўлсин…
Аллоҳ барчамиздан, дунё мол-мулкларидан устун қўйган барчадан рози бўлсин…
Турк тилидан Наргиза Атабаева таржимаси...
Sahifa tayyorlovchi :
bekzod tashkentbaev.
Sevgi nima???
Sevgi – bu sevilish emas,
Sevmoq – bu osmonga uchmoq demakdir.
Har gal qayta yerga qulamoq uchun
Sevgi – bu urishdan tongan yurakdir,
Sevish – bu afyundir,
Ssevilish – afsun.
Sevgi – juda oddiy tushuncha.
Ammo, odamlar, nimagadir, uni doim murakkablashtirib ko’rsatishga,
undan muammo yasashga harakat qiladilar.
Bilasizmi, nimaga sevgi atrofida buncha ko’p tashvish mujassam?
Chunki muhabbat – eng shartsiz bo’lishi kerak bo’lgan tuyg’u, lekin biz unga doim shart yuklaymiz. Aslida sevgi shoirlar uni ta’riflagandek azobli, zolim, hijronli, olovli, otashin va yana qandaydir og’riqli emas. Odamlar bu tuyg’u bilan taqdirlanishganda uni tobelik munosabatiga aylantirishga urinib, undan o’zlari anduh yasab oladilar. Sevgi – ikki qalb muomalaga kirishgan holat. Qalbingiz uncha-munchaga o’z sarhadlarini boshqa qalbga ochib bermaydi. Ammo u o’z hamrohini topib, unga ochilsa – unda tamoman hech bir cheklanish va himoyasiz ochiladi. Chindan sevgan odam mutlaqo ojiz bo’lib qolishi ana shundan – o’zini qo’rqmasdan boshqa qalb egasiga ishonib topshiradi. Sevgi – aqlning hukmidan tashqari tuyg’u. Aql qiziqish, ishtiyoq, masrurlik kabi hissiyotlarni uyg’otishi mumkin – biroq uning ishq ustidan hokimiyati yo’q. Sevgi aqlni yengib, odamni uning izmidan olib chiqib ketishga qodir bo’lgan kuch. Shuning uchun ham aql unga qarshi astoydil kurashadi. Biz ana shu talvasaga tushib qolgan aqlning gapiga kirib, o’z sevgimizni azobga to’ldirib tashlaymiz. U bizni rashk qilishga, javob sevgi talab qilishga, arazlashga va boshqa achinarli xatti-harakatlarga undaydi. Sevgining ko’zi ham ko’r emas. Sevgi boshqa odamning xato va kamchiliklarini hammadan ham yaqqol ko’rib, anglab turadi. Ammo u boshqa odamning qalbini sevadi – uning aqliga tegishli bo’lgan nuqsonlarga esa e’tibor bermaydi. Chunki sevgi inson qadri uning xatolardan holi qalbida mujassam ekanini biladi. Agar siz sevgan odamingiz kamchiliklarini ko’ra bilmayotgan bo’lsangiz – demak, siz sevmaysiz.
Har kim umrida bir bora bo’lsa ham kimnidir sevadi. Buni u tan oladimi, anglab yetadimi yo’qmi – har holda sevgi har kimga beriladi. Ishqimiz tushgan odam bilan birga bo’lishga intilish – tabiiy holat. U bilan yonma-yon ko’ngil xotirjamligiga erishamiz. Ammo har doim ham bu maqsadga to’g’ri yo’ldan bormaymiz. Sevgini tobelik munosabatiga aylantirishga intilishimiz biz va sevgan odamimizga jabr yetkazishi mumkin. Boshqa odamni sizni sevishga majburlay olmaysiz. Majburlash yo’li bilan nafratga erishishingiz mumkin, xolos. Buni, anglashimcha, hamma biladi. Siz sevgan odamingizga unga erkinlik beribgina erishishingiz mumkin. Sevgan odamingizga erishishning eng asosiy siri o’sha odamni shartsiz sevishdir.
Sahifa tayyorlovchi :
Bekzod tashkentbaev??
⚜АЁЛ САБРИ ТУГАМАЙДИ
Тўсатдан отам вафот этдилар. Ёлғиз қиз бўлганим учун отамнинг вафотларидан қаттиқ таъсирландим. Ажал Аллоҳнинг хоҳиш-иродаси билан келади, бироқ ота-онадан айрилиш жуда оғир. Отам оиламизнинг устуни эдилар. Ҳар ишда биз фарзандларига маслаҳтгўй, меҳрибон, насиҳатлари кўнглимизга тегмайдиган, ҳақиқий комил инсон, меҳрибон ота эдилар. Бироқ бандасининг қўлидан сабр қилишдан бошқа нима ҳам келарди? Шундай бўлса-да, отамнинг маъракаларидан кейин анча ўзимни йўқотиб қўйдим. Тушкунлик эзиб, оилам, болаларимга яхши қараёлмай қолдим. Ғамга ботиб юрган кунларимнинг бирида ишим кўпайиб, ишда ушланиб қолдим. Раҳбарим-ку инсонийликни, изтироб чекаётган аёл дардини тушунишдан маҳрум, бағритош одамлигини билардим. Аммо эрим ҳам бағритошликда ундан қолишмаслигини исботлади. Ўша куни ишдан кеч келганимни важ қилиб кўнглимга оғир ботадиган гапларни гапирди, ранжитди.
Шунчалик ошириб юборди-ки, ортиқ унга сабр қилишга ҳолим ва тоқатим қолмади. Бир сидра кийимимни олдиму, онамникига бориш учун йўлга отландим. Эшикдан чиқаётганимда эрим масхаромуз гап қотди:
Қайтиб келишни хаёлинга ҳам келтирма! Бу уйдан чиққан одам қайтиб кирмайди!..
Индамадим. Кўз ёшимни ичимга ютиб, эшикни ёпиб чиқдим. Сабр-тоқатим ҳам, ишончим ҳам тугаб битган эди.
Йўл-йўлакай кўз ёшимни артиб, дўкондан укамнинг болаларига ширинликлар олдим. Ўзимни тетик тутишга уриниб эшикдан киргандим, онам саломимга алик-олар олмас сўрадилар:
Тинчликми, бемаҳалда нима қилиб юрибсан?
Ўзим... шунчаки сизларни кўрай деб келгандим...
Мени алдама, кўзинг айтиб турибди, эринг билан уришгансан.
Йўқ, онажон, урушганимиз йўқ...
Урушгансан! Мени алдашга уринма!
Ойи...
Гапни кўпайтирма! Тез орқанга қайт. Пойабзалингни ечиб ҳам ўтирма!
Ойи...- Эшик олдида турб қолганман, пойабзалимнинг бир пойи ечилган, бир пойини энди чиқараётгандим. Остонада мен билан кўришишга ошиққан келиним- укамнинг хотини туриб қолган, бир онамга қарайди, бир менга қарайди.
Менга отангни ғами етгулик бўлиб турибди. Сен ҳам дард устига чипқон бўлма. Мен эр уйидан урушиб қайтиб келсин, деб қиз узатмагандим. Бор, мени уйимда эри билан урушиб келадиган қизга жой йўқ!
Ойижон, ахир...- Гапиролмай йиғлаб юбордим. Онам ичкарига кираётиб укам билан келинимга “Бекатгача кузатиб қўйинглар, тезроқ орқасига қайтсин!” дедилар. Эшикдан ташқарига отилдим. Кўзимдан дув-дув оқаётган ёшни тўхтатишга кучим етмасди. Ортимдан укам билан келиним чиқди. Келин билан саломлашмай хайрлашдим. Укам билан бекатда анча вақт гаплашиб қолдик. Йиғладим, сиқтадим. Онамдан хафа бўлдим. У кўнглимни кўтарди, юпатишга уринди, сўнг иложсиз кузатиб қўйди.
Автобусга ўтирдим. Ғира-шира қоронғуда ойна томонга ўгирилиб йиғлаб кетавердим. Мен учун ҳаёт тугаган эди гўё. Кўзимга ҳатто болаларим ҳам кўринмади. “Ота-онаси ўлган бир менинг болаларимми? Бир кунини кўрар шу болалар ҳам. Ўлиб кетганим яхши. На эримга керакман, на онамга. Онамнинг уйига сиғмадимми, демак ҳеч қаерга сиғмаслигим аниқ”. Бу хаёллар ўзимни ўлдираман деган шайтоний васвасани авжга чиқарарди. Автобусдан тушибоқ ўзимни остига ташлайман, деган фикр миямда айланаётганди. Шу пайт кимдир елкамдан туртди. Чўчиб тушдим. Бошимни кўтариб қарасам, бир ўрис йигит жилмайиб турибди. Телефонига ишора қилиб “Мана бунга қара” деди. Телефонига қарагандим ёзув турган экан: “Бу дунёда ҳеч нарса бир томчи кўз ёшингга арзимайди. Ҳаммаси ўтиб кетади. Фақат ожиз одамларгина қийинчиликлар олдида тушкунликка тушади. Сен кучлисан, демак бир табассум билан ҳаммасини енгасан!” Кўнглимдаги ғубор бир зумда тарқалди-кетди. Йигит кейинги бекатда тушаётиб бир қур кўз ташлади менга.
Кўз ёшимни артдим. Эшик қўнғироғини босгандим эрим истеҳзо билан очди:
Ҳа, яна келдингми?
...
Онанг ялинди-да, раҳмим келди. Бўлмаса эшикдан киргизмасдим...
Индамадим. Сабр либосини эгнимга илиб олгандим. Эримнинг ғалати одати бор. Кайфиятим йўқлигида асабимни бузиш учун тоза кўйлагини тоғорага ташлайди-да, “бор, кўйлагимни ювиб қўй” дейди. Бу сафар ҳам шундай қилди. Аламимни билдирмай ювиб, дазмоллаб қўйганим, ҳозир тоғорада ётган кўйлакни қайта ювдим.
Hayotimizdagi voqelardan olindi.
Sahifa tayyorlovchi :
Bekzod Tashkentbaev?
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022