Kategoriya: Pazandachilik
Dasturxon bezash
Assalomu alaykum! Mahoratli oshpazlar-u, qo'li gul pazanda uy bekajonlari. Bugun sizlarga ilhom baxsh etish maqsadida, eng antiqa va chiroyli dasturxon bezash usullari haqida rasmalar va videolarni taqdim etaman. Taomlarni bezash, salatlarni noodatiy tayyorlash, bolajonlar ovqatini ularga qiziqarli qilib bezatish, stol ustini bezashda, vaza, tarelkalarni bezashda qo'llaniladigan noodatiy tarzdagi bezak namunalarini ko'rishingiz mumkin. Bunday bezatish orqali ko'rgan odamning yanada ishtahasi ochiladi, kelgan mehmonlar esa mahoratingizga havas qiladi. Dasturxoningiz ko'rkam va go'zal bo'ladi. Ana o'shanda selfi qilib rasmini profilingizga qo'yishni unutmang.
Mevalardan Oq qush yasash
Mevalardan "Piramida"
Tropik mevalardan "Qayiq" yasash
Mehmon kutishda shirinliklardan katta bezak
Sabzavotlardan "Tovus"
Sosiskadan archa
Salat ustida buket
Bolajonlarimizga aldab ovqat yedirish uchun mohirona usullar
Bolajonlarga issiq ovqat yegizish uchun
Smetanali tort tayyorlash
Ushbu tort qavatlari oddiy nondan iborat bo'lib, orasiga turli sabzavorli, qo'ziqorinli, go'shtli salatlar solinadi va krem o'rnida smetani ozgina ko'pirtirib foydalaniladi. Marhamat siz ham sinab ko'ring.
Bayram dasturxoni uchun hamma qilishi mumkin bo'lgan bezak usuli
Spagetti va kotletdan qush uyi
Tovuq go'shtida tovuqli xolodes
Sovg'a qilish uchun mahsus
Huddi malakali oshpaz kabi ovqatni servirovka qilishning 30 usuli
Videoni ko'ring
Salfetka yordamida stol bezash
O'ylayman=ki ushbu ma'lumotlar sizlarga manzur bo'ldi. Keyingi pazandachilik turkumidagi maqolalarimda yanada qiziqrli va foydali maqolalarni etiboringizga havola etish niyatidaman. Keyingi maqolalarimni pazandachilik menyusida kuzatib borishingiz mumkin.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022