Kategoriya: Hikoyalar
Bosh og‘rig‘ining sababi
Ustoz qo‘liga stakan olib, bolalardan so‘radi:
- Sizningcha bu stakan qancha og‘irlikka ega?
- Tahminan 150gramm!, - javob berdi bolalar.
- Ko‘rib turganingizdek, unchalik ham og‘ir emas. Agar men bu stakanni bir necha daqiqa ushlab tursamchi?
- Deyarli hech nima!
- Agar bir soat ushlab tursamchi?
- Qo‘lingiz toliqadi!
- To‘g‘ri! Agar bu stakanni kun davomida ushlab tursamchi?
- Qo‘lingiz og‘rib, butun boshni og‘riq egallab oladi.
- Juda to‘g‘ri! Ho‘sh, kun davomida ushlasam stakanning og‘irligi o‘zgaradimi?
- Yo‘q! -, deb javob berdi bolalar.
- Unda og‘riq qaerdan paydo bo‘ldi?
- Davomiy zo‘riqishdan!
- Og‘riqdan qutulish uchun nima qilsam bo‘ladi?
- Stakanni tashlab yuborishingiz kerak!
Ustoz tabassum bilan idishni stol ustiga qo‘ydi va dedi:
- Hayotdagi muammolar bilan huddi shunday holat ro‘y beradi.
Agar muammoni bir necha daqiqa o‘ylasangiz - hech nima sezilmaydi.
Agar muammo haqida soatlab o‘ylay boshlasangiz - boshingizda og‘riq seza boshlaysiz.
Agar kun davomida o‘ylasangiz - butun tana oromini yo‘qotadi, qo‘lingiz bir ishga ham bormaydi.
Muammolardan forig‘ bo‘lish uchun esa shunchaki baridan kechib, Allohga suyanish kerak bo‘ladi.
Natijada qalbga hotirjamlik va sakinat yuguradi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022