Ada Lavleys tarixdagi birinchi programmist ayol hisoblanadi. Dasturlashtirish olamidagi eng mashxur shaxslardan biri. O'nlab dessertatsiya yozgan olimlar erisha olmagan natijaga Ada 50 betlik maqolasi bilan erishgan. Ada Lavleys 1815 yili 10-sentyabrda Londonda tug'ilgan. Uning otasi Jorj bayron mashxur ingliz klassiklaridan biri bo'lgan. Adaning birinchi ismi Avgusta bo'lgan. Otasi  Avgustani o'z opasining ismi bilan atagan. Lekin Ada 1 oylik vaqtidayoq onasi bilan ajrashgan va qaytib Adani ko'rmagan. Adaning onasi matematika juda yaxshi ko'rgan va qiziga ham shuni singdirgan.