Kategoriya: Adabiyot

Kamtarlik haqida maqollar


Kamtarlik eng oliy odamiylik hislatlardan biridir. U insonni go'zal hulqini ifodalab beradi. Afsuski borgan sari odamlar orasida manmanlik hislatlari ko'payib bormoqda. Ammo aql yurituvchi insonlar buni qanday zararli odat ekanligini biladilar. Bilib bilmagan holda manmanlikka ketib qolmaslik uchun xalq og'zaki ijodiga oid maqollar mavjud bo'lib, kundalik turmushda ishlatilganda odamni tarbiyalashga katta hissa qo'shadi. Dono xalqimiz bu borada doimo oldinda bo'lgan. Maqollar asrlar osha bizgacha yetib kelmoqda.

Quyida izlab topganimiz, ayrim kamtarlik va maqtanchoqlik to'g'risidagi maqollar to'plami.


Kekkayganga kekkaygin,
Boshing ko'kka yetguncha.
Egilganga egilgin,
Boshing yerga tekkuncha.

Kamtar kamolga yetar,
Besabr oyoqdan yitar.


Mevali daraxt yerga engashar,
Mevasiz daraxt ko'kka tirmashar.


Amal tegsa nodonga,
O'zini urar har yonga.


Bilmaganni bildim dema,
Qilmaganni qildim dema.


Sichqon sig'mas iniga,
G'alvir bog'lar dumiga.


Borlikda maqtanma,
Yo'qlikda qayg'urma


Ichgani oshi yo'q,
Itining oti «Boytevat»


Yirtiq og'iz tirtiq og'izga kular


Daraxt qancha baland bo'lsa ham,
Mevasi quyida bo'ladi.


Gapni katta gapirma,
Nonni katta tishlama.


Boshing osmonga yetsa ham
Yerga qarab yur.


Yerni suv buzar,
Odamni — pul.


It qutursa, egasini qopar,
Chumchuq qutursa, burgutga chopar.


Kamtarlik ko'kka ko'tarar,
Manmanlik yerga kiritar


Yomg'ir o'zin sel sanar,
Ko'lmak o'zin — ko'l.

Sirti yaltiroqning — ichi qaltiroq.

Yonida bir puli yo'q,
Tuyaning tishini ko'rar.

Yonida bir puli yo'q,
Qiz saylaydi boyvachcha.

Yonida bir puli yo'q,
G'irvonga hokim.

Yog' yonar pilik bahona.


Kamtarga — kamol,
Manmanga — zavol.


Bilgan kishi bildim demas,
Bildim desa, bilgan emas.

Ishni Ismat qiladi,
Lofni Toshmat uradi.


Dong tortganning to'yini ko'r,
Mang urganning uyini ko'r.


Bor bo'lsang, oshma,
Yo'q bo'lsang, shoshma.

Baq-baq etgan takani
Yomg'ir yoqqanda ko'r.

Shaq-shaq etgan kelinni
Sigir soqqanda ko'r.

Baq-baq etgan takani
Qor bosganda ko'r.

Manman degan yigitni
Yov bosganda ko'r.

Oyog'ida xinasi bor
Yerni bosib yurmaydi.

Oldin o'zingga boq,
So'ngra nog'ora qoq.


Baqiroq sigir sutsiz bo'lar.

Birov bilganini maqtar,
Birov — ko'rganini.

Boqqaning ikki echki,
O'shqirganing yer tebratar.

Bo'sh tegirmon guldirar.


Maqtanganning burdi ketar,
Asl niyatiga kamtar yetar.

Davlat bitsa yomonga
O'zin sanar xoqonga.

Jom qozonning toti chiqar,
Maqtanchoqning — moti.

It uyasida o'zini yo'lbars sanar.


Maqtangan pand yeydi,
Kamtarin qand yeydi.

Itning ajali yetsa, mehrobga o'tirar.


Kamtar bo'lsang, obro' ortar,
Manman bo'lsang, ensa qotar.

Kamtar bo'lsang, osh ko'p,
Manman bo'lsang, tosh ko'p.

Ish boshlaganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan.

Kamtar kerilmaydi,
Mol-dunyoga berilmaydi.

Kamtarlik — katta davlat.


Ishni qiladi asbob,
Egasi uradi lof.

Yo'l ko'rgan ot yo'lga sig'mas.

Yo'q narsa bor bo'lar, kamtar bo'lsang,
Bor narsa yo'q bo'lar, manman bo'lsang.

Kamlikning kamoli bor.


Manmanlikni netarsan,
Obro'yingdan ketarsan.


Kamtar bo'lding — gavhar bo'lding.

Katta yesang ham, katta gapirma.


Og'zi bilan o'roq o'rgan,
Oyog'i bilan mashoq terar.


Pishiqman deb kerilma,
Sodda yetar boshingga.


Kekkayish terakka yarashar.

Mevasiz daraxt egilmas.

Men-men deganning manglayi qora.

Kelinni kelganda ko'r,
Sepini yoyganda ko'r.

Kerilgan ko'chaga sig'mas.


Oqsoqning oxiriga boq,
Maqtanchoqning — ma'rakasiga.

Kerilganning to'yiga bor,
Maqtanganning — uyiga.

Kerilma g'oz,
Hunaring oz.

Kishnagan ayg'irning uyurin ko'r,
Chirangan yigitning — uyin.


Mahmadanadan maslahat kutma.


So'rab bilgan — kamtarlik,
So'ramagan — xumparlik.


Moling ko'p bo'lsa, maqtanma,
Boshing ko'p bo'lsa, to'planma.

Mullaning oldida tilingni tiy,
Ustaning oldida — qo'lingni.

Nomi — ulug', suprasi — quruq.

Nog'oraning ichi po'k, ovozi — baland.

Ot mingan otasini tanimas,
Toy mingan — og'asini.

Och nima yemas,
To'q nima demas.

Oqsoq tek turmas,
Soqov — jim.


Sayoz daryo shovqin oqar,
Chuqur daryo sokin oqar.


Sirli sandiqning ichi bo'sh.


Sochib maqtanma, yig'ib maqtan.


Suprasida uni yo'q,
Tom boshida qo'sh tandir.

Sutsiz sigir ko'p ma'rar.

Tovuqning uchgani tomgacha.

O'zgada nuqson ko'rsang,
O'zingni benuqson dema.

O'zgani bug'doy bilsang,
O'zingni somon bil.

Tuya bo'ynim uzun deb, karrakdan quruq qolibdi,

Tug'ilmagan Tilovga tilla beshik.

Uyida bir osh uni yo'q,
Itining oti — Marjongul.

Uyida yo'q ugralik,
O'zganikida qilar to'ralik.

Ulug' bo'lsang kekkayma,
O'z elingga chekchayma.

Ulfating novcha bo'lsa, past bo'l,
Past bo'lsa, xas bo'l.

Ustasi — salmoqchi,
Shogirdi — sayroqchi.

Xashak oqar yuzida,
Qumi qolar tagida.

Chaqimchi yetkazar, maqtanchoq o'ldirar.

Chillasi chiroq ko'rmagan
Mum shamni kamsitar.

Sher qutursa, oyga sapchir.

Shuhratparast — hamisha pastkash.

Shuhratparast el bo'lmas,
Ko'lmak suvdan koi bo'lmas.

El seni aqlli desa,
Sen eldan aql o'rgan.

Quruq savlatdan quruq savat yaxshi.

O'tgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.

Erib aytgan eritar,
Kerilib aytgan horitar.

O'tgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.

Eshak maslahatlashib hangramas.

Eshak maqtanib, tulpor bo'lmas,
Qarg'a maqtanib, shunqor bo'lmas.


Yasanchoq mardona bo'lmas,
Kapalak parvona bo'lmas.

O'zlari — xon,
Ko'lankalari — maydon.


Yaxshi epi bilan so'zlar,
Yomon — sepi bilan.

Eshak hangraydi soyda,
Ma'lum bo'ladi loyda.

Eshakka muguz bitsa,
Ot qornini yorar.

Eshakka muguz bitsa,
Egasini suzar.
Tuyaga qanot bitsa,
Tomingni buzar.

Yuvosh yo'g'onlasa, eshikka sig'mas.


O'tmas tesha o'tkir bo'lsa,
Bolta dastasini qirqar.

Yurishni bilmasang, sakrashga urinma.

Yantoq o'zini bog' aylar,
Ahmoq o'zini tog' aylar.

Yapaloqqush maqtansa,
Jardan quyon oldim der.
Yomon kishi maqtansa,
Yaxshining yoqasidan oldim der.

O'zgaga kulguncha, o'zingga kul.

O'zi pasmondaning ko'ngli osmonda.

Qulni maqtansin desang, olisga sot.

Qurol ishlar, qo'l maqtanar.

O'zim bilaman degan o'lar,
Ko'p bilaman degan qular.

O'zim bilaman degan o'rga tushar.

O'zing osmonda bo'lsang ham,
Oyog'ing yerda bo'lsin.

G'urur — g'urbat,
Kamtarlik — hurmat.


O'zingga qarama, olamga qara.

O'zingni oy bilsang,
O'zgani soy bil.

O'zingni er bilsang,
O'zgani sher bil.

O'zingni o'zing maqtama,
Seni birov maqtasin.

Qarg'a qanot yozib qarchig'ay bo'lmas.
Qaqillagan xotinni qiz berganda ko'r.


Haddidan oshsa kishi,
Maqtanish bo'lar ishi.


O'zingcha ko'rmasang, ko'zingcha ko'r.

O'zini maqtagan — o'limning qorovuli.

O'zinikida jinchiroq yoqmagan
Birovnikida shamchiroq yoqar.

O'zinikida qirmoch yegan
Birovnikida quyruq so'rar.

O'lanni to'y ko'tarar,
Semizlikni — qo'y.

O'rdak yo'q ko'lda loyxo'rak — xon.

O'tmas pichoqqa — oltin sop.

Qizil etiklidan kelmaydi,
Ko'n etikliga bermaydi.

Qilishi bitta tuxum-u
Qa-qalashi yurt buzar.

Qora tovuq qaqillaydi,
Oq tovuq shaqillaydi.

Qui yeganini maqtar,
Bachcha — kiyganini.

Qul qutursa, Qo'ng'irotdan top.

Quruq yerdan yel chiqar.

Quruq yog'och egilmas.

Quruqning o'tiga ho'l kuyar.

Quyun o'zin sel sanar,
Qo'rqoq o'zin er sanar.

Quyushqondan ziyod kuchanma.

Qo'rqoqning oti — maqtanchoq.

G'urur g'urbatga solar.

Har qush o'z ovozidan xush bo'lar.

Qizim bor deb kerilma,
Zeb-ziynatga berilma.

Reklama
Reklama