Kategoriya: Xizmatlar

Googol.uz eng zamonaviy texnologiyalarni yorituvchi sayt


Assalomu Alaykum! Hurmatli saytim foydalanuvchilari. Saytimning nomini Google kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo'q. Tanqid ham emas. GOOGOL so'zi matematikada 1 ning 100 darajasi ya'ni 100 ta nolli katta sonni bildiradi. Cheksizlik ma'nosini anglatadi. Ushbu saytni faoliyati cheksiz davom etishligi va cheksiz ma'lumotlar qo'yib borilishini nazarda tutgan holda ushbu nomni tanladik. Sayt aynan bir sohaga ixtisoslashmagan. Barcha sohalar bo'yicha ma'lumotlar berib borishni maqsad qildik. O'zbek tilida ma'lumotlar bazasi kam. Ko'pincha izlagan ma'lumotimizni topa olmay boshqa tillarda so'rov berib izlashimizga to'g'ri keladi. Oz bo'lsada muammoingizni hal etishda yordam bergan bo'lsak, demak harakatlarimiz behuda ketmaydi. 

Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Biz ham birgalikda rivojlanishimiz kerak. Nega deganda o'qish va yozishni bilmagan odam kabi o'zimizga zarar qilib qo'yishimiz mumkin. Bu dunyoda eng kuchli qorol bu aql. Uni birov sindira olamydi ham, o'g'irlab keta olmaydi ham. Zanglamaydi,doimo o'zingiz bilan birga yuradi. Oldinlari mehnat qilmasangiz pul topa olmasdingiz. Hozirchi hozir ham mehnat qilish kerak, ammo bir oz boshqacha. Qo'l mehnati, jismoniy mehnatni hamma ham qila oladi. Siz ketsangiz o'rningizga boshqasi topiladi. Chunki hammaning siz kabi oyoq, qo'li bor. Lekin siz bilgan narsani boshqa birov bilmasagina sizni yo'qotishni hohlashmaydi. Nafaqat ishdan bo'shatish balki siz ularni boshqarasiz, hatto boshlig'ingizni ham. O'zingiz hohlagan sharoitni qilib olasiz, muhimi bilimingiz kuchli bo'lsa. Hozirda kimdir jismoniy mehnat qilib 1 oyda topadigan pulni, aql ishlatib 1 kunda topib qo'yish mumkin. Ammo jismoniy mehnatdan ko'ra aqliy mehnat qiyinroq. Oson bo'lishini hohlasangiz zamon bilan hamnafas bo'ling.

Maktab, fanlar "nauka"ni o'rganish uchun emas "odam" bo'lish uchun o'qitiladi. Agar kim yaxshi o'qimagan bo'lsa hali ham kechmas. Institutda o'qiganlar olim bo'lmaydi, o'zining sohasida ishlay olmaydi ham, davlat ishida ham ishlay olmasligi mumkin. Lekin menga ishoning. Institut nafaqat o'sha soha mutaxassisi qilib chiqarmaydi, institut oliy bilimli qilib chiqaradi. Ana shu yerdagi berilgan bilimlar muhiti insonni butunlay boshqacha odamga aylantiradi.

Kitob o'qishning o'zi yetarli emas. Amaliyot nazariyadan farq qiladi. 

Reklama
Reklama