Kategoriya: Pazandachilik
Bugunga nima ovqat. #1
Bugunga nima ovqat
Andijoncha palov siri
Men har kuni bu savolni uydagilarga berganimda qanaqa variantlar bor yoki o’zingiz bilganingizni qilavering degan javobni olaman. Men kabi juda ko’p uy bekalari bu bir xillikdan zerikgan bo’lsa kerak. Ovqatlarning xillari ko’p lekin hammasini ham kundalik ratsionda qilavermaymiz. Bayramlarda, kasal boqqanda yoki to’y, marosimlarga dasturxon ko’tarib borganda qilinadi. Kudalik ovqatlanishda esa doim oila a’zolarimiz bilan odatlangan, hech kimga zarar qilmaydigan, oila a’zolarimizning mijoziga qarab ovqat qilamiz. Har bir viloyatning o’zigayarasha odatlangan ovqatlari va tayyorlash usuli bor. Meni ham o’zimga yarasha tayyorlash usulim bor. Tajribamda sinab ko’rganman. Quyida kundalik hayotimizda qilinadigan o’zim bilgan ovqatlarni yanada yaxshilaydigan tomonlari bilan aytib o’taman. Foydali maslahatlarim kimgadir asqotsa ajabmas. Men tayyorlaydigan ovqatlar quyidagi qonuniyatlari ya’ni prinsiplari bor:
1-dan yog’li bo’lmasligi kerak, ayniqsa hayvon yog’lari 15-16 foizigina eriydi xolos, qolgani odam organizmida qolib ketadi va semirishga olib keladi. Hayvon yo’g’lari ichak devorlarida turib qoladi. Yegan ovqatimiz asosan ichakda so’rilib bizga quvvat, kuch beradi. Yog’ esa bizni o’sha vitaminlar va foydali moddalardan to’sib qo’yadi va yegan ovqatlarimiz bizga energiya bermaydi.
2-dan qizartirib, kuydirib qovirilmasligi kerak. Oshqozonga zarar.
3-qovurdoqlar kam yeyilishi kerak.
4-dan qaynatma ovqat faqat kasal bo’lganda emas kundalik hayotda ham ko’proq iste’mol qilish kerak. Ayniqsa bolalarga hamda jazirama yozning issig’ida.
5-dan hamir ovqatlar kamroq qilinadi chunki buyrakga zarar, davleniyasi borlarni davleniyasini oshishiga sabab bo’ladi. Chunki ko’pchilikda davleniyani buyrak kasalligi ko’taradi. Agar nimadir yeyish bilan davleniya tushirilsa demak u buyrakga bo’g’liq bo’lgan davleniya bo’lish ehtimoli kuchli.
6-dan nabor pripravalarni ishlatmyman. Kim biladi uni ichiga nimalar solishadi. Hamma ko’kat ham maydalanganidan so’ng bir xil bo’lib qoladi.
7-dan sovuqni oshirib yuboradigan ovqatlarni birin ketin qilmayman. Issiqlik ovqatlar bilan ketma ketlikda qilaman. Biz kattalarning sovug’imiz oshishi qiyin ammo bolalarimiz buni bilmaydi, boshi aylanayotganini yoki g’alati bo’layotganini aytib o’tirmaydi. Ular shundog’am ko’p harakat qiladi. Ularga kuchliroq ovqat kerak.
8-dan paxta yog’i deyarli ishlatmayman. Ba’zida marosimlarda o’choqda ovqat qilsam ishlataman. Chunki u qattiq qizdirishga chidamli. Pista yog’i qattiq qizdirilsa ovqat achchiq, taxir bo’lib qoladi. Paxta yog’ida gassipol degan zaxarli modda bor. Zavodda ishlab chiqarilgan 1-sort yo’g’da ham 0,3 foiz qolib ketadi. Dog’ qilganimizdan so’ng 1,5 foizga tushadi. (Institutda o’qiganman). Bu odam organizmiga zarar yetkazishi uchun yetarlicha. Organizmimizda qanchadir qismi qolib ketadi va to’planadi. Yaqqol bilinmasada modda almashinuvini, immunitetning pasayishi, vitaminlar kamayishini, ich qotishiga, quvvat yetishmovchilik, ertalab tura olmaslik, doim charchoq sezish, oshqozon kasalliklarni, zarda bo’lish, og’izninh taxir bo’lishi, o’t kasalligi, yegan ovqatni hazm bo’lmasligi, qorinning dam bo’lishi, soch to’kilishini, terini tiniq bo’lmasligiga sabab bo’ladi.
Kamchiliklarim: Oq go’shtlarni ya’ni baliq va parranda go’shtlarini kam ishlataman. Oila a’zolarim ko’pam yoqtiravermaydi. Aslida ular juda foydali ayniqsa bolalar uchun. Yormalarni ham kam ishlataman. Lekin ularning quvvati ham go’shtnikidan kam emas.
Andijoncha palov pishirish siri. (5 kishilik oila uchun)
Palov uchun guruch tanlash - bir dona xom garuchni tishlab ko’rilganda agar o’zagi uqalanib ketmasdan qattiq bo’lib tekkis bo’linsa oshda bo’shashib ketmaydi.
- Qozon(10-15 litrli)ni qizdiraman, 2-3 cho’mich yo’g’ quyaman. 220-300 gramm o’rtaligida.
- Goshtni qizartirib qovuraman. Katta bo’laklar bo’lsa yaxshi bo’ladi.
- O’rtacha kattalikdagi 2 bosh piyoz to’grab solaman va bir xilda qizarishi uchun tez-tez chekkalarini o’rtaga qilib kovlab turaman.
- Sabzini taxtakachda to’g’rab solaman. 1 kilocha miqdorda. Qirg’ichda to’g’ralgani oshni lanj qilib qo’yadi.
- Sabzini solgan zaxotim tuz (1 osh qoshiq to’la olib turib pichoq bilan tekislanadi sila bo’ladi) solaman chunki tezroq va katta kichik to’g’ralgan joylari bir xilda bo’shashib qovurilishiga yordam beradi. Qatirib qo’ymaydi, aksincha yumshatadi.
Siri: Sabzi qozonga tushgach avval bo’shishib suvi chiqadi, so’ng suvi bug’lanib quruq holga keladi.To’g’ralgan sabzining ba’zi joylari qizarishib qoladi. Kuymaydi ammo shu darajaga yetay deydi.
- Suv quyaman, ko’payib ketmasligi kerak. Masalan 2-3 chini. 1 litr atrofida.
- Suv yaxshilab baland olovda qaynab chiqib olganidan so’ng, olovni pasaytirib 15-20 minut past olovda qaynataman.
Agar ovqatga chesnok,behi, bulg’or qalampiri, zirk solinsa suv quyilgandan so’ng solinishi kerak. Zira, qaynitilgan no’xat, loviya, qalampir esa damlanayotganida solinadi. Eslatma behi, tomat , bulg’or qalampiri oshni lanj qiladi.
- Yaxshi devzira guruch uyutiladi, oq guruch (ayrimlaridan tashqari) uyutilmaydi. Alanga, avangard, T7, progress, lazer, xorazm lazer guruchi, oq devzirani uyutmayman. Uzoq yaxshilab yuvaman.
Uyitishdan oldin yuvish kerak, uyutilganidan so’ng ko’p tegilsa guruch sinib ketadi.
- Guruchni solaman, kavlamaymayman. Faqat o’rtalariga kaprurni qozon tagigacha botirib 5-6 joyidan orasini chib qo’yaman. Tagidagi suv aralashib qaynashi uchun qilib qo’yaman. Zirani kaftimda ezib yoki taxtakachda biroz to’rg’ab solaman.
Kapkurni dioganal hamda uchi guruch sirtiga tekkan holatda ushlab turganda (tik ham, yotiq ham emas qiya holatda) 45 gradusda qo’yilganda o’rtasidan oshib ketmasligi kerak.
- Tuzini tatiyman agar sho’r bo’lsa kartoshkani bo’lib solib qo’yaman.
- Olovni ko’taraman. Agar past olov bo’lsa aniq shovla bo’lib qoladi. Agar baland bo’lsa guruchi tirik bo’lib qoladi-bu juda zarar. O’rta olovdan sal balandroq bo’lishi kerak.
- 5-10 minut qaynab suvini tortib bo’lay deganda guruchini tishlab ko’taman. Agar o’zagi huddi hom guruch kabi qattiq bo’lsa tirik bo’lib qoladi. Agar yumshoq ezilsa demak guruch pishgan Ammo mastavaning guruchiga o’xshab shakli o’zgarishini kutib turmasdan tez-tez tatish kerak.
- Hech qachon aralashtirib kavlamang, shavlaga o’xshab qoladi. Chekalarini o’rtaga olib kelib, qozon chetdan tagigacha kapkurni botirib, chetidagi suvlarini tagiga kirgizib yuboriladi. O’rtalariga esa 3-4marta kapkurni qozon tagigacha tik holatda botirib qimirlatib qo’yiladi.
Suvi butunlay tortilib ketilmasin, shavlaning so’liga o’xshagan qo’yiq suvi chetlarida ozgina ko’rinib tursin. Agar butunlay tugab ketgan bo’la qaynagan suvdan bir payola quyib qozn chetdan kapkur solib suv qozon tagiga tushirib yuboriladi.
- Tayyor bo’lgach guruch o’rtaga yig’ilib gumbaz qilinib, dam tovoq yopiladi.
Dam tovoq chuqur idishdan bo’lgani ma’qul. Chetlaridan dam chiqib ketmasin, loyiq bo’lsin.
Agar guruch hidli bo’lsa dam yeyishiga ozgina qolganda bir ochib yana yopib qo’yaman. Haqiqatdan ham biroz yordam beradi.
- 15-20 minutdan so’ng ochaman. Katta go’shtlarni chesnoq, qalampir, behi va shu kabi qo’shimchalarni alohida idishga solib oshni yaxshilab aralashtiraman.
Oshga svejiy, sabzavotlardan tayyorlangan, sovuq salatlar, qatiq, tuzlamalar mos keladi. Ammo alivye, vinegret, finchuza kabi go’shtli, pishirilgan mahsulotlardan tayyorlanadigan issiq salatlar mos kelmaydi. Ba’zilar anor, gilos bilan yeydi.
Yoqimli ishtaha.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
11-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022