Kategoriya: O'qituvchilarga

Buyuk siymolar (buklet)


Buyuk siymolar haqida buklet.

SOHIBQIRON AMIR TEMUR

         Amir Temur chindan manglayi yorug' Inson e`di, uning baxti — tarix va taqdir uning zimmasiga qanday vazifa yuklaganini teran anglab yetganligida edi. Prezident Islom Karimov Sohibqiron faoliyatiga baho berib, uni buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda sifatida o'rganish lozimligini ta'kidlaganlar. Chindan ham, bu to'rt fazilat, bamisli Inson to'rt unsurdan yaratilgani kabi, ulug' bobomizning surati-yu siyratida to'kis-tugal namoyondir.

          Sohibqiron o'ttiz olti yil davlat boshqar-gan bo'lsalar, shundan qariyb yigirma yili safarlarda o'tdi. Shunga qaramay, ulkan mamlakatda bir lahza ham bunyodkorlik ishlari tinmadi. Sohibqironning «Tuzuklar»ida, tarixiy asarlarda uchragan ushbu so'zlarning o'ziyoq, bunyod­korlik ko'lami haqida to'liq tasavvur bera oladi: korizlar, rabotlar, ko'priklar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, langarxona (musofirxona)lar, shifoxonalar, saroylar, qozixonalar, bog'lar, xiyobonlar, qasrlar, yo'llar, ariqlar, bozorlar, maqbaralar, qishloqlar, shaharlar... bularning bari shu saltanatda barpo etilgandi.

         Sohibqironning ilm-fanga homiyligi isbotini topgan haqiqatdir.

         Sohibqironning buyuk sarkardalik faoliyati ham diqqatga sazovor. Barchani hayratga solgan narsa — sohibqironning bironta ham jangda yengilmaganligidir.

      Sohibqiron Amir Temur bemisl shijoati bilan buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda maqomlarini bir Shaxs siymosini o'zida yorqin mujassani eta oldi va ona xalqining kuch-qudrati, aqlu zakovatini to'la-to'kis namoyon ayladi, oqibatdal fidoyilik, donishmandlik, vatanparvarlikningl buyuk timsoli bo'lib qoldi.

MIRZO ULUG'BEK

          Amir Temur nevarasi Ulug'bekni parvarish qilish va tarbiyalashni Saroymulkxonimga topshiradi. U 1398-1404-yillarda buvisi tarbiyasida bo'ladi. Shu orada Amir Temurning Turkiya va Misrga qarshi qaratilgan harbiy yurishlarida Saroymulkxonim bilan birgalikda qatnashadi. Umuman olganda, Amir Temur farzandlari va nevaralarini yoshlik vaqtidan boshlab jasorat, mardlik va jangovarlik ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat qaratgan.

          Sohibqiron 1405-yilda qo'shini, Saroymulkxonim, Ulug'bek va boshqa nufuzli kishilar bilan birgalikda O'trorga kelib o'rnashadi. Biroq ko'p o'tmay vafot etadi. Bu judolik Ulug'bekning yurak-bag'rini tilka-pora qiladi. Shu vaqtdan boshlab uning boshiga azob va kulfatlar birin-ketin yog'ila boshlaydi. Shu bois,Ulug'bek otasi Shohruh huzuriga borib, Xurosonda 1405-1409-yilgacha istiqomat qiladi. Nihoyat, Shohruh 1409-yilda Samarqandni egallab, o'g'li Ulug'bekni Movarounnahr, umuman Turkiston zaminining hokimi etib tayinlaydi.

            Ulug'bek tabiatan o'ta iste'dodli, bilimli va dunyoqarashi keng inson bo'lib, arab va fors tillarini, tarix va adabiyotni mukammal bilgan. U olimu fozillarni atrofiga to'plab, chin ma'nodagi ilmiy markaz — Akademiyani tashkil etadi. Aytish lozim-ki, o'tgan ming yillikda bu kabi Akademiyalar Xorazmshohlar zamonida, Ulug'bek, so'ngra Navoiy davrlarida uch marotaba bunyod etilgan. Bularning orasida Ulug'bek Akademiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, unda hozirgi ibora bilan aytilganda, matematika, geometriya va astronomiya singari fanlar salmoqli o'rin egallagan, Shunisi diqqatga sazovorki, Akademiyada 50 kishidan iborat matematiklar jamoasi ilmiy ish bilan shug'ullangan. Bu yerda Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Muiniddin Jamshid Koshiy, Mavlono Ibrohim singari mashhur olimlar, muhandislar, faylasuflar va boshqa fan sohiblari xizmat qilganlar.

      Ilm-fan rivojini madrasalarsiz tasawur etib bo'lmasligini chuqur anglagan Ulug'bek Samarqand, Buxoro va G'ijduvonda hashamatli uchta madrasa quradi. Bularda ham dunyoviy fanlar o'qitilib, ayrim ma'ruzalarni Ulug'bekning o'zi o'qiydi. Eng muhimi, 1429-yilda ishga tushirilgan mislsiz rasadxonada mashaqqatli mehnat evaziga Ulug'bekning «Ziji» asari dunyo yuzini ko'radi. Bu asarni shu paytga qadar jahon olimlari buyuk kashfiyot sifatida baholab, zo'r qiziqish bilan o'rganmoqdalar.

ALISHER NAVOIY

           Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi o’z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. O’zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G’ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G’anieva v.b. Navoiyning hayot yo’li haqida asarlar yaratishgan.

ZAHIRIDDID MUHAMMAD BOBUR

            Temurylar avlodining yirik bir xalqasini tashkil etgan.Zahirddin Muhammad Boburga podsholik martabasi juda  erta nasib etgan. Oz yurtiga sigmay “oyog  etgancha ”ketishga majbur bolgan. Avval Avgoniston songroq Hindistonini  zabt etib,musofrchilikda  shoh tahtini egaladi.

         Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14-fevralda Andijonda tug`ulgan. Bobur o`zbek mumtoz adabiyotinng yirik vakili,buyuk shoir tarixchi,biograf,davlat arbobi,iste`dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Temuriy Shaxzodadir. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Farg`ona viloyati hokimi,onasi Qutlug` Nigor Xonim Mo`g`uliston hokimi Yunusxonningi qizi edi.

          Boburning onasi o`qimishli va oqila ayol bo`lib, Boburga hokimyatni boshqarish ishlarida ko`mak bergan,harbiy yurishlarida hamrohlik qilgan. Boburning yoshligi Andijonda o`tgan.

        Barcha Temuriy Shaxzodalar kabi maxsus tarbiyachilar,olimu fuzalolar harbiy ta`lim,fiqx ilmini,arab va fors tillarini o`rganadi. Ko`plab tarixiy va adabiy asarlarni mutola qiladi.Yoshligidanoq ilm-u fanga qiziqa boshlaydi.

         Hozirgacha ilim hazinasiga kelib qoshilgan asarlari bor . Ular –uncha tolliq bolmagan bir davoni,islom dinini asoslarni bayon etuvchi “Muboyin” nomli sheriy risolasi, “Volidiya” nomliy kitobchaning  sheriy risolasi, ‘Bolida’ nomli kitobchaning sheriy tarjimasi , o`zi ixtiro qilgan ‘Xatti Boburiy’ nomi bilan mashhur alifbo  jadvali, ‘Boburnoma’ asari.      

         Bobur Agra shahrida vafot etgan, jasadi vaqtinchalik Nurafshon bog`iga qo`yilgan, keyinchalik uning vasiyatiga bilan xoki Qobulda ‘Bog`I Bobur’ ga qo`yilgan. 

Abu Rayhon Muxammad ibn Ahmad Beruniy

        Abu Rayhon Muxammad ibn Ahmad Beruniy (4.10.972-13.12.1048) astronom. matematik va qomuschi olim, Xorazmda tug'ilgan. Asosiy asarlarini arab tilida yozgan. Bir necha bor Hindistonda   bo'lgan. 1017 yilda asirga tushirilib. G’azr (Afg'oniston) ga olib ketilgan, umrining oxirigacha o'sha erda yashagan, Beruniyning asosiy ishlari astronomiya, matematik, fizika, falsafa, tarix, botanika, geografiya, mineralogiya va hokazolarga bagishlangan. Uning asarlaridan hind olimlari grek matematikasi va astronomiya yutuqlari bilan tanishganlar (bu asarlarni u Sanskrit tiliga tarjima qilgan).

      «Kitob at-tafxim» (1029—1034 yillar) asarida matematika, astronomiya va astrologiya asoslari bayon etilgan. «Doiradagi vatarlarni uning ichiga chizilgan siniq chiziqlar yordamida aniqlash haqidagi risola» nomli asarida (1027 yil) geometriya va trigonometriyaning qator teoremalari isbotlari berilgan. «Qonuni Ma'sudiy» (1037 yil) asari astronomiyaga doir bo'lib, o'sha davr astronomik bilimlar» mujmuasidi Shuningdek, u bu asarda matematika tarixi ayinqsa trigonometriya tarixi to'grisida qimmatli ma'lumotlarni bayon keltirgan. «Hind roshiklari haqida kitob»da u o’rta asarlarda ko’p tarqalgan uchlik qoidalarini tuzma nisbatlar yordamida asoslaydi, bu qoidalarni ixtiyoriy sondagi miqdorlar uchun tatbiq etadi va umumlashgan qoidalar keltiradi. «Tushuntirishlar kitobi»ning ikki bo'limi saqlanib qolgan. ularda geometriya arifmetikaning asosiy tushunchalari bayon qilingan: «Al-osorul-boxiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») (1.000 yillar) asarida Beruniy ozidan avval o’tgan ko'plab olimlarning astropomiya, matematika, geografiya va boshqa fanlar sohalarida erishgan yutuqlarini aks ettirdi. Beruniy burchak trisektsiyasi, kubni ikkilantirish va muntazam to’qqizburchak tomonini topishni uchinchi darajali tenglamalarni echishga keltirdi. Kvadratik interpolyatsiyalash usulini topishga harakat qilgan Sferik sinuslar teoremasini keltirib chiqargan. 1973 yilda uning 1000 yilligi nishonlandi, olti jildli tanlangan asarlar to'plami (1951-1975 yillar) bosilib chiqqan.

ABU ABDULLO MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY

         Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk mutaffakir allomalardan biridir. Muso al-Xorazmiy (uning to'liq ismi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy) 783 yilda Xorazmda tug'ilgan. U dastlabki ma'lumot va turli sohadagi bilimlarini asosan o'z yurtida, O'rta Osiyo shaharlarida ijod etgan olimlar va mutafakkirlardan olgan.

         Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va Qutrubbuliy degan atamalar ham qo'shib aytiladi.

        Xorazmiyning qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob"(algebraik asar); "Hind hisobi haqida kitob" yoki "Qo'shish va ayirish haqida kitob"(arifmetik asar); "Kitob surat-ul-arz" (geografiyaga oid asar); "Zij ", "Asturlob bilan ishlash haqida kitob", "Asturlob yasash haqida kitob", "Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida", "Kitob ar-ruhoma", "Kitob at-tarix" (astronomiyaga oid asar). Bu asarlarning to'rttasi arab tilida, bittasi Farg'oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.

         Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qoldi. Uning geografiyaga doyr asari esa arab tilida o’nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi

      Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Turli g’arb va sharq tillariga tarjima etilgan. U o’z asarlari, ixti-rolari bilan nafaqat o’z vatanini, balki arab xalifaligining il-miy yutug’i, o’z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi.

 

ABU ALI IBN SINO

          Abu Ali Ibn Sino Afshona qishlog’ida 990 yilda   amaldor oilasida  tugilgan.  Ibn  Sino jaxon  madanyatiga katta hisa qo’shgan mashhur  ensiklopedist olim. Tabiatshinos, faylasuf, tilchi, shoir, huquqshunos, ahloqshunos astranomdir.

          Ibn  Sino  asarlari  280 dan  ortiqdir.  Shulardan  40-dan ortig’i meditsinaga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya,  etika va ijtimoiy masalalarga, 3 risolasi  musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin  bizga  bu asarlarning 160 ga yaqini yetib  kelgan.   Asarlar  orasidagi 18 jildli «Kitob uf-shifo» asarini falsafa bilimlar qomusi desa  bo’ladi.

       O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharojtida dunyo madaniyatining oldiigi katoriga olib chnqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino bo’lib, u Ovro’poda Avitsenva nomi bilan mashhurdir.

      Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog’ida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko’chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang’ich ma’lu-mot olishga, ilm-fanni o’rganishga kirjshadkk Uning yoshligi, yigitlik chog’lari somoniylar hukmronligining so’iggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoiiy hukmronligi davri (976—997) ga to’g’ri keladi.

      Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160  ga yakin asari etib kelgan, xolos. Ko’p risolalari shaharma-shahar ko’chib yurish, feodal urushlari, saroy to’poloplari, turli falokatlar tufayli yo’qolib ketgan. Ko’p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy kismi Yaqin va O’rta Sharqning o’sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan.

G’IYOSIDDIN ABULFATH UMAR IBN IBROHIM HAYYOM

          Shoir, faylasuf, astronom va matematik G'iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Hayyom (15.05.1048 – 14.12.1131) Nishopurda tug'ilgan. Uning otasi choda (xayma) tikuvchi bo'lganligidan Hayyom taxallusini olgan degan taxmin bor. O’sha davrning yuqori saviyasida ta'lim yuksak qobiliyati tufayli Buxoroga Shamsul-mulki Qoraxoniy saroyida  ishlashga chaqirilgan. 1074 yil saljukiylar poytaxti - Isfahonga o'tadi va u shox xizmatchisi bo'ladi. 1076 yilda uning ixtiyoriga Isfahondagi rasadxona beriladi va uni jihozlash uchun mablag' ajratiladi. Uning boshchiligidagi olimlarga eski Eron quyosh taqvimini isloh qilish topshiriladi.

      1079 yilda yangi taqvim tuzib chiqildi. U birinchi bo'lib uchinchi darajagacha bo'lgan tenglamalarni yechish nazariyasini yaratdi va barcha tenglamalarning umumiy sinflarini bayon etdi. Bu «Al-jabr val muqobala masalalarining isbotlari haqida» asarida  (B. A. Rozenfeld (1917 yilda tug'lgan, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida o'rta asrlar matematika tarixi bo'yicha ilmiy ishlar muallifi) rus tiliga tarjima qilgan) keltirilgan.

      Umar Hayyom birinchi marta geometriya bilan algebraning aloqasi to'g'risidagi hamda algebraik tenglamalarni geometrik tushuntirish va echish haqidagi masalai qo'ydi.

     «Evklid kitobining qiyin postulatlariga sharqlar» nomli geometriyaga bag'ishlangan asari uch kitobdan iborat: «Parallellarning haqiiy ma'nosi va ma'lum shubxalar haqida», «Munosabatlar, proportsiyalar va ularning haqiqiy ma'nosi haqida «Nisbatlarni tuzish va ularni tekshirish haqida». Evklid V postulatini isbotlashga urindi bunda asoslaridagi burchaklarning har biri to'g'ri va yon tomonlari o'zaro teng bo'lgan to'rtburchakdan, keyinchalik «Sakkeri to'rtburchagi» deb atalgan to'rtburchakdan foydalangan, geometrik tushunchalar taraqqiyotida juda katta ro’l o'ynadi. Oyning orqa tomonidagi bir kraterga uning nomi berilgan.

AHMAD AL-FARG’ONIY

           O’rta asrlarda yashagan o’rta osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi.

          Olimning to’lliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. Manbalarda uning farg’onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, o’rta asrlarda musulmon o’lkalarida bo’lgan an’anaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo’lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurgaychni ham Xorazm deyishgan. Ba’zi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misrning poytaxti Tsohirani — Mior, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni — Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko’ra, o’rta asrlardagi Farg’ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg’ona deyishgan. Shuning uchun al-Fargoniy Farg’ona vodiysining istalgan qishlog’idan yoki Axsikatdan bo’lishi ham mumkin. Shunisi ma’lumki, al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy erlaridagi muovini, o’g’li Abdullohtsing (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq bo’lgani uchundir, 806 yili Marvga noyib bo’lib tayinlanganida, Movarounahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va iste’dodli yoshlarni to’play boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u erga kelganydan avvalroq to’plangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq ilmlilar markazi hisoblangan.

         Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lganligiga qaramay, o’rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo’lgan. Ibn al-Nadim (X asr), Ibn al-Tsiftiy (XII—XIII aorlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi sharq fihristchilari uni o’z asarlarida eslatadilar. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviylar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’pada lotii tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro’po tillariga ham tarjima qilinganidai so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro’po universitetlarida astronomiyadan aoosiy darslik vazifasini o’tadi. Al-Fargoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan.

BUXORIY

              Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn al-Mugira ibn Bardazbex al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda kata olim oilasida 810 yil 20 iyulda tugilgan. Imom al-Buxoriy– islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muxaddis. Muxaddislar imomi, xadis ilmining sultoni deb xam yuritiladi.

            Otasi Ismoil uz davrining etuk muxaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yakinlaridan biri bulib, tijorat ishlari Bilan shugullangan. Onasi takvodor, diyonatli, okila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidlasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshdan islomiy ilmlarni, Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini urganishga va yodlashga kirishadi. Tanikli muxaddislar – al – Doxiliy Muxammad ibn Salom al-Paykandiy, Muxammad ibn Yusuf al – Poykandiy, Abdullox ibn Muxammad al-Masnadiy va boshkalardan sabok olgan. Azaldan muxaddislar safarga chikishdan oldin uz yurtidagi roviylardan birorta xam xadis koldirmasdan yozib olgan bulishi va shundan keyingiga boshka shaxa ryoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga etguncha, uz yurtidagi mashoyixlardar xadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yul oladi. 825 yil Buxoriyning  onasi va akasi Axmad Bilan Makkaga kelib, xaj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga kaytarib, uzi Makkada koladi. Bu erda faoliyat kursatayotgan mashoyixlarning ilmiy yiginida katnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashxur ulamolardan Ibroxim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdullox, Ibroxim ibn Xamza va boshkalar Bilan mulokotda bulib, ulradan xadislar buyicha sabok oladi. Bu vaktda Rasululloxning saxobalari, saxobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarkab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini tuplash turli shaxa rva mamlakatlarga borishni takozo kilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha Buxoriy Xijoz, Maka, Madina, Toif, Jiddaga kilgan rixlati 6 yil davom etgan. Sung Basra, Kuva va Bagdodga safar kiladi. Shom va Misrga utadi. Bundan tashkri Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaxarlarda bulib, bu shaxarlardagi olimlardan sabok oldi va xadislar tupladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga kaytgach, xadis ilmini targib etishga kirishadi. Ul zotning sa’yu kushishlari  bu vaktda Buxoroda xukmdorlik kilgan Xolid ibn Axmad az-Zuxliyga xush kelmaydi. Shu sababli, Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykentga, keyin esa Samarkand yakinidagi Xartang kishlogiga kelib yashashga majbur buladi vash u erda vafot etadi.

             Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jixatdan kullab-kuvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga 500 dirxamdan fakiru miskinlarga ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy xayotida ortikcha dabdaba, sarf-xarajatlarga yul kuymagan.

            Buxoriy umr buyi xadislarni tuplash va tizimga solish Bilan shugullangan. Ularni saxix (tugri, ishonchli) va gayri saxix (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni xadis roviylarining maishiy xayotlari, yashash joylari, tugilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan kilgan uzaro munosabatlarini urganish bilan boglik xolda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yakin xadis tupoagan bulib, shundan 100 ming «saxix» va 200 ming «gayrisaxix» xadisni yoddan balgan. Buxoriy uzining noyob kobiliyati iktidori, kuvvai xofizasining uta kuchliligi Bilan ilm axillarini lol koldirgan. Xadis ilmiga uta fidoiylik, akl-zakovatini baxshida etish, Buxoriyga shon-sharaf keltirdi. Uning islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.

            Buxoriy 20 dan ortik kitob tasnif etgan. Ulradan ayrimlari bizgacha etib kelgan. Buxoriyning «Al-jomiy as-saxix» «Ishonchli tuplam») deb nomlangan 4 jild (jus)dan iborat xadislar tuplami islom olamidagi boshka muxaddislar tuzgan xadis tuplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir kancha xoriyjiy tillarga tarjima kilingan. Shu jumladan uzbek tiliga xam tarjima kilinib, 1991-1996 yillarda 4 jildda nashr etildi.

Abu Nasr Forobiy

               Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim egasi bo`lgan. Uning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat hodisalari, tilshunoslik, sheriyat, notiqlik, sanat, ahloq, talim-tarbiya va boshqa sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan.   

            Farobiy 160dan ortiq asar yaratgan bo`lsada, afsuski ulardan bizga 40ga yaqini yetib kelgan xolos.    

            Farobiy kamtar va kamsuqim inson bo`lib, faqirona kun kechirgan. Saroy olimi bo`lishni istamagan.  

            Umri oxirida Misrda, so`ng Damashqda yashab o`sha yerda vafot etgan.

            Ulug` sharq olimining merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir.

KAMOLIDDIN BEHZOD

        O’zining takrorlanmas ijodi, go’zal san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti uchun barakali hissa qo’shgan zabardas musavvir Kamoliddin Behzod Hirotda 1455 yilda hunarmand-kosib oilasida dunyoga keldi.

        O’zining takrorlanmas ijodi, go’zal san’ati vaajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti uchun barakali hissa qo’shgan zabardas musavvir Kamoliddin Behzod Hirotda 1455 yilda hunarmand-kosib oilasida dunyoga keldi.

      Tarixiy manbalarda yozilishicha, uning nomi Behzod bo’lib, Hirot aholisi uni suyub, erkalab Kamoliddin, deb chaqirishgan ekan. Alisher Navoiy uni o’z maktublaridan birida «ustod Behzod» deb ataydi.

      Manbalarda yozilishicha, Behzod ota-onadan juda erta etim qolib, taniqli Hirot xattoti va rassomi Mirak Naqqosh Xurosoniy qo’lida tarbiya oladi. O’z davrining mashhur rassomi, miniatyurasoz Mirak Naqqosh uyidagi nigoristonidagi ijodiy muhit, go’zallik va nafosat yosh Behzodni ham san’at va hunarga havas qo’yishga undadi, kelajakdagi taqdiri uchun ijobiy rol o’ynadi.

       Behzod turli ustozlardan tarbiya olgan. Manbalarda Behzod Pir Sayid Ahmad Tabriziy shogirdi, deb ham ko’rsatilgan. Pir Sayid Ahmad Tabriziy esa buxorolik ustod Jahongirning shogirdi, buxorolik Jahongir esa o’z navbatida ustod Gung shogirdi bo’lganligi qayd etilgan. Behzodning asarlaridagi o’ziga xos xususiyatlarda ustozlarning ta’siri kattadir.

       XV asrdagi Hirot adabiy, badiiy-ilmiy, san’at va madaniyat olamida paydo bo’lgan juda ko’p shaxslar singari Behzodning ham ijodiy kamolotida Alisher Navoiy hal qiluvchi rol o’ynagan.

 

 

BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY

(1123-1197)

       Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul-Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123 yil 23 senryabrda tyg’ilgan. U Qur­onni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh - islom xyqyqshy­nosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhonuddin val-l-milla va Burhonuddin al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir.

        Burhonuddin al-Marg’inoniy dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik Movarounnaxrning o‘sha davrdagi diniy va ma’­rifiy markazi bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borgan va umrining oxi­rigacha o‘sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Marg’inoniy yosh­lik chog’laridanoq Qyp’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o‘rgangan.

        U balog’at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bulganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Marg’inoniy haj safariga bordi. «Kitob ul-mashoyix» «SHayx­lar haqidagi kitob») asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayh va allomani sanab o‘tgan. Bu ruyxatda Najmuddin Umar ibn Muxam­mad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yequb as-Sayariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniylarning nomlari bor.

         Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, o‘sha davr­ning ko‘zga ko‘ringan allomalaridan «Al-Muxit» («Ilmlar dengi­zi») asarining muallifi Umar ibn Maaza, «Al-Fatava va favoidaz-Zahira» («Fatvolar va zohir narsalarning foydalari») asari­ning muallifi Zohir ud-din ibn Umar al-Qodiy al-Buxoriy ib nal-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan.

       Burhonuddin al-Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to‘rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o‘rganish bilan birga o‘zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»),  «Kifoyat al-muntahiy» («YAkunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul ­mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo‘lgan narsalar to‘pla­mi»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi») va boshqalar ma’lum.

 

 

Yuklab olish

Reklama
Reklama