Kategoriya: Maqolalar
Interfaol metodlar
«Aqliy xujum»
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.3. Har bir ta’lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g`oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta’lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag`batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.Mashg`ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:1.Mashg`ulot ishtirokchilarining o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.2.G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo’yish.3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.4.Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash. Shartlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g`oya baholanmaydi;b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;v) g`oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish.6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozuv taxtasiga osib qo’yish.7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.9.Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalar bildirilishi davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g`ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik. Aqliy xujum metodi to’g`ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.«Fikriy hujum» metodi Bu metod o’quvchilarning mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yechishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog`liq bo’ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog`ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.«Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi
Mazkur metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg`ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan ta’lim oluvchilarni o’zida biriktirgan hamda son jihatdan teng bo’lgan kichik guruhlarni shakllantirish.2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to’g`ri hal etilganligiga ko’ra turkumlarga ajratish.5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni to’g`rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash. 6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:1. O’quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish;2. Vaqtni iqtisod qilish;3. Har bir o’quvchini faollikka undash;4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.Ko’rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam beradi.«Yalpi fikriy hujum» metodi Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir necha o’n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo’llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy xal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg`ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg`ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.Arra metodi (E.Aronson,1978)Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o’quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o’rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o’quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo’yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So’ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo’lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o’zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o’rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o’quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986-yili R.Slavin «arra» metodini qisman o’zgartirib «arra-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o’quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o’quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tegishli qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi.
O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi.«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman» Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi.
Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g`ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.
So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. i qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi.
O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz:
B-B-B jadvali
Bilaman | Bilmoqchiman | Bilib oldim |
Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 daqiqa) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar.«Bumerang» texnologiyasi
Bu texnologiya o’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Maqsad: trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda o’zaro suhbat munozara orqali, turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o’quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
O’tkazish texnologiyasi.
1-bosqich.
- trening to’g`ridan-to’g`ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik, guruhlarga bo’lishdan boshlanadi;
- trener har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o’rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi tarqatma materialda trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo’yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog`liq. Agar 4 ta kichik guruh bo’lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo’linib har bir guruhga beriladi;
- faoliyat samarali bo’lishi uchun har bir guruhga berilgan matindan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchi esa o’z guruhiga tushgan matnga ega bo’ladi.
2-bosqich.
- guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida o’rganishlari, matinni eslab qolishlari, keyin kerak bo’lganda trenerga yoki boshqalarga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o’zlashtirib olishlari kerakligini trener uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta-kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. O’zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi.
3-bosqich.
- trener oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog`ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog`ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so’raydi (qog`ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog`liq, masalan: guruhda 5 kishi bo’lsa, qog`ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4ta bo’lsa 1 dan 4 gacha va h.) guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qog`ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo’lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog`ozlar tayyorlanadi.
- trener raqamlar bo’yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so’raydi. Masalan: hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar 4 chi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so’raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar.
4-bosqich.
- raqamlar bo’yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o’z-o’zidan to’planib qoladi, ya’ni 4 ta guruhda 4 xil matn o’rganilgan bo’lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to’planadi, umumiy mavzu bo’yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to’planadi.
5-bosqich.
Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o’ziga 2 ta vazifa, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko’rsatadi:
1. O’qituvchi (o’rgatuvchi) sifatida, o’zi avval o’rgangan materialni gapirib beradi, tushuntiradi, o’zi mustaqil o’rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh a’zolarining tushunish va o’zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.
2. O’quvchi sifatida, guruh a’zolarini navbatma navbat so’zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi. Trener esa ularga o’z tekstlarini faqat so’zlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn xajmiga va umumiy mazmunining qiyin osonligiga qarab vaqt ajratiladi). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilgan hisoblanadi.
6-bosqich.
Guruhdagilar bir-birlariga o’z matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, trener o’rganilgan material guruh a’zolari tomonidan qanchalik o’zlashtirib olinganini tekshirib ko’rish uchun har bir guruh a’zosi bir-birlariga o’z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nazorat savol-javob orqali o’tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so’zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.
7-bosqich.
Tinglovchilar yana avvalgi joylariga qaytishlari so’raladi, ya’ni yana hamma mashg`ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
8-bosqich.
Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o’quvchidan xohlagan materialni so’rashi mumkinligini aytadi.
9-bosqich.
Tarqatilgan materiallarning tinglovchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi darajasini aniqlash maqsadida o’qituvchi yoki mahsus guruh yoki opponent guruhi tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarni reyting ballari orqali baholanishi tushuntirladi, masalan: savollarga berilgan javoblar - agar to’liq javob bo’lsa-3 ball, qo’shimcha qilinsa-2 ball, o’tirgan joyida luqma tashlasa-1 ball, javob berilmasa-0 ball qo’yilishi belgilanadi.
Baho sistemasida-to’liq javob uchun-5 baho, qo’shimcha uchun 4-baho, luqma tashlansa-3 baho, javob bermasa-2 baho, umuman ishtirok etmasa-1 baho qo’yishni belgilash mumkin.
Guruh a’zolarining javoblarini yuqorida ko’rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo’yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o’ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin («hisobchi» ham davrada bo’layotgan savol javoblar muloqotida ishtirok etadi).
10-bosqich.
Bu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6 ta) bilan o’quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo’lgani ma’qul, shuningdek trener auditoriyadagi barcha o’quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi). Berilgan savollarga javob berish tugagach, trener doskaga guruhlar tomonidan to’plangan ballarni yozadi va mashg`ulotning keyingi bosqichiga o’tadi.
11-bosqich.
Trener har bir guruhni o’z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.
12-bosqich.
Guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi «hisobchilar» guruh a’zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to’g`ri bo’lsa, savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi.
13-bosqich.
Trener guruh a’zolari to’plagan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to’plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To’plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh a’zolariga teppa-teng bo’ladi (yuqorida keltirilganlik asosida).
Izoh: agar to’plangan ballarni guruh a’zolariga teppa-teng bo’lishda o’quvchilar tomonidan norozilik bo’lsa, ya’ni ba’zi guruh a’zolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo’lgan bo’lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, qiziqmagan bo’lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh a’zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to’g`ri hisoblanadi, yoki trener-o’qituvchi o’z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o’quvchilarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.
Agar o’quvchi faollik ko’rsatmagan, yoki savol javoblarda ishtirok etmagan bo’lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani, eslab qolib o’zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu o’quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo’lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni yechimini har bir o’qituvchi sharoitga, faoliyatga qarab o’zi hal etishi yoki guruh, jamoaga tashlashi mumkin.
Ba’zi guruhning «hisobchilari» ballarni qo’yishda noaniqlik yoki qo’shib yozishlari mumkin, natijada, ba’zi guruhlarning umumiy to’plagan ballari boshqa guruhlarnikidan katta farq qilishi mumkin. O’quvchi talabalarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan «hisobchi»lariga bog`liq ekanligini o’qituvchi eslatib o’tadi. Agar umumiy to’plangan ballarni guruh a’zolariga taqsimlanganda shu mashg`ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo’lsa, u holda shu mashg`ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg`ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o’tkazish mumkin.
14-bosqich.
Har bir talabaga ballar qo’yilgach (har bir o’quvchi baholangach) trener mashg`ulotga yakun yasaydi. O’quvchi talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o’z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi:
- bugungi mashg`ulotdan nimalarni bilib oldingiz?
- nimalarni o’rgandingiz?
- nimalar siz uchun yangilik bo’ldi?
- yana nimalarni bilishni istar edingiz?
15-bosqich.
O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi. Yozma bahslar O’quvchilarga sinfdoshlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda jamoatchilik fikrini to’lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. Yozma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglarni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokida o’tkazish imkonini beradi. Metod o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratadi. Munozara madaniyatini o’rgatish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.
O’tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Mashg`ulot boshlanishidan avval stollarni quyidagi rasmdagidek qo’yib chiqing (4 guruh ikki stolda qarama-qarshi, ammo bir-biriga bevosita yaqin joylashadi).
2-bosqich. Ta’lim oluvchilarga yozma debatlar o’tkazish uslubiyati haqida gapirib berib.
- debatlar-ikki tomon o’rtasidagi yozma muloqot shaklidir;
- debatlar ikki o’quvchi yoki o’quvchilar guruhlari o’rtasida o’zaro olib borilishi mumkin;
- ushbu uslub bahsli, mavzularni muhokama qilganda ayniqsa foydalidir;
- munozara paytida o’quvchilar faqat o’z asosli dalillarini taqdim etadi, qolaversa boshqa tomonning asosli dalillariga javob beradi;
- texnika o’quvchilarning muhokama qilinayotgan muammolariga doir bilimlarni chuqurlashtiradi, munozara madaniyatini o’rgatadi, asoslab berish malakasini oshiradi;
- o’qituvchi qo’lga kiritgan ajoyib material baholash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
3-bosqich. Ishtirokchilarni 3 guruhga bo’ling. Guruhlarni stolga o’tkazing. Bu mashqda 1-4 guruhlar mavzuni qo’llab-quvvatlashini, 5-8 guruhlar esa qarshi chiqishini tushuntiring. 1-guruh 5-guruh, 2-guruh 6-guruh, 3-guruh 7-guruh, 4-guruh 8-guruh bilan bahs yuritadi. 1-4 guruhlarga qizil, 5-8 guruhlarga qora rangli flomaster tarqating. Debat yuritiladigan jadvalni tanishtiring. Asosiy tamoyillarni eslating. 1-4 guruhlarga jadvallarni topshirib, mashq boshlanishi uchun signal bering.
4-bosqich. Mashq yakunlanganidan so’ng debatlarni birinchi tugatgan guruhlar vakillaridan plakatlarni o’qishni iltimos qiling (biron-bir sharhsiz). Agar ihtiyoringizda vaqt qolsa, boshqa guruhlardan ham o’z plakatlarini o’qib berishni iltimos qilish mumkin.
Mavzu: (O’qituvchi tanlaydi) __________________________________
Ha
Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?____________________________
Yo’q
Boshqa tomonning asosli daliliga javob qaytaring? Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Yakun:______________________________________________________
«Zigzag» strategiyasi metodi Sinf o’quvchilari 7 ta guruhga bo’linadilar va guruh nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O’quvchilar matnlarni diqqat bilan o’rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to’ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o’quvchilari o’zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so’zlab berganlaridan so’ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o’rganib chiqilgach o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o’zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So’ngra o’zlashtirilgan bilimlar asosida o’quvchilarning o’zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.«Insert» strategiyasi metodiSinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. O’qituvchi har bir guruh o’quvchilaridan mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so’raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o’qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o’quvchilarga tarqatadi. So’ngra shunday topshiriq beriladi:
a) matn bilan tanishib chiqing;
b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
Z-matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o’z aksini topgan bo’lsa;
S-matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo’lsa;
D-matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo’lsa;
?-matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So’ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o’zaro o’rtoqlashadilar, guruh bo’yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O’qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O’qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o’quvchilar to’g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan so’ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o’rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi. «Klaster» metodi Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida nomoyon bo’ladi.
Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Klaster» metodini o’tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizni sifati to’g`risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g`oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tyg`ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog`liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. Foyalar yig`indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.Stil va stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Kichik guruhlarni tashkil etish Sinf guruhlarda ishlaydigan birinchi mashg`ulot hal qiluvchi mashg`ulot xisoblanadi. U keyinchalik guruhli ishlarga yo’nalish beradi. Shuning uchun mana shu birinchi martada qator shartlarga rioya qilish juda muhim.
Birinchi guruh uchun:
1. O’qituvchi guruhni belgilaydi.
2. Qat’iy rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan eng faol yoki boshqa o’quvchilar haqida o’ylab ko’ring.
3. Eng zehnli yoki juda qobiliyatli o’quvchilardan tanlab har bir guruhga kiriting.
4. Zehni o’tkir bo’lmagan o’quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga taqsimlang.
5. Guruhni 4 ishtirokchi bilan (nazaringizda bir-biriga munosib) to’ldiring.
6. Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ular vazifasini tushuntiring.
7. Mashg`ulotlarda guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.
8. Har bir guruh doira shaklida o’tirsin. Har bir ishtirokchi hammani ko’rmaguncha guruh ish boshlay olmaydi.
9. Ish vaqtida doimo hap bir guruh atrofida yuring.
Muhokama oxirida o’z kuzatuvlaringizni ayniqsa har bir guruhdagi yaxshi g`oyaga e’tiborni qaratib gapirib bering.
Kichik guruhlarda ishlash uchun maslahatlar:
1. O’quvchilar ishni bajarishi uchun bilim va malakaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Guruhga aniq yo’riqlar ko’rsating. Gypuhlar 1 yoki 2 yo’riqdan (hatto) juda tushunarli bo’lsa ham) ko’piga rioya etishi amrimahol.
Z. Kichik guruh uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa gypuhlapga nisbatan vazifasini erta bajargan guruhni band qilish yo’llarini o’ylab ko’ring.
4. Murakkab dasturni ishlab chiqish kerak bo’lganda guruhni 2-5 kishidan tuzing. Kichik guruhda muhokama qilish uchun 5 kishi yetarli.
5. Kichik guruhdagi ishlarni sinf uchun me’yorga aylantiring.
6. Baholash va mukofotlash tizimingiz kichik guruhdagi ishlarga qanday ta’sir qilishi haqida o’ylab ko’ring. Muvaffaqiyatli guruhiy ish uchun guruhga mukofot tayyorlang.
7. Guruh ishi natijalarining qanday topshirilishini aniq tushuntiring. Guruh ishi haqida sinfga kimdir e’lon qilishi kerak bo’lsa, uni oldindan tanlab qo’ying.
8. Jamoa bo’lib o’rganish vaqtidagi shovqinga ko’nikish uchun tayyorgarlik ko’ring.
9. Guruh tashkil qilayotganda o’quvchilarga «tazyiq» ko’rsatmang. Odatda turli xil guruhlar maqsadga muvofiq.
10. Har qanday sharoitda ham guruh bilan samimiy munosabatda bo’ling, guruhda ro’y berayotganlarni kuzating va baholang. «Komandada o’qitish» metodi Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.
Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi.Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976-yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi bilimlarning o’zlashtirishiga bog`liq bo’ladi.«Nuqtai nazaring bo’lsin» metodi Uslub maqsadi:
- o’quvchilar muayyan muammoga o’z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o’rganadilar;
- o’quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o’z fikrini o’zgartirish imkonini berish;
- o’qituvchi barcha o’quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o’quvchilar o’rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.
«Nuqtai nazaring bo’lsin» uslubi o’quvchilar o’rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o’z fikrlarini o’z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o’zgartirishga ishontiradigan g`oyalarni eshitib o’zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo’llanadi. O’quvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo’lgan eng dolzarb muammolar o’z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o’rganadilar.
O’quvchi ochiqdan-ochiq savollar uslubi bilan odatda dars jarayonida faol bo’lmagan o’quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.
Mashqni o’tkazish uslubiyati
1. Tayyorgarlik: o’qituvchi sinfning to’rt burchagiga yoki sinfning ma’lum ochiq makoniga to’rtta tablichka osib qo’yadi.
2. Sinf o’lcham yoki o’quvchilar soniga bog`liq holda olti yoki sakkiz ko’ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o’yinda sinf o’quvchilarning bir qismi ishtirok etsa, unda qolganlari o’z joylarida o’tiraveradilar.
3. O’yin paytida band bo’lishi uchun ishtirok etmayotgan o’quvchilarga ham topshiriq berish zarur.
O’yining o’zini boshlashdan avval o’qituvchi darsga yo’l-yo’riqlar berishi zarur, jumladan:
1.Takidlov o’qib berilganidan keyin o’z fikringizga muvofiq tablichkalar yonidan joy egallang.
2. O’z nuqtai nazaringizni asosli dalillab berishga shay turing.
3. Agar muammoga nuqtai nazaringizni o’zgartirishga undovchi asosli dalilni eshitsangiz, o’z o’rningizni almashtirishingiz mumkin.
4.Sinfdoshlaringiz takidlariga o’z fikringizni bayon etishga shay turing.
5. O’qituvchi o’yinda ishtirok etmayotgan o’quvchilarga topshiriqlar beradi, masalan:
- ularning fikricha eng ahamiyatli takidlovlarni yozib borish;
- o’yin jarayonida o’z o’rnini o’zgartirmagan o’quvchilarni yozib borish;
- eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.
«Skarabey» texnologiyasi «Skarabey» interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
- boshida-o’quv faoliyatini rag`batlantirish sifatida («aqliy hujum»);
- mavzuni o’rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
- oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- o’zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;
- o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o’z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg`otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya-mantiqiy bog`liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g`oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to’liq bajarilish natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish. Erkin fikrlash darslariErkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag`ishlanadi.
Erkin fikrlash darslaridan ko’zda tutilgan maqsad:
1. O’quvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
2. O’quvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish.
3. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qo’yidagi masalalarni to’g`ri hal etishga bog`liq:
- o’quvchilarning darsga qizg`in tayyorgarlik ko’rishiga;
- ular o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
- o’quvchilarning o’z fikr-mulohazalarini to’liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;
- o’quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash ko’nikmalarining hosil qilinganligiga;
- o’qituvchining iqtidori, e’tiqodi, o’quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko’nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.
Erkin fikrlash darslarini o’tkazish uchun o’quvchilarga ko’pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni o’qishni tavsiya etamiz.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022