Kategoriya: Hikoyalar
Illat izlaganga illatdir dunyo
Muammo o‘zimizda! Bunday deyishimga sabab, negativ holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarib chiqish avjiga chiqdi. Balki buning ham yaxshi tomonlari bordir? Lekin pozitiv holatlarni ham guvohi bo‘lyabmiz, buni inkor qilmasligimiz kerak deb o‘ylayman.
Bir kun davomida men duch kelgan holatlarning ayrimlari,e'tibor bering ayrimlari:
Ertalabda 2-sinf qizcha yugurib keldi-da, "Domlajon, sizga dadajonim salom aytib, so‘rab qo‘yishdi, sinfdosh ekansizlar"... " Salomat bo‘lishsin!" XURSAND BO‘LDIM.
Bir amaki bilan gaplashib qoldik. Suhbat paytida amaki "Bir oyda to‘rtta gapimiz bor, gap jo‘ralarimni soni taxminan 60 - 70 nafar. Ikki yil oldin deyarli hammamiz gapda anavi qurg‘urdan olardik, hozir esa Xudoga shukr, hech kim ichmay qo‘ydi"... XURSAND BO‘LDIM.
Bemorimizga "tez yordam" chaqirdik, 5 -10 minutda yetib kelishdi. Xuddi o‘zlarining yaqinlariga qaraganday jon kuydirib xizmat ko‘rsatishdi, maslahatlar berishdi... Tarbiya bergan ota-onalariga va ustozlariga rahmat! XURSAND BO‘LDIM.
Xamkasblarim qo‘ng‘iroq qilib, "Domla, hokimiyatdan taklifnomalar berishdi, O‘rdani yonida o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan konsert tadbiriga borasizmi?" Rahmat, ishlarim bor, o‘zlaring borib, yaxshi dam olib kelinglar...
Bu holatlar ba'zilarga erish tuyulishi mumkin, lekin menga qiziq bo‘lganligi uchun sizlar bilan bo‘lishdim.
Boshqalardan ayb axtarish, menga ham sizga ham, o‘sha odamga ham yaxshilik keltirmasligi aniq. Shuning uchun har bir ishda eng avval ayb va kamchiliklarni boshqalardan emas o‘zimizdan qidiraylik. Yaxshi gumonda bo‘laylik va eng asosiysi niyatni yaxshi qilaylik. Salomat bo‘ling!
Muallif: Latif Xamedov.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022