Kategoriya: Salomatlik

Homiladorlikdan saqlanishning eng yaxshi usuli.


Qanday qilib homiladorlikdan saqlansa bo’ladi yoki homiladorlikdan saqlanishning eng bezarar usuli qanday? Bunday savollar bilan ko’pchilik onalar qiynaladilar. Chunki hammaga odatiy bo’lgan usul ya’ni spiral so’nggi paytlarda ko’pchilikka to’g’ri kelmayapti. Sababi bu ishni o’zining mutaxassisi deyarli qolmagan. (Professor, genekologning so’zi). Men sizlarga homiladorlikdan saqlanishning eng bezarar, eng zamonaviy va eng foydali usuli FARMATEKS mazini tavsiya etaman. Albatta vrach ruhsati bilan. U nafaqat saqlaydi balki shamollashlaringizni ham oladi, ya’ni bakteriyalardan tozalaydi. Hatto bir martalik foydalanishdayoq bilasiz. FARMATEKSni svechasi va tabletkasi ham mavjud bo’lib narxi arzon(ga o’xshaydi). Ammo ularni tabletka va svecha holiga kelishi uchun qo’shilgan qo’shimcha modda ko’pchilikga yoqmaydi? Achishish va shu kabi noqulayliklar seziladi. Ammo mazi ko’pchilikda noqulaylik tug’dirmaydi. Flakoni 25 000-36 000 vaqti vaqti bilan har xil. Qutisining ichida o’lchovli maxsus shpritsi bor. 1 Flakoni bir necha marotaba ishlatishga etadi. Ta’sir etishini kutishga hojat yo’q. Qo’shimcha ehtiyotkorlik kerak emas faqat shpritsiga havo to’lmasdan to’liq maz bilan to’lishiga e’tibor berish kerak holos.

         Saqlanishda ishlatiladigan tabletkalar va ukollar semirtirib yuboradi. Ular semirtirish uchun ta’sir etmaydi. Organizmga kerakli modddalarni, Quvvatni bergach o’zini yaxshi his qiladi, oshqozon to’qimalari tiklanganligi uchun ishtahasi ochiladi, asab to’qimalari tiklanadi va hokazo. Shuning uchun semirishi mumkin. Ammo ko’pchilikda kuzatilgan, garmon buzilish holatlari, rak, bez va o’simtalarning o’sish faoliyati tezlashishi ham ehtimoldan holi emas. Bu usulni qo’llashga hech qachon shoshilmang. Avvali bu eng yaxshi, eng samarali, eng kuchli yo’li edi. Hozir ham shunday deb hisoblaydigan vrachlar ko’p. Ammo vaqt o’tgach yomon asoratlari kuzatilgandan keyin zamonaviy bezarar usullar ishlab chiqilgan.

       IJK yani jarrohlik yo’li bilan saqlanish. Bu arzirli keskin harakat. Ammo hamma narsaning ham bir kamchiligi bo’ladi. Infeksiya tushish ehtimoli, Shamollatib qo’yish, garmonalniy buzilish holatlari bo’lib qolishi, uni davolash ham boshqa usullar kabi oddiy emas jarrohlik usuli bilan bo’lishi mumkin. Ayniqsa yosh ayollar kelgusida klimiks bo’lishi, hayotda har xil xolatlar bo’lishi mumkinligini o’ylab shoshmasliklari kerak. Hamma shifokor ham odam ya’ni hato qilishga moyil bo’ladi.

         Hammaga ma’lum bo’lgan spiral usuliga kelsak, hali ham ko’pchilikning najoti vazifasini o’taydi. Spiral yoqmasa kumushli, oltinli metaldan bir qismi yasalganini sinab ko’rishadi, bu to’g’ri deb hisoblayman. Kimdir oddiy zirak taqsa qulog’I yara bo’lib ketadi, tilla taqsa yaxshi. Kimdir tillla zira taqsa yomon ta’sir qiladi. Huddi shu kabi sinab ko’rsa arziydi. Ammo bir safar tushib ketdimi qayta qayta har xil vrachga qo’ydirib sinab o’tirishning keragi yo’q. Chunki spiral qimirlab, Mexanik zarar ya’ni yara-ERROZIYA qilib qo’yishi mumkin. Erroziyani davolash ham oson emas. Ayniqsa spiral qo’yilgandan so’ng qon ketsa bu havfli.

       Prezervativ bu yaxshi narsa bo’lishi mumkin, har xil kasalliklar yuqtirmaydi. Maxsus sinovdan o’tkazilib 99% kafolat bilan sotuvga chiqariladi. O’sha 1 foiz yani 100 tadan 1 tasi kimdadir bo’ladi. 

        Xalq tabobatida uksusli, namokobli, limonli va hokazo eritmalardan foydalanishni tavsiya etadi. Jon qizlarjonlar, iltimos bunday qilmanglar, unaqangi zamonlar o’tib ketgan. Svilizatsiyalashgan davrda yashayapmiz, vrachga ishonmasangiz o’qib o’rganing, o’tkir, kuchli eritmalar tanangizning har bir joyiga bir hil ta’sir etadi. Odam terisi bardosh berolmaydigan narsalarni o’zingizga ravo ko’rmang.

         Plyonka, deformatsiya, ko’piklar va hokazo shaxsan men hech birisiga ishonmayman.

         Qaysi usulini tanlash o’zingizga havola. Men FARMATEKS mazini tavsiya etaman.

       Homiladorlikdan saqlanishda har doim ham ishonchli bo’lavermaydi, ishongan usulingiz pand berib qolishi mumkin. Agar sizda shubhangizdan ko’ra aniqlik ehtimol ko’p bo’lib, uni aniqlash uchun ya’ni test va uzi qilguncha haftalar o’tib ketishi mumkin. Eng dastlabki paytdanoq buning oldini olishni hohlasangiz vrach bilan maslahatlashish kerak. Hozirgi kunda bola paydo bo’ladigan soatdan boshlab 72 soat davomida qo’llash zarur bo’lgan tabletkalar bor. Vrach bilan maslahatlashib tanlash zarur. Bundan tashqari instruksiyasini o’qish va uni ishlatganlarning forumlardagi yozishmalarini ham bilib qo’yish zarar qilmaydi. Masalan Eskapelleni kimdir boshini o’g’ritganini va bu o’g’riq 1 oy davom etganini yozgan bo’lsa, kimdir huddi o’sha tabletka hech qanday yomon ta’sir qilmaganini yoki 1-qo’lllashda 1 oy boshini og’ritsada, 2-marotaba qo’llaganda 1 kun bosh aylanishi bilan o’tib ketganini yozgan. Bu tabletalar ham gormonalniy bo’lib yuqoridagi kabi organizmni yaxshilish, semirtirish yoki rakka olib kelish ehtimolidan holi emas.     

 

 

Reklama
Reklama