Kategoriya: Maqolalar
Finlarda birinchi sinf
Natalya Kireyeva yozmoqda:
Finlandiyaga koʻchib oʻtgach oʻgʻlimni birinchi sinfga olib bordim. Rus anʼanalariga muvofiq oʻgʻlimni tayyorladim, xar xolda birinchi sinf.
Maktab oldida 14-avgust kuni soat 9:00 da yigʻilish kerak. Dastlabki shok xolatim, oʻquvchilar xuddiki uyda nima kiyishsa, oʻsha kiyimda kelishgan. Kostyum shim, galstuk taqib, gulchambar koʻtarib olgan oʻgʻlim hammaning koʻz oʻngida taklif qilingan sanʼatkorga oʻxshab qoldi.
Oʻqituvchini gul bilan bizdan boshqa xech kim tabriklamadi. Sharlar, kuy-qoʻshiqlar umuman yoʻq. Maktab direktori chiqib kim qaysi sinfga borishini aytdi va shu bilan bizning birinchi sentyabr nixoyasiga yetdi.
Barcha chet elliklar: xindlar, yaxudiylar, ruslar, ukrainlar va boshqalar bir sinfda oʻqishadi. Darsni fin oʻqituvchi va uch nafar tarjimon olib boradi.
Ikkinchi shok: ota-onalardan maktabga tayyorgarlik uchun xech narsa talab etilmaydi. Maktab popkasidan tortib kepkagacha maktab taʼminlaydi. “Sizning farzandingiz juda ajoyib, biz u bilan til topishib ketishimizga ishonchim komil” xamma oʻqituvchining tilida shu gap.
Oʻqituvchilarning yagona soʻrovi farzandingiz bilan yetarlicha vaqt oʻtkazayapsizmi? Agar javob yoʻq boʻlsa, sizni maktab psixologi bilan uchrashuvga taklif qilishadi.
Uchinchi shok: xamma oʻzi nima yeyishini maktab sayti orqali bir kun oldin xabar beradi, musulmonlar choʻchqa goʻshti yemasligi mumkin, baʼzi bolalarga yogʻli ovqat mumkin emas. Barchasini siz oʻzingiz oldindan buyurtma berasiz.
Forma degan narsa umuman yoʻq, kim qanday xoxlasa, shunday kiyim kiyadi. Partada oʻtirish umuman majburiy emas, bola xoxlasa, gilamda oʻtirib xam dars oʻtishi mumkin. Asosiysi bolaga qulay boʻlsa, boʻldi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022