Kategoriya: Hikoyalar

Bolakay nolasi


Olti yoki yetti yoshli bolakay nonushtada dadasi va oyisiga yalinish ohangida dedi:

- "Dadajon, joon dadajon menga ham velosiped olib beringlaaar, iltimoooos.. meni rossa ham velosiped haydagim kelyapti oyijoon!"

Dadasi o‘g‘liga dedi: 

- "Bolajonim, Allohdan so‘ra,  bersa albatta velosipedlik bo‘lasan"

- "Qanday qilib so‘rasam, Alloh menga velosiped beradi?"

Shunda oyisi dedi:

- "Qanday so‘rasang ham bu seni ishing, seni ixtiyoring... Biroq sen shunday so‘raginki, Allohimga qalbingdan bildir, sen juda juda velosiped minishni xohlayotganingni."

Bolakay kechgacha o‘ylab, o‘yini oxiriga yetolmadi. Uyquga yotganda ham o‘ylay boshladi:

"Men nima qilsam Allox menga velosiped beradi?"

Biroq miyasiga kelgan bir fikrdan ko‘zlari porlab ketdi. Tongni sabrsizlik bilan kutib uxlab qoldi.. 

 Erta tong. Adasi va oyisini ishga kuzatgan bolakay shoshilib kitoblar javonidan daftar va ruchka oldida yoza boshladi:


"ALLOHIM, MENGA VELOSIPED BEER!!! O‘RTOQLARIMDEK, MENI ROSSA VELOSIPED XAYDAGIM KELYAPTI. ALLOHIM ILTIMOOOS.. VELOSIPED BERA QOL.!" 


...Bolakay ko‘p qavatli binoni yuqori qavatida o‘zi buvijoni bilan kolar edi. 

Ushbu so‘zlarni takror va takror daftarga yoza boshladi.. 

So‘ngra jajji barmoqchalari bilan daftar varaqlariga bitgan duosini alohida alohida qirqib chiqdi. Uyining ayvonidan u duolarni uchira boshladi..

Bolakay yozgan duolarini uchirar ekan o‘ylar edi. "Alloxga albatta yozgan kog‘ozchamdan bittasi yetib boradi va o‘qiydi. Keyin menga velosiped yuboradi."

Bolakay erinmas edi. Har kun shu ahvol. Uyda daftarlar tugab bitdi. Ammo bolakayda duo yozish, uni uchirish, Allohdan velosiped so‘rash, umid qilish hissi va ishtiyoqi oshsa oshib bordiki aslo susaymadi.

  Oradan ancha kunlar o‘tdi. Endi bolakay kog‘oz tashvishini ham qila boshladi. Kech uyquga yotar ekan bolakay o‘ylar edi:

-"Ertaga qog‘ozni qaerdan olsam ekan-a? Allohga haligacha yetib bormapti yozganlarim. Bir kun albatta yetib boradi. Toki yetib borguncha yozaman, men juda juda xohlayman velosiped haydashni" - deb uxlab qolar edi.. 

Endi uyda gazeta va jurnallar ham bolakayga yordamga kelishdi. Bolakay aslo charchamasdan, zerikmasdan, aksincha umid va ishtiyoq bilan qalb so‘zlarini kog‘ozga tushirib uchirar edi.


  Bir kuni eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.. 

Bolakayni yuragi orziqib, buvisidan avval chopqillab ko‘cha eshik tomon yugurdi. 

Ne ko‘z bilan qarasaki 40 yoshlar atrofidagi amaki bolakay orzu qilgan velosipedni olib kelgan edi.. 

Bolakay shoshilib dedi: 

- "Sizni Allox yubordimi? Alloh o‘qibdida yozgan qog‘ozchamni?" 

- "Ha, bolakay. Bu Alloh uchun senga sovg‘a".. 

Bolakay xursand bo‘lib velosipedni olar ekan:

"Amaki, amaki Allohga rahmat deb qo‘ying. Men rossa ham xursandman amakijon".. 

 Shunda amaki ortiga o‘girilib ko‘zida yoshi bilan dedi: 

"Bolajonim... Sen Allohdan so‘ra, Allohga ayt!! Menga ham bir donagina sen kabi farzand bersin".

Reklama
Reklama