Kategoriya: Maqolalar

Imom G'azzoliy nasihatlari


IMOM G‘AZZOLIY NASIHATLARI

• Yo‘l va ko‘chalarda to‘planishib turmang;

• Suhbatlashish uchun do‘konlarni tanlamang;

• Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang;

• Fikr bildirganda: «Bu – mening qarashim», deb ayting;

• Biror narsa yoki birortasini maqtaganda, oshirib yubormang;

• Yaxshi gapga diqqat bilan quloq soling;

• Xushbo‘y hidli narsalardan foydalanganda, me'yorni biling;

• Ayrim orzular ro‘yobi uchun o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa uravermang;

• Sizga nisbatan muomala me'yorini buzganlarga ham vazmin bo‘ling;

• Boylar saxovati qoshida o‘zingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang;

• So‘z berdingizmi, bajarishga qat'iylik bilan kirishing;

• Faqat va faqat rost gapiring;

• Har yerda maqbul so‘z ayting, chiroyli gapirishga harakat qiling;

• Vujudingiz rohatini istasangiz, oz yeng va oz iching!

• Tinglovchingiz bo‘lgandagina gapiring;

• Bitta so‘zni qaytaraverishdan saqlaning;

• Hech kimni aldamang, masxaralamang;

• Xazillashib bulsa xam ta'magirlik qilmang,

• Sotgan narsangizni yoqtirmay, qaytarib olib kelishsa, qabul qiling;

• Yolg‘on so‘zlashni tajriba qilmang va odatlanmang;

• Chanqaganda, suv ichishdan oldin og‘zingizni chayqang; faqat insonlar oldida emas,

• Bozorda yurganda, hech kimga ozor bermang;

• Egasining ruxsatini olmasdan, biroving narsasiga tegmang;

• Og‘zingizda luqma bilan gapirmang;

• Gapirganda qo‘l, barmoqlar bilan ortiqcha ishorat qilmang.

Reklama
Reklama