Kategoriya: Sinf soati

Bobom xotiralari . Sinf soati dars ishlanmasi


30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

I.Kirish: 

Tarbiyaviy mashg`ulotning   maqsadi:O`quvchilarga Vatan degan muqaddas tuyg`uni,uning aziz insonlarini,Ona Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard,jafokash,jasur o`g`lonlarini yana bir bor yod etish  mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berish. hamda davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari,xalqimizning tarixi haqida texnik vositalar yordamida ma`lumotlar yetkazish. 

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish,  va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

Kun shiori: Tarixsiz-kelajak yo’q

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi:Proyektor va kompyuter,DVD, tarqatma material,rasmlar.(Mahallada  istiqomat qilayotgan urush yoki mehnat faxriylaridan taklif qilish)

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarning   mashg`ulotga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.

Ma`naviyat daqiqasi.

O`qituvchi:

Sen mening bobomsan – Xotira,

Sen mening momomsan-Qadr!

Bir qadim yo`llar-a…..Xotira….

Bir qadim yo`llar-a…...Qadr….

                          G`alvirak dunyoning dog`lari

                          Po`panak bog`laydi raxtma-raxt

                          Xotira ko`nglimning tog`lari,

                          Qadr-ko`nglim suyangan daraxt.               

 Men-da, bir novdangman, Qadr,

 Sen mening bobomsan – Xotira,

 Sen mening momomsan –Qadr

Bir qadim yo`llar-a……Xotira….

II.Asosiy qism:

-She`r nima haqida ekan? (Xotira va qadrlash haqida ekan)

-Demak,bugungi darsimizda “Xotira va Qadrlash” kuni haqida suhbtlashamiz.

Yurtboshimiz farmoniga ko`ra,xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish,bugun ham el-yurtimiz obro`yini yuksaltirishga,siz yoshlarni tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni ardoqlsh maqsadida 9-Mayni” Xotira va Qadrlash kuni” sifatida keng nishonlash an`anasi qaror topdi.

Bugungi  darsimizda  noan`anaviy  tarzda  “Eng muqaddas kun” ruknida boshqaramiz.

O`qituvchi:-Bolajonlar siz   musobaqa  deganda  nimalarni  tushunasiz?

O`quvchilarIkki  yoki bir necha guruhning  o`zaro  savol – javob  yoki  o`yin  orqali  musobaqalashuvini.

O`qituvchi: -Qanday  musobaqa  turlarini  bilasiz?

O`quvchilar:-Birin-ketin  bilgan  musobaqalarini  aytadilar. “Bilimlar bellashuvi”,”Futbol”,”Suzish”,”Volleybol”,”Kurash”

O`qituvchi: -Balli! Sizlar  musobaqalarni  juda  yaxshi  bilar  ekansizlar.

 Aziz bolajonlar!.

Hozir   sizlar   qo`lingizdagi    vizitkangizda  yozilgan  so`zga  asoslanib  o`rningizni  topib  o`tirasiz. O`quvchilarning  qo`llarida  dars  boshida  o`zlari tomonidan  tanlangan  rangli  kartochkalar  bo`lib, ularda   “Do`stlik”,“E`zoz” yoki”G`urur”  so`zlari yozilgan. Mana, sizlar uch  guruhga bo`lindingiz. Endi  guruhlar o`zingiz   haqida  ma`lumot  bering.

“ Do`stlik”  guruhi

Do`st mushkulini oson-

Qilishni istar inson,

Olam to`lsin ziyoga,

Do`stlik kerak dunyoga.

“E`zoz” guruhi     

Tinchlik juda soz,

To`kin-sochin yoz.

O`q tovush chiqmas,

Yangrar qo`shiq,soz,-  

G`urur”gurur

Tinchlik bo`lsin hamma yoq,

Buning uchun hamma vaqt.

Kurashar jam bo`lib xalq

Urushga yo`l bermaymiz,

Tinchlik yengar,tinchlik haq.

O`qiituvchi:1-topshiriq: Keling shirin so`zlar orqali  uchala  guruh  kayfiyatlarini

ko`tarib, darsimizni davom  ettiraylik.O`quvchilar  o`z  tilaklarini  o`rik, bodom va shaftoli   gullariga yozib,o`rik va bodom daraxtlari maketlariga osadilar.

Masalan:

Sizga  omad  yor bo`lsin,xush  kelibsiz, sog`  bo`ling, barakalla, ko`p  yashang,

ofarin, niyatingizga  yeting, Baraka toping, dunyo turguncha turing, omon

bo`ling,yaxshi  dam oling.  (guruhlar  tilak daraxtlari bilan o`zaro  almashadilar)

O`qituvchi: Rahmat  bolajonlar.  Endi  musobaqa   darsimizni davom  ettiramiz.

Hozir  o`lkamizda  qanday  fasl  hukm  surmoqda?     Bahor fasli

Bahor  faslida    qanday  bayram va kunlarni nishonlaymiz?

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

21 – mart Navro`z bayrami

9 – aprel Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavallud topgan kun

9 – may Xotira va Qadrlash kuni

25 – may So`nggi qo`ng`iroq kuni

       Bir necha yillardan  buyon Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda keng

nishonlanmoqda.

Hozir siz bilan shu kunga atalgan  videolavhani ko`ramiz va suhbatimizni davom

ettiramiz.(3-5 daqiqalik lavha namoyish etiladi)

1.Xotira va qadrlash maydonida nimalarni ko`rish mumkin ekan?

2.Xotira va qadrlash kunining ma`nosi nimadan iborat ekan?

O`qituvchi:Xotira o`zlikni anglash,o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat qilib turadigan muqaddas tuyg`u.Inson o`zining kimligini   xotira va qadr tiyg`usi orqali chuqurroq anglaydi.

Biz Millat,Vatan, Istiqlol kabi bir necha so`zlarni hurmat bilan tilga olamiz,muqaddas sanaymiz.Ana shu tushunchalar haqida so`z yuritganda,fikrimizni beixtiyor xotira tuyg`usi band etadi.Inson xotirasi muqaddas,u o`z ajdodlarini esga olib,ezgu ishlarni yod etadi.Ajdodlarni xotirlash susaysa yoki yo`qolsa,ya`ni ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida uzilish  yuz bersa,millat tanazzulga yuz tutar ekan.

Muqaddas sanalgan tushunchalarning hammasi xotira bilan tirik.U  nafaqat o`tmishni unutmaslik,balki bugungi kunni va kelajakni yorqin tasavvur  etish ham demakdir.

Xotira insonni kelajakka teran ko`z bilan qarashga o`rgatadi.Qadrlash esa,xonadonlarimizga fayz-baraka bag`ishlab,qilayotgan ishlarimizga oq fotiha tilab turgan qariyalarning hurmatini joyiga qo`yishdir.

III. Yakuniy qism:

O`quvchilar yangi mavzuni qay darajada o`zlashtirganlarini bilish maqsadida quyidagi texnologiyalardan foydalanamiz.

“Aqliy hujum”usuli :

     2-topshiriq:Endi bolajonlar egallagan bilimlaringizni mustahkamlash


 

Ajdodlarimizning mardonovor kurashlarini eslash uchun

 maqsadida “Nima uchun” o`yinini o`tkazamiz.



 

Bugungi farovon hayotga osonlik bilan erishilmaganini bilish uchun

 Nima uchun ? texnologiyasi



 

Nima uchun 9-mayXotira va qadrlash kuni deb e’lonqilindi?

 

 

 

O`tmishimizni unutmasligi-miz uchun

 

 

 

Keksalarni ardoqlash uchun


 

 

 

Bemorlarning holidan xabar olish uchun

 

 

 

Ota-ona, qavm-qarindoshlarni qadrlash,xotirlash uchun

 

 

 

Tinchlikni,osoyish-talikni qadrlash uchun

 

 

 

Yurtni qadrlash uchun


Shu tariqa uchala guruh fikrlarini bayon etadi.

Barakalla bolajonlar  mavzu haqida ko`pgina bilimga ega bo`libsiz.

Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.

 


Reklama
Reklama