Kategoriya: Hikoyalar
Bolajonlar uchun ibratli hikoya
Daraxt voqeasi
Bir odamning to‘rtta o‘g‘li bor edi. Shoshilib qaror chiqarmaslik, fikrlar yuzaki bo‘lib qolmaslik borasida hayotiy dars o‘rgatish uchun ota ularni uzoq vodiyda joylashgan katta daraxtni ko‘rib kelishga yubordi.
To‘ng‘ich o‘g‘il qish faslida, ikkinchisi bahorda, uchinchi o‘g‘il yozda, kenja esa kuzda bordi. Barchalari daraxtni ko‘rib kelishgach, otalari ulardan "Qani, har biringiz ko‘rgan daraxtingizni birma-bir sharhlab beringchi” dedi.
To‘ng‘ich o‘g‘il "Daraxt juda hunuk va qurigan ekan”, dedi. Keyingisi "Daraxt yam-yashil bargli ekan” dedi. Uchinchisi "Daraxt hushbo‘y gullar bilan qoplangan ekan” dedi. Kenja esa "Daraxtning mevalari ko‘p ekan” dedi.
Bularni eshitgan ota "Har biringiz to‘g‘ri gapirdingiz. Chunki sizlar turli fasllarda bordingiz. Ammo shuni bilinglarki, bitta daraxtga bir faslning o‘zi bilan hukm chiqarmaslik kerak. Agar qishdagi ko‘rinishiga suyanib, "Daraxt faqat quruq” desangiz, uning bahordagi yashilligini, yozdagi go‘zalligini, kuzdagi shirin mevalarini inkor qilgan bo‘lib qolasiz.
"Xuddi shuningdek, bir shaxs haqida ham bitta vaziyatdan, bitta burchakdan turib, birgina odamning gapi bilan hukm chiqarmanglar. Uning hamma tomonini o‘rganib chiqib, keyin xulosa chiqaringlar”, - dedi ota.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022