Kategoriya: Maqolalar

Ibrat uchun


Bir odamning uch orzusi borakan...U katta maoshli ishi, go‘zal turmush o‘rtog‘i bo‘lishini va olamga mashxur bo‘lishni xoxlarkan. Kunlarning birida o‘sha odam taniqli firmaga ishga kirish uchun otlanibdi. Yo‘lda ketayotganida uning yo‘lida bir qariya yomon  yiqilib tushibdi. Agar unga yordam berib, g‘amxo‘rlik qilsam qabulga kechga kolaman, bu bir piyonista bo‘lsa kerak deb xayolidan o‘tkazib, qariyaga yordam bermabdi. Ammo u baribir ishga qabul qilinmabdi, suxbatdan o‘ta olmabdi.

Kunlarning yana birida ko‘chada sayr qilib yursa ko‘cha artistlari ajoyib tomosha ko‘rsatayotgan ekanlar. U mazza qilib tomoshani ko‘ribdi. Atrofdagi odamlar artistlarni olqishlashibdi. U bo‘lsa yo‘lida davom eta boshlabdi. Shunda uning yoniga kampir kiyofasidagi aktrisa yugurib kelib tomosha xaqidagi fikrini so‘rabdi. Xaligi odam

kampirdan jirkanib javob bermasdan ketib kolibdi.

Yana bir yomg‘irli kunda u odamning ko‘zi uning uyi oldidagi o‘rindiqda yig‘lab o‘tirgan bir yupun ayolga tushibdi. Ayol undan bir tunga boshpana so‘rabdi, lekin u odamning ayolga yordam bergisi kelmabdi va shoshilib issiqqina uyiga kirib ketibdi. Yillar o‘tib o‘sha odam bir umr ro‘shnolik ko‘rmay olamdan o‘tibdi va u dunyoga borganida farishtaga xayotini nolib so‘zlab beribdi.  "Esingdami,- debdi farishta, - yiqilib tushgan qariya sendan tayanch istab qo‘lini chuzgandi, o‘sha qariya sen ishga joylashmoqchi bo‘lgan firma boshlig‘ining otasi edi. Seni orqangda esa uni o‘g‘li otasi tomon shoshib kelayotgandi... Aktrisa kampirni eslaysanmi--u aslida go‘zal-yosh ayol edi, u seni yoqtirib qolgandi, u seni baxtli qilishi mumkin edi, sen rad etting... va nixoyat eshiging yonida sendan boshpana so‘ragan ayol yodingdami? O‘sha ayol mashhur adiba edi, u o‘sha kuni nixoyatda daldaga muxtoj edi... sen unga yordam berganigda -- shubxasiz sen xakingda "eng yaxshi inson" deya doston yozardi... afsuski sen xech kimga yordam bermading. Agar ularga yordam berganingda xamma orzularing amalga oshgan bo‘lar edi va bu yaxshiliklaringni ajr-savobi bu dunyo jannatiga yo‘l ochar edi... Afsus..." - debdi...

XULOSA: Ikki dunyo saodatini qilgan yaxshi amallaringdan topasan…

#telegramdan

Reklama
Reklama