Kategoriya: Hikoyalar

Hayot qanchalar go‘zal!


Uyga ketyapman. Kech soat 10. Yomg‘ir yog‘yapti. Pulim faqat avtobusgagina yetadi, men non ham sotib olishim kerak. Kayfiyatim juda yomon. Ichimda hayotning go‘zalligi haqida qo‘shiq aytib ketyapman. Bekatda bir qari amaki turgan ekan. Yomg‘irda ivib ketibdi, uning yoniga borib boshi ustiga soyabonimni tutdim. Avtobusi kelgach, qariya ketdi. Bir er-xotin keldi. Ularga ham soyabonimni tutdim. Ular ham men ketadigan avtobusga o‘tirishdi. E'tirozimga qaramay, men uchun ham yo‘lkira to‘lashdi. Yo‘lkiramning puliga uyga non sotib oldim. Jilmayib qo‘ydim. Hayot qanchalar go‘zal!

Internetdan olindi.

 *  *  *

«Afrikaga dori-darmon yuborishga qaror qilib, ancha-muncha dori to‘plagandik, lekin bir muammo yuraklarimizni pora-pora qildi, dorilar yo‘riqnomasidagi bir yozuv bizni yig‘latdi...
Afrikaliklar uchun zarur bo‘lgan hamma dorilarning yo‘riqnomasiga «To‘q qoringa ichilsin», deb yozilgandi...»


©Charl'z Bukovski


Amerika yozuvchisi va jurnalist.


Reklama
Reklama