Freelanserning daromadi qancha?


Freelanser bugungi kundagi eng yaxshi daromad keltiruvchi soha xisoblanmoqda. Ammo qancha pul topishingiz freelanserlikning qaysi bir yo'nalishida ishlashingizga qarab belgilanadi. Bu yerda hech qanday mo'jizakor holat yo'q. Kim qanchalik qiyin va murakkabroq ish qilsa, qancha ko'p mehnat qilsa shunga yarasha daromad oladi. Oddiy maqola yozuvchi bilan dasturchining oyligi bir xil emas. Shuningdek tezish shaklidagi maqola yozuvchi bilan, faktlar keltirib, aforizmlar aralashtirib, bir necha mavzuchalardan tarkib topgan, bir xil so'zlar ishlatilmagan, jurnalistik maxoratni ishga solib yozilgan maqolaning ham narxida farq bo'lishi tabiiy. 

Freelanserlik zamonaviy kasb ekanligini hisobga olib marketing masalasini yoddan chiqarmaslik kerak. O'zining xizmatini kattaroq pulga sota olishi va mijozlarni jalb eta olish qobiliyati daromadining miqdoriga chambarchas bog'liq.

Tushuntirish uchun oddiy misol:

Yaqinda facebookda bir yigit maxsus guruhga:

Assalomu alaykum! Men maqolalarni ingliz-o'zbek, ingliz-rus tillariga tarjima qila olaman. Kimda ishingiz bo'lsa murojaat qiling.

deb yozgan. Albatta bunga bir necha kommentariyalar yozilgan. Lekin xizmatiga xaridor emas, tanqid qiluvchilar ko'p bo'lgan. Masalan telefon nomeringiz qani?, Telegramizni ham qo'shib yozing. O'zi qanday ishlar qilgansiz? Ma'lumotingiz nima? E'lonni ham shunaqa yozadimi? va hokazo.

Shu kommentariyalar qatorida yana bir tarjimon quyidagi e'lonni emodjilar bilan tahrirlangan holda taxminan quyidagicha yozgan:

Ingliz va rus tilidagi maqolalarni tarjima qilib berish xizmati

Ismim: ...

Yoshim: 25 da

Ma'lumotim: Oliy

Mutaxassiligim: Ingliz tili o'qituvchisi

Ish tajribam: Tarjimonlik sohasida 2 yil

Portfolioyim: ....

Narxlar: 1000ta probelsiz belgiga ... so'm

Oldin advice.ru, rabota.uz saytlarida ishlaganman.

CEFR(5) IELTS (5,5) sertifikatlariga egaman.

Manzilim: ...

Bog'lanish uchun: +998...

                                +998...

Har kuni ish vaqtida murojaat etishingiz mumkin. 

Agar ushbu e'lonni biror marketolog yoki SMM menedjer qo'liga topshirilganda uni yana ham e'iborni jalb euvchi va buyurtma beruvchining ishonchini qozonish uchun yanada mukammalroq qilib o'zgartirilgan bo'lar edi.

Masalan: Sizga ingliz tili tarjimoni kerakmi? Tarjimonlar ko'p lekin ishonchli va sifatli xizmat ko'rsatuvchisini topa olmayapsizmi? Unda bizga murojaat qiling. 

Yoki:

Sifatli va arzon xizmat ko'rsatuvchi tarjimon kerakmi? Turli saytlardan izlab o'tirishingizning xojati yo'q. Biz sizga eng yaxshi mutaxassisni tavsiya etamiz. IELTS va CEFR sertifikatlarga ega tajribali tarjimon sizning xizmatingizda. 


Marxamat, pulingiz o'zingiz bilan ketadi. Agar yaxshi tarjima qilib bera olmasak, pulingizning qaytarib beramiz. 


Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 


kabi jalb etuvchi va haridorning ongini boshqaruvchi usullar asosida tuzilgan gaplar bilan boyitib, birorta ham mijozni qo'ldan chiqarmaslikga harakat qilinadi.

Ko'rib turganingizdek ko'rsatadigan xizmatingizni qulay va sifatli qilib yetkazib bera olish mijozning tezroq va ko'proq topilishiga yordam beradi.

Reklama
Reklama