Bo‘lgan voqea
Maktab hovlisida turgandim, bir kishi kelib sovuqqina so‘rashdi. Vajohatidan ot xurkiydi. Osmondan kelib do‘q urib gapirayotgandi, gapini bo‘ldimda xonaga kirishni taklif qildim. Xonaga kirib hol-ahvol so‘raganimdan keyin sal hovuridan tushganday bo‘ldi. Maqsadga o‘ting endi aka, nima gap dedim. O‘g‘limni o‘qishi pasayib ketdi, o‘qituvchilaridan noroziman. Institutlarga kirgizmoqchiman, o‘qishi kerak bu. Farzandizga jon kuydirganiz yaxshi aka, lekin besh qo‘l barobar emas, o‘qituvchilarimizni xammasini o‘z kasbini kuchli mutaxassisi deb aytolmiman. Xozir gaplashib ko‘raylikchi, kuratori kim desam, bilmayman ayol kishi, telefon nomeri bor deb, telefonini chuqilashga tushdi. Qaysi sinfda o‘qiydi desam, 11-sinf a b v qaysiligini bilmiman deydi. Familiya otini ayting desam, Falonchiev Falonjon... daftarimni qarasam Falonjon yo‘q, adashmadizmi desam, mana kuratori oldi deb, telefonni qo‘limga berib qo‘ydi. Gaplashsam 10-b dagi o‘quvchi ekan. Kuratorga ishingizni qilavering dedimda, otasiga yuzlandim.
Mani majlisim bor edi, keyinroq kelsez bafurja gaplashamiz dedim. Asabiylashganimi ko‘rib akadagi vajoxatdan asar ham qolmadi.
Kuratori kimligidan xabari yo‘q, xatto nechinchi sinfda o‘qishiniyam bilmaydida, yana o‘qituvchidan arz qilishi kulguli emasmi? Qars ikki qo‘ldan chiqadi, ayb faqat o‘qituvchida emas.
Muallif: Abdulatif Xamedov
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022