Kategoriya: Freelancer
Kontent-menejer kasbini o'rganish
Kontent-menedjer kasbi IT soha bo'lgani bilan dasturlash tizimidagi boshqa kasblarga nisbatan o'rganish osonroq va tezroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun tezroq daromadga kirishni istaganlar shu kasbdan boshlashi maqsadga muvofiq. Bu kasb bilan IT sohasiga kirib kelishingiz va umumiy tasavvurga ega bo'lishingiz osonroq kechadi. Bu kasb haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:
Kontent menedjer kim?
Kontent-menedjer nima ishlar qiladi?
Kontent menedjerlik kasbini o'rganishdan oldin nimalarni bilish kerak?
Konent menedjer qancha maosh oladi?
Kontent menejer uchun ish e'lonlari beriladigan saytlar va resurslar qaysi?
Yuqoridagi savollarga ssilka biriktirilgan bo'lib har biri bilan alohida tanishib chiqishingiz mumkin.
Kontent menejerlik bir qarashda saytga ma'lumot va rasmlar joylash kabi ko'rinsada aslida ishi ancha murakkab ish. Chunki maqola bilan maqolaning, rasm bilan rasmning bir-biridan farqi bo'ladi. Sifatli maqola bilan sayt rivojlanadi. Sifatsiz maqola bilan sayt o'smaydi. Dasturchi yuzlab funksiyalarni kiritib, saytni zo'r ishlaydigan qilib qo'ysin, grafik dizayner zo'r dizaynda chiroyli qilib qo'ysin, saytni ichiga kirganda yaxshi ma'lumot topa olmasa, izlagan narsasini topmasa yoki ma'lumotdan qoniqmasa u saytning rivoji bo'lmaydi.
Ish e'lonlarida turli talablarni uchratishimiz mumkin.
Kontent menedjer kerak bo'lsa kopirayter, smm menedjer, marketolog, psixolog, yurist va dizaynerlik qobiliyatlariga ega bo'lishi talab etiladi. Nega? Masalan:
Kopirayter bo'lib saytga betakror, boshqa biror saytda takrorlanmagan maqolani joylash kerak.
SMM menedjer bo'lib ijtimoiy tarmoqlardagi odamlarning ayni paytda nimaga qiziqishi, maqola mazmunini qisqa qilib yetkazib berishni bilishi kerak.
Marketolog bo'lib hozirgi kundagi insonlar talabi nimadan iborat, ularga nimani sota olishi, qanday qilsa yaxshiroq sotilishini ta'minlashi kerak
Psixolog bo'lib saytga qo'yilgan rasm odamlarning shani, kayfiyatiga yomon tasir qilmasligi yoki maqolani zerikarli bo'lib qolmasligini ta'minlashi kerak
Yurist bo'lib har bir so'zni nazorat qila olishi, kimningdir haq huquqini poymol qiladigan yoki qonunga zid so'z ishlatib qo'ymasligi, boshqalar g'arazli niyatida ishlatishiga imkon beradigan maqola tayyorlamasligi kerak.
Dizayner bo'lib saytning nafaqat bosh ko'rinishi yoki rasmlari, hatto matnining dizaynini ham inobatga olgan holda saytning umumiy qiyofasiga putur yetkazishi mumkin bo'lgan har bir detali, mutanosibligi bilan ishlay olishi kerak.
Bu misollar qisqacha albatta. Batafsil quyidagi kasblar bilan tanishing. Bu soha vakillari bilan birga ishlashingiz yoki shu ishlarni o'zingiz qilishingiz kerak bo'ladi.
Kopirayter - maqola yozuvchi Batafsil
Rerayter - tayyor maqolani tahrirlovchi Batafsil
SMM menedjer - ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlovchi Batafsil
Marketolog - bozorni nazorat qiluvchi Batafsil
Sales manager - mahsulot yoki xizmatlarni sotuvchi Batafsil
Dizayner yoki Media menejer - rasm va videolar, sayt dizyni bilan ishlovchi Batafsil
Akkaunt menedjer - ro'yhatdan o'tgan mijozlar bilan ishlovchi Batafsil
Bu ishga ham boshqa ishlar kabi jiddiy yondoshish zarur. Ammo har bir ishda avval qiyinchilik so'ngra yengillik bo'ladi. Odam qilganini odam qila oladi. Muhimi boshlab olish kerak. Ertani kutmay birinchi qadamni bosing va IT sohaga kirib keling.
Kontent menedjerlik kasbiga zarur bo'lgan eng kerakli ma'lumotlarni qiqa vaqt ichida o'rgatishga tayyormiz. Eng muhimi amaliy tarzda o'z qo'lingiz bilan qilib o'rganasiz.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022