Kategoriya: Postlar
Kitoblar orasida qolib ketgan ajoyib tasodiflar
Quyidagi rasmlarda kitoblarda qolib ketgan ajoyib narsalar haqida turli odamlarning olgan fotosuratlari joylangan. Bu maqolani do'stlaringizga ulashish bilan ularni kitob o'qishga qiziqishini orttirishingiz mumkin. Yoki siz ham kitob ichiga biror nima esdalik qoldirishga urinib ko'ring. Zamonlar aro maktub kabi vazifani o'tasin. Dunyoda tasodiflar ko'p va shunisi bilan ham qiziqarli ko'rinadi.
1-misol.
"Kutubxonadagi kitobning ichidan kichik syurpriz topib oldim."
"Qadrli, ushbu kitobni o'quvchi. Men bu kitobni olib o'qiganimda ichidan 100 dollarlik lotoreya biletini topib olgan edim. Bu yoqimli syurpriz bo'lgan edi. Men ham bu pulning bir qiamini bo'lishishni xoxladim. Mana bu sening haqqing - rohatlan!"
2-misol.
Kitob muallifining rasmi va dastxatining topib olinishi.
Bu holat muallif Stiven Kingning "The shining" kitbidan topilgan.
3-misol.
Besh yaproqli beda gerbariysining topib olinishi. Ushbu gerbariy 200 yil davomida kitob orasida turgan ekan.
4-misol.
Kafe tokchasida turgan va taxminan tanlab olingan kitob ichidan chiqqan yozuv.
"Tabriklayman. Sen qo'lyozmani topding. Agar sen menga shu kitobni 2015 yil 27 may kuni menga topshirsang, men senga 300 dollar beraman. Maxsus kodli so'z: (berkitilgan). Ammo uni kerakli vaqtgacha hech kim topmagan.
5-misol.
Bog'dorchilik kitobining ichidan topilgan.
"Aziz onajon! Men o'ylaymanki sen juda juda chiroylisan. Mehr bilan, Leysi. Seni yaxshi ko'raman, Oyijon!".
Hoynahoy, onasini izlagan qiz yozgan bo'lsa kerak. (((
6-misol.
1970-yillardagi samalyot chiptasi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022