Kategoriya: Hikoyalar
Buvamning romantikasi
U qiz aytadi:
“To‘yim bo‘lishiga bir hafta qolganida buvim betob bo‘lib qoldilar. U kishini shifoxonaga yotqizishdi. Men u kishini ko‘rgani bordim. Borsam buvam jonlantirish xonasining eshigi oldida ekanlar. Yig‘lab o‘tiribdilar. Bunaqa ahvolni birinchi marta ko‘rishim edi.
Shuning uchun buvamga: “Buvajon yig‘layapsizmi?!”, dedim.
Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Men buvamning gaplaridan ajablandim. Bilishimcha buvam oldinlari juda jiddiy, musibatlarga tog‘day turib bera oladigan kuchli edilar. Bugun esa bu qadar romantik!
Men yana so‘radim: “Necha marta janjal qilgansizlar? Bir-biringizni qanday yaxshi ko‘rasizlar?”.
Buvam dedilar: “Ko‘p martalab janjal qilganmiz. Ammo bir-birimizga bo‘lgan ehtiromimizni hayotda bu kamaytirmagan”.
Shunda men har narsada meni ayblaydigan, hatto ko‘rinishimni gapiradigan va buning natijasida unga bo‘lgan ehtiromimni kamaytirib yuborgan men fotiha qilingan kuyovni esladim.
Shunda birdan xonadan shifokor chiqib keldi.
Buvam o‘rnilaridan turib hayajon ila so‘radilar: “Doktor! Uning ahvoli qanday?”.
Shifokor dedi: “Alhamdulillah yaxshi. Kirib ko‘rishingiz mumkin”.
Shunda buvam onasini ko‘rishga oshiqqan go‘dak kabi entikib xonaga kirdilar. Men u kishining orqalaridan kirdim. Bundan ham go‘zali buvimning buvamga bo‘lgan muhabbatli qarashlari bo‘ldi. Men bunaqa qarashni hech qaerda ko‘rmaganman.
Buvam buvimning qo‘llaridan ushlab turib dedilar: “Ey qalbimning bo‘lagi! Bemor bo‘lib meni yolg‘iz tashlab ketaverasanmi?!”.
Buvim kuldilar va buvamning qo‘llarini qisib dedilar: “Siz ham oldinroq amaliyot qilinganingizda meni tashlab ketgandingiz! Endi sizni tashlab ketmayman!”.
Uzoq vaqt ajablanib yurdim. Qanday qilib shunaqangi qiyin sharoitlarga qaramasdan bunaqangi aloqa buvam va buvim o‘rtalarida ellik to‘rt yil davom etdi ekan?!
Shu payt kuyov telefon qilib qoldi. U kishi ertalabdan beri javob qilmaganimdan juda g‘azablangan edi. Telefonni ko‘tardim.
Narigi tomondan baland ovozda: “Qaerda eding pastkash!”-degan ovoz eshitildi.
Bunaqangi hollarda men odatda kerakli gaplar bilan javob qaytarar edim. Ammo buvamning gaplarini esladim: “Er-xotinning o‘rtasidagi ehtirom hayotdagi eng muhim narsadir!”. Men unga dedim: “Mening haqqimda xato qilmang!”.
U dedi: “Qachondan beri hurmatga sazovor bo‘lib qolding?!”.
Men qattiq g‘azablanib telefonni o‘chirib qo‘ydim. O‘n daqiqa orasida undan 100 dan ortiq haqorat va so‘kishlar yozilgan xabar keldi. Shu orada buvamga qarab qo‘ydim. U kishi buvimning qo‘llaridan tutib bir qo‘llari bilan boshlarini silar edilar. Ularning oldidan ko‘zlarimdan yoshlar oqqan holda chiqdim.
O‘zimdan so‘radim: “Muhabbat nima o‘zi? U menga unushtirilgan yigitning muhabbatimi? Ammo uning qiladigan ishlari muhabbatga hech ham dalolat qilmas edi. Yoki muhabbat deganlari buvamning buvimga qarashlarimi?! U kishidan tashvishlanishlarimi? Ular qanday qilib ehtiromla hayot o‘tkazishdi?!”.
Ertalab turib oilamdagilarga men u yigitga turmushga chiqmasligimni aytdim. Hammaning hushi boshidan uchdi. Ular menga qarshi chiqishdi. Ammo men ahdimdan qaytmadim. Fotiha bekor qilindi. Hayotimda ilk bor to‘g‘ri qaror chiqarganimdan xursand edim.
Mana bugun turmush o‘rtog‘imning huzurida o‘tiribman.
Qizcham kelib menga: “Oyijon ! Men sizni yaxshi ko‘raman”, dedi.
Men dedim: “Men ham seni yaxshi ko‘raman. Nega bunday deyapsan?!”.
Qizcham dedi: “Dadajonim har doim sizni yaxshi ko‘rishlarini menga aytadilar. Shuning uchun siz ham u kishini yaxshi ko‘rar ekansiz. Men ham meni yaxshi ko‘rishingiz uchun sizni yaxshi ko‘raman!”.
Er-xotin o‘rasida muhabbat, ehtirom nega kerakligini yana bir bor angladim. Kattalarning gaplarini esladim:
“Farzandlaringga har ishda o‘rnak bo‘ladigan, qalbingni jarohatlab qo‘yishdan qo‘rqadigan, bolalaring oldida seni behurmat qilmaydigan kishi ila turmush qurgin!”.
Doktor Hasson Shamsiy Posho
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022