Ma'lum bo'lishicha burun shakliga qarab  o'sha odam haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin ekan. Inson yuzi shakllarini o'rganuvchi fiziognomika sohasining metodikasi burun shakliga qarab odam xarakterini aniqlash jumbog'ining kalitini beradi. Agar Karlo Kollodi fiziognomikani o'qiganda edi hech qachon Pinokkio (Buratino)ni burnini uzun tasvirlamagan bo'lar edi. Chunki bunday shakl muallifining kim ekanligini izohlab qo'yadi. Qadimgi Xitoyliklar "Kimda kim insonning yuziga qarab xarakterini o'qiy olish bilimini o'zlashtirsa, odamlarnig qalbini egallash va taqdirini o'zgartirishi mumkin" - degan fikrni ishonch bilan olg'a surishgan.