Kategoriya: Hikoyalar

Ko‘chaning odami


Ota har doimgidek uyga kech qaytar ekan, ertagalik rejalarni hayolida bitirar edi. Uyga kirib kelishi bilan xotini javray ketdi:


- O‘g‘lingizni sinf raxbari keldi, aytmagan gapi qolmadi. Darsga kirmayabdi, forma kiymaydi, o‘qituvchilarga gap qaytaradi. Sizlar ham shug‘ullaninglar deydi, bir gaplashib qo‘ysangiz.


- Bizni ishimizga aralashmasin.- asabiylashdi - darsini o‘tsin, oylikni bekorga olgani yo‘q.


Oradan vaqtlar o‘tdi.


- Dadasi o‘g‘lingiz bilan gaplashib qo‘yasmikin?


- Yana nima bo‘ldi?


- Kuratori mahalla vakillari bilan keldi, maktabda qiynayabdi ekan.


- Mahallani boshqa ishi yo‘qmi? jonga tegdi shu kuratoriyam mahallasiyam. O‘g‘lingni chaqirchi.


- Uxlab yotibdi.


- Ertaga gaplashib qo‘yaman.


Vaqtlar o‘tib bola maktabni bir balo qilib bitirib oldi.
Ota xar kungidan ishdan vaxli keldi, ona xayron.

-Xa dadasi tinchlikmi, vaxli kelibsiz?


- O‘g‘ling qani?


- O‘rtog‘imnikidaman deyabdi, uch kundan beri kelgani yo‘q.


Otaning qo‘lida IIB dan kelgan chaqiruv qog‘ozi. Boshini ushlagancha stulga o‘tirib o‘ylay ketdi. Maktabni zo‘rg‘a bitirgani, giyohvand moddalar iste'mol qilishi, bezorilarga qo‘shilib ketgani va jinoyat sodir etgani. O‘zicha sababini topdi, hammasiga maktab va mahalla aybdor.


Aksariyat oilalar bola tarbiyasini ayollar zimmasiga yuklab qo‘yganmiz. O‘zimizcha "erkak kishi ko‘chani odami" deb qo‘yamiz. Erkak kishini ishi faqat pul topib, oilani moddiy tomonini yaxshilash bo‘lsa, farzandlar tarbiyasi bilan qiziqmasa, uning oiladagi o‘rni nima bo‘ladi?

Afsuski shunday holatlarga ko‘nikib boryabmiz.

 

Latif Xamedov

Reklama
Reklama