Eng ko'p haq oladigan freelanserlar


Agar siz freelanser bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, hozir buning ayni vaqti. Dunyo bo'ylab kompaniyalarning freelanserlarga bo'lgan talabi yildan yilga ortib bormoqda. Bu ularga bir qator afzalliklarni beradi: ma'muriy ehtiyojlar, soliqlarning kamayishi, shuningdek, butun dunyo bo'ylab iqtidorli mutaxassislarni muayyan muddatga ishga olish imkoniyati mavjud.

Freelanserlikning eng afzal tomonlaridan biri bugungi kunda juda ko'p haq to'lanadigan erkin ish o'rinlari mavjud. Freelancer bo'lish vaqtincha ishlash degani emas. Aksincha, mashhur mutaxassis bo'lib, yaxshi pul topishingiz mumkin.


Quyida 2019 yilda eng yuqori haq to'langan freelanser kasblardan ba'zilarini keltiraman:

1. Dasturchi - har doim, har yerda eng kerakli kasb egasi. O'ziga keng miqiyosdagi kompleks ishni jamlagan. ZipRecruiter sayti ma'lumotiga ko'ra AQSHda 1 yilda eng kamida 52000 dollar haq oladi. Dunyo boyicha o'rtacha soatiga 50$ga to'g'ri kelar ekan.

2. Web dasturchi yoki web dizayner - o'rtacha soatiga 20$ haq olar ekan

3. Internet marketolog - Rossiya Federatsiyasi e'lonlar saytiga qarasangiz internet marketolog uchun oylik ish haqqi eng kamida 2500$ dan boshlanadi

4. Grafik dizayner yoki illustratorlar -  soatiga o'rtacha 85$;

5. 3D modellashtiruvchi - o'rtacha soatiga 28$ haq olar ekan.

6. SMM menedjer - asosan firmalar shug'ullanadi va bitta loyiha uchun umumiy summa belgilanadi. O'zbekistondagi e'lonlar doskasini ko'rsangiz kamida oyiga  2-3 mln so'm deb yozilgan narxlarni ko'rishingiz mumkin.

7. Kontent menedjer - yuqoridagi sohalarga nisbatan kam haq oladigan yo'nalish bo'lishiga qaramay, qancha pul topishini AQSHlik Denny Margulisa misolida ko'rshimiz mumkin. U soatiga 500$ haq oladi. 

Reklama
Reklama