Eyzera yo'nalishidagi tarbiya


Metroda ketayotgandim. Orqamda bir ayol 5-6 yoshlardagi qizi bilan ketardi. Va shu "qizcha" mening oyog‘imni tinmasdan (atayin) kirlangan oyoq kiyimdagi oyoqlari bilan bosib va oq shimimga tepardi. Men esa onasiga aytishga majbur bo‘ldim. Va onasi menga bolasini "Eyzera" yo‘nalishi bo‘yicha tarbiya berayotganini aytdi. Bu yo‘nalish bolani hohlagan ishini qilishiga ruxsat bor degani ekan.

Shu payt orqa tomondan bir yigit keldi va ayolni orqasidan turib og‘zidan saqichni olib, onaning boshiga yopishtirib dedi:

- Meniyam shu yo‘nalish bo‘yicha tarbiya qilishgan, - menga ko‘zini qisib keyingi bekatda tushib qoldi. Men ayolga jilmayib qaradim, u esa hech nima deyolmay ko‘zlarini olib qochdi va qizini "Jim tur!" deb jerkib berdi.

Reklama
Reklama