Kategoriya: Pazandachilik
Finchuza tayyorlash sirlari
Finchuza kraxmaldan tayyorlangan lapsha bo'lib, uni tayyorlashning bir necha usuli bor. Finchuza salatini tayyorlashning xam aniq bir qonun qoidasi yo'q. uni turlicha salatlarga qo'shish, didingizga ko'ra tayyotlab olishingiz mumkin. Odatda ko'pchilik sevib iste'mol qiladigan finchuza salati sabzili salat bilan tayyorlanadi. Buni tayyorlashda ham har bir bekaning o'ziga yarasha tayyorlash usuli bor. Ammo bazida birgina e'tiborsizlik tufayli o'xshamayroq qolishi mumkin. Shuningdek, salatning mazasiga mos tushadigan ingrediyentlarni qo'shish orqali sezilarli darajada mazasi yaxshilanishi mumkin. Quyida sinalgan usullar bilan ma'lumotlarni o'qib bilib olishingiz mumkin.
Finchuza lapshasi uvda uzoq turib qolmasligi kerak;
issiqligida suzib olinsa soviguncha qolgan suvini tortib oladi;
Go’shtni qovurgandan so’ng o’rtacha kattalikdagi bir bosh piyozni mayda to’rgab qovurilsa yanada mazali bo’ladi;
Sabzini qirg’ichdan chiqarilib qovirilsa finchuza kabi uzun, ingichka, mayin bo’ladi;
Chesnokni ta’mi tabga tegmasligi uchun qizib turgan yog’ga qovirib olib yuborsa bo’ladi;
Qovirmaga ko’proq o’simlik yog’i qo’shib qovurish kerak, ana shu yog’ni finchuzaga qo’shsa mazali bo’ladi;
Qovurdoqqa ozgina yarim choy qoshiq tomat solinsa finchuzaga chiroyli rang beradi;
Ziravorlardan ziradan ko’ra kashnich urug’i qo’shsa yaxshiroq;
Ko’katlardan ukropni mayda to’g’rab solish kerak, kashnuchning ko’kati yaxshi maza bermaydi;
Yangi bodringni somoncha shaklda to’g’rab solinadi, pomidor qo’shish mumkin, tuzlangan bodring ham yaxshi;
Lotus ta’bga ko’ra ozgina solinadi;
Tayyor sabzili salat solinadi;
Kolbasa solish mumkin ammo tuxum yaxshi fikr emas.
Dasturxonga tortilgandan so'gn uzoqroq tursa qurib qattiq bo'lib qoladi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022