Kategoriya: Insholar

Insho nima?


Insho - bu mavzuni oʼquvchi mustaqil yoritadigan yozma ish turlaridan biridir. Pedagog olimlarning fikricha insho-shaxsni shakllantirishda foydali oʼquv vositasi boʼlib, u oʼquvchida his-hayajon uygʼotadi va uni aqliy mustaqillikka yoʼnaltiradi, fikrlashiga, koʼrgan-kechirganlari hamda oʼzlashtirganlarini baholashga, voqea- hodisalar oʼrtasidagi sabab-natija bogʼlanishini topishga, ularni qiyoslashga va xulosa chiqarishga oʼrgatadi. Shu jihatdan insho soʼzi arabcha boʼlib, “yaratish”, “bino qilish” va “boshlash” maьnolarini anglatadi. Insho aniq reja asosida yoziladi va u quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

                            

-  oʼquvchining his-hayojon tuygʼusini (emotsiyani) oʼstirish;                     

-  oʼquvchining aqlini (intelektni) rivojlantirish;                     

-  oʼquvchini mustaqil fikrlashga oʼrgatish;                   

-  oʼquvchining voqealik va hodisalarni baholash koʼnikmasini                           

shakllantirish.
Shu ma’noda insho yozish mazmuni boshlangʼich sinf oʼquvchilarining his-hayajon va aqliy tuygʼularini oʼstirish, ularni mustaqil fikrlash va baholashga oʼrgatish bilan belgilanadi. Inshoning asosiy xususiyati uning ijodiy ishligidir.

                                            

@Nodira Nazarqulovna Eshmanova

Reklama
Reklama