Kategoriya: Hikoyalar
Ikki farishta
Xech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan!
Ikki farishta oddiy bir yo‘lovchi odam shakliga kirib, bir boy badavlat oilaning uyida tunab kolishibdi. U oila mehmondo‘st emas ekan va farishtalarni mehmonxonaga kirgizishni hohlashmay, ularga sovuq yerto‘ladan joy berishibdi. Farishtalar endi yotish uchun joy solishayotgan ekan katta farishta devorda o‘yilib tushgan joyni ko‘rib, uni xuddi xech narsa bo‘lmaganday qilib tuzatib qo‘yibdi.
- Nimaga unday qilding ? - kichik farishta so‘rabdi.
Bunga katta farishta shunday javob beribdi:
- Xech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan.
Ertasi kuni ular tunab qolgani kambag‘al, lekin mehmondo‘st yigit va uning xotinini uyiga kelishibdi. Eri xotin uyida bor narsani farishtalar bilan baham ko‘rishibdi, va ularga o‘z joylarini taklif qilishibdi. Qaerda ularga dam olish qulay bo‘lsa o‘sha yerda dam olishlarini aytishibdi, o‘zlari esa yerda yotishibdi.
Ertalab farishtalar uyg‘onib hovliga chiqishsa eru xotinni yig‘lab o‘tirganini ko‘rishibdi. Ularning yakkayu yagona, sutini ichib bazo‘r kun ko‘rib yurgan sigirlari o‘lib yotar edi.
- Nega sen bunday qilding? -so‘rabdi kichik farishta, katta farishtadan.
- Birinchi erkakning hamma narsasi bor edi, va sen unga yordam berding devorini tuzatding. Bu oilani esa deyarli xech narsasi yo‘q edi, lekin ular tayyor edilar sen bilan o‘zlarida bor narsani baham ko‘rishga, sen esa yo‘l qo‘yib berding ularning yakkayu yagona sigirini o‘lishiga. Nima uchun!?
- Xech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan, - javob berdi katta farishta.
- Qachon biz sen bilan yerto‘lada bo‘lganimizda, men tushundim o‘sha o‘yilib tushgan devorning ortida bir xumda oltin bor edi. Uyning egasi esa hasis edi va xech kimga yaxshilik qilishni hohlamasdi. Agar o‘sha oltinlarni u topganida bundan hech kimga foyda yo‘q edi, shuning uchun ham men u devorni tuzatib qo‘ydim. Ertasi kuni biz kambag‘alning uyida tunab qolganimizda, bu uyga o‘lim farishtasi keldi, kambag‘alni xotinini olib ketgani. Men unga sigirni berdim...
Qissadan hissa shuki, - Xech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan!
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022