Kategoriya: Maqolalar

Kitob va 100 dollar


Bir ota qiziga kitob oʻqishni odat qildirish uchun sovrin berib oʻqitishni oʻyladi. Bir kuni qiziga: “Qizim senga shu kitobni beraman agar oʻqib tugatsang 100$ ”dollar“ olasan deb kitobni berdi.

Bu taklif qizga juda yoqdi. Lekin afsuski, qizni kitob oʻqishga hech toqati yoʻq edi.

U oʻzicha:“Eng yaxshisi men bu kitobni tarjimayi holini internetdan topib oʻqiyman. Otam oʻqidingmi desa kitob haqida gapirib beraman” deb oʻyladi. Shunday kilib  internetdan kitob haqida qisqacha matn topdi. Ikki varoqlik bu malumotni yaxshilab yodladi.

Albatta otasi sezib qolmasin deb bir hafta yurdi.

Bir haftadan soʻng “Otajon men kitobni oʻqidim, endi 100$ ni berasizmi?” deb soʻradi. Otasi qizidan kitobda kelgan mavzulardan gapirishini soʻradi.

Qizcha juda chiroylik qilib otasiga gapirib berdi. Soʻng yana “Otajon endi 100$ ni berasizmi?” dedi.

Ammo otasi qiziga u hech kutmagan javobni berdi: “Sen kitobni oʻqimabsan, agar kitobni oʻqiganingda ichidagi 100$ ni koʻrar eding...!”.

Reklama
Reklama